Oila psixologiyasi




Download 1,25 Mb.
bet64/125
Sana10.02.2024
Hajmi1,25 Mb.
#154263
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

Qarorga kelish. Maqsadga yetishish yo‘llarini va vositalarini tanlash jarayonida rejalashtirish, motivlar ko‘rashi bilan bog‘langan bo‘lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo‘lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar ko‘rashida buning ma’nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o‘ynagan bo‘ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak – teatrgami yoki o‘rtog‘ining yonigami-degan motivlar ko‘rashi natijasida kishi bormoqchi bo‘lgan joyi haqida qarorga keladi.
Kishi ba’zan tez qarorga keladi, bu qaro‘rning bajarilishi mumkinligiga ishonadi. Buni qat’iyat deb ataymiz. Ba’zi motivlar ko‘rashi o‘zoq vaqtga cho‘zilib ketadi va qaror bajarilishiga ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu qat’iyat sezgirlikdir. Masalan, o‘rta maktabni bitirayotgan va bitirgan ba’zi yigit-qizlar qaysi o‘quv yurtiga yoki korxonaga kirish masalasini tez hal qiladilar, boshqalari esa juda o‘zoq vaqt ikkilanib, xayolga tolib yuradilar. Qat’iyat odamda jiddiylik vaziyatining yengillashtirishi mamnunlik tuyg‘usini tug‘dirsa, qat’iyatsizlik ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg‘usi va alohida noaniq holat bilan birga sodir bo‘ladi.
Biror qarorga kelish sur’ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal qiluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, temperamenti va harakteriga, boshqa kishilarning nasihat, buyruq, iltimos takliflariga quloq solishiga bog‘liq bo‘ladi. Biror qarorga kelish sur’ati asosan qo‘yilgan maqsadning ahamiyatiga, biror qarorga keltiruvchi faoliyatning harakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Murakkab tarzdagi motivlar ko‘rashi va qarorga kelish faqat shunday hollarda bo‘ladiki, bunda odamning hayoti va faoliyati uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi maqsadlar qo‘yiladi va bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yangicha usullar va vosita talab qiladi.
Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu qaro‘rni tez va dadil bajarishda ham zohir bo‘ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq belgilangan muddatda bajarish – qat’iyatni namoyon qilish demakdir.
Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o‘zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday qaro‘rni yuzaki yoki bo‘sh qaror deb ataladi. Qat’iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak sifatidir.
Qabul qilingan qaro‘rning o‘zgarishi ko‘pincha yana bu qaror to‘g‘risida yetarli darjada o‘ylamaslikdan, emotsional holatning o‘zgarishidan yoki kishi harakat qilayotgan sharoit o‘zgarishidan kelib chiqadi. Qaro‘rning o‘zgarishi ko‘pincha motivlar ko‘rashining qaytadan boshlanib ketishiga va oxirgi marta qat’iy qaror qabul qilishga olib keladi.

Download 1,25 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Download 1,25 Mb.