|
Irodaning nerv fiziologik asoslari
|
bet | 61/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Irodaning nerv fiziologik asoslari
Ko‘rnilov Konstantin Nikolaevich (1879-1957) – buyuk ruhshunos. Ilmiy faoliyatini G.I.Chelpanovning xodimi sifatida boshlagan. Bir necha yil Chelpanovning Institutida ham ishlagan. 1921-yilda “Inson reaksiyalari haqida ta’minot” nomli kitobini yozgan. 1923-1924 yillarda materialistik psixologiyaning yaratilishi bilan faol shug‘ullangan. Uning qarashlaridagi markaziy joyni ruhiyatning yuqori uyushgan materiyaning alohida xususiyatidek degan fikr egallagan edi. Bu ish, Bexterevning refleksologiyasi bilan introspektiv psixologiyani taqqoslashga qaratilgan, reaktologiya konsepsiyasining yaratilishi bilan tamomlandi. Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi, refleksga o‘hshaydigan va shu bilan bir qatorda undan “ruhiy taraf” ning mavjudligi bilan ajralib turadigan hayotning asosiy elementi, “reaksiya” ning o‘rni to‘g‘risida bo‘lgan. 1931-yilda Ko‘rnilov “reaktologik muloqot” ning utkazilishi natijasida o‘z qarashlarini rad etdi. Keyinchalik iroda va fe’lning muammolari ustida izlana boshladi. Moskva Ruhshunoslik Institutini boshqargan.
Shunday qilib, I.P.Pavlovning talqinidagi iroda o‘z tabiatiga ko‘ra reflektor hisoblanadi, ya’ni u bajaruvchi omilga nisbatan javobiy reaksiya ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham, berilgan talqin bekorga bixeviorizm vakillarining orasida keng tarqalmagan va (K.N.Ko‘rnilov) reaktologiyasi va (V.M.Bexterev) refleksologiyasida katta qo‘llab-quvvatlanish olgan. Xulosa shundan iboratki, insonning irodasi tashqi shartlarga bog‘liq, ya’ni irodaviy hatti-harakat insonga bog‘liq emas.
Oxirgi o‘n yilliklarda boshqa konsepsiya ham kuch yeg‘ib, o‘z tarafdorlar sonini oshirib bormoqda. Unga ko‘ra, insonning hulqi avvaldan faol deb qabul qilinsa, insonning o‘zi hulqning shaklini ongli tanloviga xos qobiliyatga ega deb ko‘rilmoqda.
Irodaviy ya’ni ixtiyoriy harakatlarning nerv – fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo‘lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to‘la ongli harakatlar bo‘lgani uchun bosh miya po‘stlog‘ida yuzagakeladigan optimal qo‘zg‘alish manbalari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: “Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog‘da xuddi shu sharoitning o‘zida ma’lum darajada optimal (har holda o‘rtacha bo‘lsa kerak) qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat”.
Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, odam ayrim nojo‘ya harakatlardan o‘zini so‘zlari orqali (ya’ni o‘ziga-o‘zi pand- nasihatlar qilish yoki tarbiya berish orqali ) ushlab qoladi. Shuning uchun irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda ikkinchi signallar tizimining roli juda kattadir. Ana shu sababdan bo‘lsa kerak akademik I.P.Pavlov ikkinchi signallar tizimiga baho berib, bu signallar tizimi insonlar hulq-atvori va ixtiyoriy harakatlarining yuksak boshqaruvchisidir” – degan edi. Shuni ham aytish kerakki, iroda ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslangan holda ishlaydi. Agar ikkinchi signallar tizimi o‘z faoliyatida birinchi signallar tizimiga asoslanmasa, odamning aks ettirish jarayoni ma’lum bir tizimli, ma’noli bo‘lmaydi. Ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslanishi bilan birga uning faoliyatini boshqarib, nazorat qilib turadi. Demak, irodaviy, ixtiyoriy harakatlarda ikkinchi signallar tizimi bilan birga birinchi signallar tizimi ham ishtirok etadi.
Irodaviy ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv tizimining umumiy normal holati ham juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, o‘zoq davom etadigan qattiq kasallikdan so‘ng nerv tizimi nihoyatda madorsizlanib, odamning irodasi bo‘shashib ketadi. Odam biror ishdan qattiq charchagan paytda ham nerv tizimi zaiflashib, irodasi bo‘shashib ketadi. Ana shuning uchun irodaning mustahkamligini ta’minlash maqsadida odam vaqti – vaqti bilan dam olib turishi kerak.
|
| |