• Psixologiya haqida tushuncha.
  • -Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari




    Download 1,25 Mb.
    bet2/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari.
    Reja
    1. Psixologiya haqida tushuncha.
    2. Psixologiya fanining vujudga kelishi.
    3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari.
    4. Psixologiya va uning moddiy asoslari.
    5. Psixika va aks ettirish.
    Psixologiya haqida tushuncha.
    Umumiy psixologiya voqelikning alohida bir sohasi bo‘lgan psixik (yoki ruhiy) hayot sohasini o‘rganadi. Har kimga maʼlum hodisalar sezgilarimiz, idrok, tasavvurlarimiz, fikr, his, intilishlarimiz va shunga o‘xshashlar psixik hodisalar jumlasiga kiradi. Shaxsning psixik yoki individual xususiyatlari: odamning temperamenti (mijozi), harakteri (feʼl-atvori), qobiliyat, ehtiyoj, mayl va havaslari ham psixika sohasiga kiradi. Psixik (ruhiy) hodisalar barchasi psixika degan bir so‘z bilan ataladi.
    Psixika o‘zga alohida bir olam emas: u organiq hayotning yuksak shakllaridan bo‘lib, faqat hayvonlar bilan odamlarga xosdir. Hayvonlar bilan odam, o‘simliklardan farq qilib, yolg‘iz organiq hayotga ega bo‘libgina qolmay, balki, shu bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin, maʼlumki, hayvonlarning psixik hayoti odamning psixik hayotiga qaraganda soddaroqdir. Odam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. Odamda psixik hayotning yuksak shakli - ong bor. Odam ongli zot hisoblanadi.
    Psixik hayot hodisalari juda xilma-xil, ammo bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Psixologiya ana shu bog‘lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib beradi. Hozirgi kungacha psixik hodisalar rivojlanib kelgan va rivojlanmoqda. Shu sababli, psixologiya psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib berishi kerak.
    Har bir shaxs psixologiya fanining maʼlumotlaridan amaliy maqsadda, avvalo taʼlim-tarbiya ishida, shuningdek, ishlab chiqarishda, mehnatni tashkil etish va ixchamlashtirishda, tibbiyotda, sanʼat va shunga o‘xshash sohalarda foydalanmoq uchun psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini bilishi kerak bo‘adi. Shunday qilib, psixologiya psixik hayot sohalari yoki, qisqacha qilib aytganda, psixikadan bahs yuritadi. Psixik hayot turli-tuman hodisalarda namoyon bo‘ladi. Psixik hayot hodisalari: psixik jarayonlar, psixik mahsullar va psixik holatlarga ajratiladi.
    Psixik jarayon — psixik hodisaning ketma-ket o‘zgarishidir.
    Psixik mahsullar — psixik jarayonlarning natijasidir. Bularga sezgi va idroklarning obrazlari, tasavvurlar, muhokamalar, tushunchalar kiradi. Psixik holatlarga esa yoqimli va yoqimsiz tuyg‘ular, tinchlik-farog‘at, hayajonlanish va maʼyuslanish, uyg‘oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qolish holatlari kiradi.
    Xilma-xil psixik hodisalarni: bilish, Emotsional soha (hissiyot sohasi) va iroda sohasi deb uchga bo‘lish qadimdan bor. Odam ongi faoliyatida zohir bo‘ladigan ana shu turlar psixik funktsiyalar deb ataladi.
    Bilish hodisalari boshqacha qilib aytganda aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi. Sezgilar, idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq - bilish jarayonlari deb hisoblanadi. Odatda hayotimizda psixik funktsiyalar termini o‘rniga psixik jarayonlar terminini ishlatamiz.
    Ammo psixik funktsiyalar terminidan foydalangan maʼqulroq. Funktsiya tushunchasining mazmuni kengroq. Bu tushuncha psixik jarayonni ham, psixik holatni ham, faollikni ham, ish-harakatini ham o‘z ichiga oladi. Funksiya qanday bo‘lmasin yaxlit bir narsaning qismi emas, balki namoyon bo‘lishi, amal qilishi demakdir. Shuning uchun sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, hislar, iroda psixika qismlari emas, balki bir butun ongning funktsiyalari, bir butun shaxsning funktsiyalaridir.
    Sezgilar - muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko‘ruv, eshituv, tuyish, hid bilish va boshqa shu kabi organlarimizga taʼsir etib turgan narsalardagi ayrim xossalarning aks etishidir. Masalan, qizil, oqni, shirin, achchiqni, og‘ir, yengilni sezamiz.
    Idrok-tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks etishidir. Masalan, uy, gul, nutq, musiqa va boshqa shu kabilarni idrok etamiz. Narsalar sezgilar asosida idrok etiladi. Sezgi va idrok tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar hamda ulardagi xilma-xil xossalarning miyamizdagi obrazlaridir.
    Xotira-narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va idrok orqali hosil bo‘lgan obrazlari nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi ular miyamizda o‘rnashib, saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana esimizga tushadi. Ilgari idrok etilgan narsalarning esimizga tushirilgan obrazlari tasavvurlar deb ataladi. Sezgi va idrok kabi, ko‘nglimizdan kechgan fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga o‘rnashib, saqlanib qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko‘ngildan kechgan narsalarning miyamizga o‘rnashib (esimizda qolib), saqlanishi va yana esimizga tushishidan iborat bo‘lgan ana shu psixik faoliyat xotira deb ataladi.
    Xayol - narsa va hodisalarning idrok orqali miyamizda hosil bo‘ladigan obrazlardan tashqari, o‘zimiz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi tasavvurlar ham miyamizdan katta joy oladi. Masalan: ibtidoiy odamlarning hayot sharoitlari haqidagi tasavvurlarimiz, Marsdagi hayot haqidagi tasavvurlarimiz va shunga o‘xshashlar ana shundaydir. Bu tasavvurlar xotiramizda bor tasavvurlar asosida xayolda (fantaziyada) hosil bo‘ladi.
    Tafakkur- idrok va tasavurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanib, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. Tafakkur voqelikning umumiylashtirilgan bevosita va eng to‘liq hamda eng aniq intihosidir. Tafakkur jarayonlaridagi fikrlar muhokama va tushunchalar tushuniladi va vujudga keladi. Odam fikrlash faoliyati tufayli voqelikni idrok va tasavvurlaridagiga qaraganda aniqroq, to‘laroq va chuqurroq bilib oladi.
    Nutq- tafakkur nutqqa chambarchas bog‘liq. Fikrlarimiz nutq yordami bilan shakllanadi va ifodalanadi. Kishilar nutq vositasida aloqa qiladilar, fikrlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar; odamning hissiyoti va intilishlari ham o‘z nutqida ifodasini topadi. Nutq kishilarning bir-birlari bilan bilan aloqa qilish usulidir.
    Diqqat- yo‘qorida ko‘rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odamda diqqat mavjud bo‘lgandagina yuzagachiqadi. Diqqat ongimizning o‘zimiz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to‘plash demakdir. Diqqat o‘ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarning faol borishi va sifatli bo‘lishi uchun zarurdir.
    «Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so‘zini o‘zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh» haqidagi «fan, taʼlimot» degan maʼno anglatadi. Hozirgi davrda esa «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» qo‘llaniladi. «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil maʼnoni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ko‘zga ko‘rinuvchi va ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixikada psixikaning tarkibiy qismlari: faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon hisoblanadi. Bilish jarayonlari: psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar esa miyada mujassamlashgani uchun ular ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxs ichki dunyosining tarkibiy qismlaridir.
    Аgar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib (ko‘zatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab turamiz. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche «jon», somo «tana» maʼnosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo‘lining mo‘jizakorligi moddiy va maʼnaviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo‘ladi, o‘zining xususiyatlarini ajratadi, faqat ularni bilish orqaligina psixikani o‘rganish mumkin.
    Psixologiyaning predmeti quyidagilardan tashkil topgan:
    1) psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va hokazo),
    2) psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),
    3) psixikaning holatlari (kayfiyat, xayol parishonlik kabilar),
    4) psixikaning hodisalari,
    5) psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,
    6) psixikaning qonuniyatlari,
    7) psixikaning mexanizmlari,
    8) psixik sharoit, muhit, vaziyat,
    9) o‘zaro sababiy bog‘lanishlar, tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari va printsiplari.

    Download 1,25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari

    Download 1,25 Mb.