|
Oila psixologiyasi
|
bet | 6/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Psixika va aks ettirish.
Psixika – bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi ( xususiyati ), subʼekt tomonidan obʼektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarni subʼekt o‘zidan o‘zoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xalqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada utmishning, hozirgi davrda kelasi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. Utmish hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon aqliy jarayonlar xissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda, shuningdek,fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan psixika o‘z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan tafovutga va ustivorlikka ega.
Tashqi obʼektlarning psixika shaklida maxsus tana aʼzolari qurilmasining faol va ilgarilab inʼikosi etishi sharofati bilan mazkur obʼektlarning xususiyatiga mutlaqo muttanosib harakatlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan birga psixika vaziyat ustuvorligi va qidiruv faolligi tufayli organizmning tarkiblari o‘rtasida yashash uchun kurash ro‘yobga chiqadi.
Xuddi shu boisdan psixikani aniqlovchi asosiy belgilari mavjuddir.. Predmet muhiti obrazini aks ettirish, tirik tana aʼzolarini harakat qilish, ularning mazkur muhitda orientatsiyasi, u bilan aloqaga kirishish ehtiyojidan qoniqish, to‘g‘ri aloqador teskari aloqa qilish printsipi bo‘yicha aks ettirish nazorat qilish kabilar. Insonning nazorat instantsiyasi sifatida ijtimoiy amaliyot xizmat qiladi. Teskari aloqa sharofati tufayli obraz bilan harakat natijasini taqqoslash amalga oshiriladi, paydo bo‘luvchi holat bu natijasidan oldinroq sodir bo‘ladi, chunki u borliqning o‘ziga xos modeli sifatida yuzaga kelish imkoniyatiga ega. Genetik kelib chiqishiga binoan, psixika o‘zining reflektor tipiga va tarixiga ega bo‘lgan alohida siklli tizim sifatida ro‘yobga chiqqan.Reflektorlik organizm hayotining obʼektiv sharoitlari birlamchiligini bildiradi.
Psixikaning reflektor tabiatining birinchi shunday ilmiy talqini rus fiziologi I.M. Sechenov tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, bir qancha asrlar davomida psixika alohida tanasiz narsa, uni harakatga keltiruvchi, uni nerv jarayoni bilan almashtiruvchi, unga tenglashtiruvchi mexaniq materialistik yo‘nalishga kuchli zarba edi.
Psixikaning faolligi reallik bilan bevosita muloqatga kirishish jarayonida namoyon bo‘ladi, chunki nerv apparatlarida harakatlanuvchi fizikaviy, kimyoviy qo‘zg‘atuvchilarni qayta qurish ko‘zda tutildi. Ko‘zg‘ovchilarda, ularning doirasidagi xatti-harakatlarga kuch-quvvat beruvchi, uzluksiz ravishda intiluvchi, xulq-atvor dasturi bajarilishini taʼminlovchi, unga qidiruv jarayoni va variantlar tanlashni o‘zida qamrab oluvchi faollikning xususiyatlaridir. Psixika biologik evolyutsiyaning maʼlum bir bosqichida vujudga kelgan bo‘lib, uning o‘zi omillarning biri sifatida organizmni ularning yashash sharoitida tobora kuchayib boruvchi moslashuvni taʼminlab turadi. Psixikaning insonda paydo bo‘lishi sifat jihatdan mutlaqo yangi tuzilishga ega, chunki u ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qonuniyatlari bilan shartlangandir. Faoliyat regulyatsiyasining yuksak darajasi sifatida ong vujudga keladi, psixika faolligining yuksak ko‘rinishi manbai tariqasida esa shaxs shakllanadi.
Organizmda dastlabki aks ettirishning vujudga kelishi tirik tananing ichki va tashqi stimullarning javob reaktsiyasiga tanlab munosabatda bo‘lish manbaidan kelib chiquvchi seskanuvchanlikdan boshlanadi. Bu psixikani aks ettirishning sodda ko‘rinishi bo‘lib, u organik dunyoni rivojlanish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgani tufayli sezgi vazifasini bajaruvchi birlamchi psixologik obrazlar paydo bo‘la boshlaydi, ular organizm harakati ehtiyojini, fazoviy chamalash( mo‘ljallash) maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Xuddi ana shu davrdan boshlab muhitga, ekologiya to‘g‘ri moslashish va harakatni idora qilish funksiyalari yuzaga keladi. Аks etirishning sodda shakllari murakkabroq shakllarining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Organik dunyoning keyingi evolyutsion taraqqiyot davrida voqelikning ham sensor, ham aqliy obrazlarni qamrab oluvchi sodda sababiy aloqalar va vaqtni idrok qilish yuzaga keladi, buning natijasida xatti-harakatni to‘g‘ri ifodalash imkoni va faollik xususiyati tug‘iladi.
Bevosita harakat qiluvchi qo‘zgatuvchi organizmning to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyasiga javobi olinadi, ilgarilab aks ettirishni keltirib chiqaradi. Inson faoliyatining ijtimoiy shartlanganligi tufayli inʼikos faolligi oshibgina qolmay, balki u sifat jihatidan mutlaqo boshqa xususiyat kasb eta boshlaydi. Аks ettirishning tanlovchanlik va maqsadga yo‘nalganlik xususiyatlari hamkorlik faoliyati jarayonida mehnat quroli orqali tabiatni o‘zgartirish ehtiyoji darajasi ko‘rsatkichi aniqlanadi. Mazkur jarayonlarda psixik aks ettirish nafaqat xissiy obrazlarni, balki mantiqiy tafakkur, madaniyat mahsulini o‘zida ifodalovchi ijodiy fantaziya, o‘z navbatida til tarkibiga kiruvchi belgilar, alomatlar tizimining moxiyatiga kirishib, yaratuvchi sifatida aks ettirishning tubdan, radikal o‘zgarishga olib keladi. Bunday toifadagi inʼikosining oqibatida ideal obrazning paydo bo‘lishiga puxta zamin hozirlaydi, imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratadi. Аks ettirishning to‘g‘riligi, adekvatligi o‘zini kelib chiqish manbaga ko‘ra, mazkur manbaning moddiy tavsifi bilan miyada nerv impulslarini qayta ishlash o‘rtasidagi qiyosiy jarayonni mujassamlashtiradi va subʼektning psixologik jihatidan namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘zgarishi, takomillashishi kabi holatlarni ham bevosita, ham bilvosita usullar yordami bilan turlicha shaklda, tarzda, ko‘rinishda ifodalaydi.
Psixologiya fanida aks ettirishning quyidagi ko‘rinishlari tan olinadi: fizik, fiziologik, psixik, ong, o‘zini o‘zi anglash.
|
| |