• Genetik metod
  • Oila psixologiyasi




    Download 1,25 Mb.
    bet8/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Longityud metodining boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o‘n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V.Shtern, fransuz psixologi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar ko‘p yillardan beri foydalanmoqdalar.
    Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima- Zuhra yoki aralash jinsli Hasan - Zuhra, Fotima- Husan) egizaklar kuzatilgan. Longityud metodi yordamida sub'ektiv omillarning o‘ziga xosligini ob'ektiv shart - sharoitlari va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta'siri o‘rganiladi. Chunonchi egizaklarning o‘xshashligi va tafovuti, ta'sirlanishi, his-tuyg‘uni o‘zgarishi kishilar o‘rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazo) bo‘yicha ma'lumotlar olish longityud metodi orqali amalga oshiriladi.
    Kompleks metodi yordamida o‘rganilgan ob'ektdagi o‘zgarishlar turli nuqtai - nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o‘zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo‘lsa, kompleks yondashish ta'sirida ana shu o‘zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o‘rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
    Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlash bo‘lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi.
    Ilmiy tadqiqot metodlarini sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir.
    Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma'lumotlar yaxlit holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi, faoliyat va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta'rif va tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba'zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo‘shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.
    Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




    Download 1,25 Mb.