• Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari. B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini 4 guruhga ajratib, o‘rgangan: A) Tashkiliy guruhga
  • G) Sharhlash guruhiga
  • Qiyoslash metodidan
  • Mavzu yuzasidan nazorat topshirig‘i




    Download 1,25 Mb.
    bet7/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Mavzu yuzasidan nazorat topshirig‘i:
    1. Psixologik bilish jarayonlarini tavsiflang?
    2. Psixikaning shakllarini sanab bering?
    3. Psixikaning holatlarni tushuntiring?
    4. Psixikaning hodisalarini taʼriflab bering?
    5. Psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalarini bir-biridan ajrating?
    6. Psixologiya fanining vujudga kelishi.
    a) antik dunyo psixologiyasi to‘g‘risida tasavvurlar;
    b) XVII- XVIII asrlarda psixologiyaning taraqqiyoti.
    7. G‘arb psixologlarning psixologiya faniga qanday fikrlarni ilgari surgan.?
    8.Psixika va aks ettirish?
    9.Аks ettirishning hozirgi zamon talqini?

    Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari.
    B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini 4 guruhga ajratib, o‘rgangan:
    A) Tashkiliy guruhga - qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi;
    B) Emperik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, biografiya, sosiometriya;
    V) Natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar;
    G) Sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi.
    B.G.Ananev tomonidan ajratilgan klassifikasiyaga ko‘ra, tadqiqot ishlarida foydalaniladigan asosiy metodlar emperik guruh metodlari hisoblanadi. Shunday bo‘lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
    Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi.
    Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash uchun, meditsina psixologiyasida – sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash maqsadida, sport psixologiyasida sportchilarning holati, o‘quvliligini va ishchanligini o‘zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi.
    Qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirish, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘ziga xosligini o‘rganishda qo‘llaniladi. Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan.

    Download 1,25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan nazorat topshirig‘i

    Download 1,25 Mb.