• Men jamiyat ichida
  • Men va jamiyat
  • Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalari




    Download 1,25 Mb.
    bet15/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalari.
    Shaxsning belgisi va o‘zini anglashining mazmuni — uning biron maqsadni ko‘zlashi, shunga intilishidan iborat. Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron maqsadni ko‘zlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron maqsadga, biron obektga ko‘z tikadi, unga intiladi.
    XXI asrda ham odam individ, shaxs, subʼekt, komil inson sifatida psixologik ilmiy tushunchalar negizida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida va ko‘lamida sifat o‘zgarishlari yuz berishi mumkin, chunki tashqi va ichki omillar, taʼsir etuvchilar, taʼsirlanuvchilar ustuvorligi yo‘qola boradi.
    XXI asrda individ, inson, shaxs, subʼekt va komil insonni o‘rganish turli yo‘nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, alohida yondashish negizida, o‘ziga xos talhlilga, metodologik asosga suyanib olib boriladi Mustaqillik, istiqlol sharofati bilan shaxsga oid qarashlar, mulohazalar mohiyati, uning mazmuni va shaklida o‘zgarishlar yuz beradikim, buning natijasida erkin fikrlash, ochiq shakldagi ilmiy farazlarni ilgari surish imkoniyati tug‘iladi.
    Respublikamizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar xalqimiz, millatimiz ruhiyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi, ona yurt madhi, ajdodlar merosidan g‘ururlanish, maʼnaviyat durdonalaridan faxrlanish hislari vujudga keladi. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari o‘zining haqiqiy, chinakam maʼnosini kasb yetadi. Kishilardagi o‘ta sabr-toqatlilik, itoatkorlik, tashabbuskorlikning yetishmasligi o‘rnini erkinlik, ijodiyot, mehnat, batamom istiqlolga erishish zaruriyati, oilaning butligi, to‘kisligi va ularning istiqboli kabi sifatlar, fazilatlar, yuksak tuyg‘ular, xislatlar egallay boshlaydi. Shaxsning yo‘naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o‘ynaydi. Kishi ehtiyoj obʼektini maqsad deb anglagan holda o‘zining shaxsiy maqsadlarini o‘zi kirgan jamoaning maqsadlari bilan bog‘laydi va o‘z maqsadlarini tegishli ravishda o‘zgartiradi, mazmunga to‘zatishlar kiritadi. Kishi faoliyatining natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning o‘zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik obʼektda ro‘yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo‘lsa, bu hol shaxsning istiqboli deb qaraladi. Istiqboli anglaydigan kishiga xos taʼbi xiralik, kechinmalarga qarama-qarshi o‘laroq ruhsizlik holati frustratsiya deb ataladi.Bu kishi maqsadga erishish yo‘lida real tarzda bartaraf etib bo‘l maydi deb hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, g‘ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi. Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning o‘zini anglashida turli xil o‘zgarishlarga olib keladi
    Qiziqish - biron bir sohada to‘g‘ri mo‘ljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqeʼlikni ancha to‘la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivdir.qiziqishning faoliyat jarayonidagi roli benihoyat kattadir. qiziqishlar shaxsni o‘zida bilim olish,va anglab yetish borasida hosil bo‘lgan ishtiyoqni qondirish yo‘llarini va usullarini faol tarzda izlashga majbur etadi. Shaxsning yo‘naltirilganligini ifodalaydigan qiziqishning qondirilishi odamda uning so‘nishiga olib kelmaydi, aksincha, uni qayta ko‘rgan, boyitgan va chuqurlashtirgan holda bilish faoliyatining yanada yuksak darajasiga mos keladigan yangi qiziqishlarni keltirib chiqaradi. qiziqishlar bilishning doimiy qo‘zg‘atuvchi mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxsning ko‘ngildagidek rivojlanishi qiziqishlar miqyosining tor emas, keng bo‘lishini taqozo etadi. Qiziqishlar barqarorligi darajasiga ko‘ra ham har xil bo‘lishi mumkin. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini eng ko‘proq namoyon qiladigan va shu boisdan ham uning psixologik tuzilishiga xos hislatlarga aylanib qoladigan qizi qishlari barqaror hisoblanadi.qiziqishlarning baʼzan barqaror bo‘lmasligi katta yoshidagi o‘quvchilarning yosh xususiyati hisoblanadi.
    Xulq-atvo‘rning muhim motivlaridan biri-eʼtiqoddir. Eʼtiqod-shaxsni o‘z qarashlariga, printsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko‘rishga daʼvat etadigan motivlar sistemasidir. Eʼtiqod shaklida namoyon bo‘ladigan ehtiyojlarning mazmuni - bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilishi demakdir. Bu bilimlar nuqtai nazarlar (falsafiy,estetik,axloqiy, va h.k.) ning tartibga solingan va ichki uyushgan sistemasini tashkil etgan taqdirda kishining dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi mumkin.
    Motivlar, avvalo, anglanilgani bilan harakterlanadi. Boshqacha qilib aytganda, motiv (sabab) lar paydo bo‘ladigan kishi uni faoliyatga nimalar daʼvat etayotganini, uning ehtiyojlari qanday maʼno kasb etishini biladi. Lekin barcha motivlar ham bu kategoriyaga kiravermaydi. Inson ishlari va xatti-harakatlari sababiyatining anchagina ahamiyatga molik jabhasi anglanilmagan motivlardan tarkib topadi.
    Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘linishi.
    Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili А.V.Petrovskiy inson taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, o‘ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, yetuklikka intilish g‘oyasi yotganligi sababli bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik davrlari yotadi, holos. А.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o‘rgangan bo‘lsalar, bundan o‘laroq u shaxs shakllanishining prosotsial (ijtimoiy qoidalarga rioya qilib) va asotsial (aksijtimoiy) bosqichlari mavjud bo‘lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab, uning birinchi turi bolalik davriga to‘g‘ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko‘nikish (adaptatsiya), ikkinchisi - o‘smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya), uchinchichi - o‘spirinlik, yaʼni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi. А.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishini taʼkidlab o‘tadi.
    1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug‘ilgandan to 3 yoshgacha.
    2. Bog‘cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
    3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha.
    4. O‘rta sinf o‘quvchisi (o‘smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
    5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
    А.V.Petrovskiyning klassifikatsiyasi qanchalik takomil darajada bo‘lmasin, taraqqiyotning oraliq bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini eʼtirof etishga moyildir. Chunki ijtimoiy qoidalarga binoan o‘sishmi yoki aksilijtimoiymi unga qaramasdan, har ikki yo‘nalishning ham oraliq jabhalari bo‘lishi ehtimoldan holi emas, lekin bu g‘oyani chuqurroq sharhlab berish joiz.
    D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan bo‘lsa ham, lekin u А.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tadi, ulardan biri - “Men jamiyat ichida” degan pozitsiyadan iborat bo‘lib, u o‘ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:
    1) ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha,
    2) kichik maktab yoshidagi o‘quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha,
    3) yuqori sinf o‘quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
    Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
    1) go‘daklik - tug‘ilgandan to 1 yoshgacha,
    2) maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha,
    3) o‘smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha.
    D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli o‘laroq, o‘smirlik davrini uch bosqichga ajratadi. Uning mulohazasiga ko‘ra, birinchi bosqich (10-11 yosh) o‘ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo‘lib, o‘zini shaxs sifatida his qilish va qatʼiy qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich 12-13 yoshdagi o‘smirlarni o‘z ichiga olib, bir tomondan, o‘zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi tomondan, o‘ziga salbiy munosabatda bo‘lish xususiyatiga ega. Uchinchi bosqich 14-15 yoshli katta yoshdagi katta o‘smirlardan iborat bo‘lib, tezkorlikda o‘z-o‘zini baholashga moyil munosabati bilan tavsiflanadi.
    D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi nazariyasi ontogenezda yuz beradigan barcha psixologik holat va fazilatni izohlab berish imkoniyatiga ega emas. Lekin u taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga va takomillashtirish jarayoni (faoliyati) ga ijobiy taʼsir o‘tkazish xususiyati bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
    Shunday qilib, hamdo‘stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik negizga ega bo‘lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo‘lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni yechishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Аmmo ontogenezda shaxsning shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariya yaratish mavrudi yetib keldi.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalari

    Download 1,25 Mb.