|
Oila psixologiyasi
|
bet | 18/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Maktabgacha yosh davri. Maktabgacha yoshdagi davr o‘z ichiga 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. 3 yoshda harakatni muvofiqlashtirish jarayonining takomillashuvi bola yugurganida, bir joyda tik turganida muvozanatni saqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida bola mustaqil holda turli harakatlarni amalga oshira boshlaydi. Jismoniy jihatdan mustaqillikka erishish bolada erkin, kattalarning nazoratisiz, o‘z holicha qandaydir ishlarni bajarish, umuman yashash istagini tug‘diradi. Bu davrda egotsentrik nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Rolli o‘yinlar ularning faoliyatlarida etakchilik qiladi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxsiy xususiyat va fazilatlarni shakllantirishda ham zarurdir.
Kichik maktab yoshi davri. Kichik maktab yoshi davriga 6-10 yoshli boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilari kiradi. Bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotganida tayyorlanadi. Kichik maktab yoshdidagi bolalarning eng muhim hususiyatlaridan biri unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojdar o‘z mohiyati bilan muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o‘quvchilik istagini aks ettirishdan iboratdir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ixtiyorsiz diqqat, mexanik xotira yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar “vaqt” tushunchasi bilan duch kelishadi, lekin ular kundalik tajribalari doirasidan chiqishmaydi.
O‘smirlik davri. O‘smirlik insonning balog‘atga etish davri bo‘lib, o‘ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farqlanadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik o‘zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog‘at davriga 11-15 yoshgacha bo‘lgan qiz va o‘g‘il bolalar kiradi. Bu davrda jismoniy o‘sish va jinsiy etilish amalga oshadi. Bu davrda jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirlarda jinsiy etilish sirlarining 17 foizini ota-onadan, 9 foizini o‘qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachi va psixologidan, qolgan foizini o‘rtoqlaridan, tengdoshlaridan ko‘cha-ko‘ydan oladilar. O‘smirlardagi fiziologik, psixologik nuqsonlar ularni tarbiyasi qiyin o‘smirlar qatoriga qo‘shilishiga olib keladi.
|
| |