• O‘rindoshlik
  • O‘zlashtirish jarayonining tavsifi




    Download 1,25 Mb.
    bet21/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    O‘zlashtirish jarayonining tavsifi
    Har qanday harakatda motor, sensor va markaziy tarkibiy qismlarni ajratish mumkin. Ular mos holatda bajarish, nazorat yoki boshqarish funksiyalarini bajaradilar. Faoliyat davomida inson tomonidan qo‘llaniladigan harakatni bajarish, nazorat va boshqarish uslublari ushbu faoliyatning usullari deb ataladi.
    Sanab etilgan har bir funksiya insonda ongli, shu bilan birga, ongsiz ravishda ham amalga oshirilishi mumkin, masalan, inson tomonidan so‘zlarni talaffuz qilish uchun zarur bo‘lgan qizilo‘ngach harakatlari tizimi inson tomonidan umuman anglanmaydi, lekin inson aytmoqchi bo‘lgan jumlalar ma’nosi va grammatik shakllar ong darajasida doimo oldindan bilinadi. Ba’zi bir harakatlar ongli va ongsiz boshqarish darajalarida bajarilishi mumkin.
    Masalan, yurish – harakatlarning ko‘p qismi ongsiz ravishda bajariladigan faoliyatga misol bo‘la oladi. Lekin dor ustida yurishda xuddi shu harakatlarni bajarish, ularning sensor nazorati va markaziy boshqarilishi o‘ta zo‘riqqan holatdagi anglash ob’ektiga aylanadi. Teskari hodisa ro‘y berishi ham mumkin, bunda harakatning ma’lum tomonlari avval izchil tarzda ongli boshqarilishni talab etadi, so‘ngra esa borgan sayin ong ishtirokisiz amalga oshirila boshlaydi, bunday holat avtomatlashtirish deb nomlanadi. Odamda maqsadga muvofiq harakatlarning aynan shunday xususiy avtomatlashtirilgan holatda bajarish va boshqarish ko‘nikma deb ataladi. Psixologiyada ko‘nikma ongli harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi sifatida ta’riflanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, bunday holatda aynan harakatlarning ongsiz boshqarilishi haqida so‘z yuritiladi, chunki faoliyatlar boshqariluvi va harakatlar boshqariluvi – bu boshqa-boshqa tushunchalar hisoblanadi.
    Harakatlarning oshib borayotgan avtomatlashuvi bir vaqtning o‘zida bunday harakatlarga tegishli bo‘lgan harakatlarni ongli boshqarishning kengayishi ham kuzatiladi. Harakatning u yoki bu tarkibiy qismlarini avtomatlashtirish faqatgina ongli boshqaruv ob’ektining joyini o‘zgartirib, harakatning umumiy maqsadlarini, bajarish sharoitlarini, natijalar nazorati va baholanishini ong doirasiga olib chiqadi. Bunday xususiy avtomatlashtirish tufayli amalga oshish imkoniyatiga ega bo‘lgan harakat tuzilishining o‘zgarishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
    1. Harakatlarni bajarish usullari o‘zgaradi. Bungacha ajratilgan holatda bajarilib kelinayotgan bir qator xususiy harakatlar o‘zining tarkibidagi alohida oddiy harakatlar o‘rtasida uzilishlar bo‘lmagan yagona aktga, bitta murakkab harakatga qo‘shiladi. Xuddi shunday, o‘quvchi husnixat yozishni boshlaganida ko‘plab ortiqcha harakatlarni bajaradi: tilini chiqaradi, tanasini qimirlatadi, boshini egadi va h. Faoliyatni o‘zlashtirib olish bilan barcha zarur bo‘lmagan harakatlar yo‘qoladi. O‘rindoshlik, ya’ni, harakatlarni bir vaqtning o‘zida ikki qo‘l bilan bajarish usuli paydo bo‘ladi.
    2. Harakat ustidan sensornazorati usullari o‘zgaradi. Harakatni bajarish ustidan ko‘ruv nazorati mushak nazorati (kinestetik) bilan almashinadi. Misol tariqasida klaviaturada qaramasdan harflarni terish, malakali chilangarning ko‘ruv nazoratisiz bolg‘a urishi va boshqalarni keltirish mumkin. Harakat natijalarining nazorati uchun muhim bo‘lgan aniqlovchilarni tezda belgilash va ajratish layoqati rivojlanadi.
    3. Harakatning markazdan boshqarilish usullari o‘zgaradi. Diqqat faoliyat usullarini idrok qilishdan ozod bo‘lib, asosan, sharoitga va faoliyatlar natijalariga qaratiladi. Ayrim hisoblashlar, masalalar echimlari va boshqa aqliy operatsiyalar tezlik bilan va qo‘shilgan holatda (ichki sezgi) amalga oshishni boshlaydi. Xuddi shunday, masalan, dvigatelning zo‘riqqan ovozini eshitgan haydovchi o‘ylab o‘tirmay, qaysi o‘tkazgichni yoqish kerakligini darrov tushunib oladi. Faoliyat usullarida bu o‘zgarishlar qanday paydo bo‘ladi, ularning psixologik mexanizmi qanday? O‘z asosida bu mexanizm tadqiqot urinishlari va tanlashdan iborat. Odam ma’lum faoliyatni bajarishga urinib ko‘radi, uning natijasini nazorat qiladi. Samarali harakatlar, o‘zini oqlagan boshqarish aniqlovchilari va usullari asta-sekin tanlab olinadi va mustahkamlanadi, samarasiz va o‘zini oqlamaganlari kuchsizlantiriladi va tanlanadi. Egallanish maqsadida, tushunib olishga tayangan va ongli nazorat, hamda tuzatishlar kiritish bilan birga ma’lum harakatlar yoki faoliyat turlarini qayta-qayta bajarish mashq qilish (o‘rganish) deb ataladi.
    Inson faoliyati xususiyatining o‘rganilishi va o‘zgartirilishi bu harakatlarni bajarishda uning psixik faoliyati tuzilishidagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Ongli nazorat va tuzatishlar bilan hamohang bo‘lgan har bir yangi urinish masala amallarini va usullarinigina eslab qolishda aks etmaydi. U, odatda, masalani ko‘rib chiqish vositalari, uni echish usullari, faoliyatni boshqarish vositalarining o‘zgarishiga olib keladi. Ko‘nikmaning shakllanishida etakchi vosita bo‘lib, nutq faoliyati – kuzatiladigan va bajariladigan faoliyatlarning inson tomonidan so‘z bilan ifodalanishi, shuningdek, har tomonlama mukammal faoliyat – amalga oshirilishi zarur bo‘lgan faoliyat obrazini tasavvurda hosil qilish hisoblanadi. Odamda ko‘nikmalar shakllanish mexanizmlarining alohida xususiyatlari ularning shakllanish jarayoni qonuniyatlarini belgilab beradi. Ko‘nikma odamda ongli avtomatlashtirilgan faoliyat sifatida paydo bo‘ladi. U faoliyatning avtomatlashtirilgan usuli sifatida o‘z funksiyasini bajaradi. Uning funksiyasi ongni faoliyat usullarini bajarish ustidan nazoratdan xalos etish va uni faoliyat maqsadi, shuningdek, sharoitlariga qaratishdan iborat. Bu jarayonning asosiy bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda tasvirlash mumkin:
    Ko‘nikmalar bilan birga malakalar hamfaoliyatning tarkibiy qismlari bo‘lib hisoblanadi va uning tuzilishida o‘z o‘rniga ega. «Malakalar» atamasi sub’ektda mavjud bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar bilan faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish uchun zarur bo‘lgan psixik va amaliy harakatlarning murakkab tizimini egallashni bildiradi. Malakalarni shakllantirish bilimlarda mujassamlangan axborotni, shuningdek, jismdan olinadigan axborotni, bu axborotni aniqlashga doir amallarni, ularni tuzish va faoliyat bilan solishtirishni qayta ishlash bo‘yicha amallar tizimini egallashdan iborat. Malakalarni shakllantirish, ularni egallash jarayoni turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Asosan, ikki yo‘lni ajratib ko‘rsatadilar. Ularning birinchisida ta’lim oluvchi zarur bilimlarga ega bo‘ladi, ularni qo‘llashga doir funksiyalar qo‘yiladiva o‘quvchining o‘zi axborotni qayta ishlash va faoliyat usullarini aniqlagan holda masalaning echimini izlashga harakat qiladi. Bu yo‘l samaradorligi kamroq bo‘lsa-da, ta’limda keng qo‘llaniladi. Ikkinchi yo‘l bilimlarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan o‘quvchi ruhiy faoliyatining o‘qituvchi tomonidan boshqarilishidan iborat. Bunday vaziyatda o‘qituvchi o‘quvchini belgi va amallar bo‘yicha tanlash bilan tanishtiradi, qo‘yilgan masalalarni echish uchun olingan axborotni qayta ishlash va qo‘llashga doir o‘quvchining faoliyatini tashkillashtiradi. Hozirda bu usul pedagogik psixologiyada jadallik bilan qo‘llanilib kelinyapti. Inson faoliyati ongli faollik sifatida ongning shakllanishi va taraqqiy etishi bilan bog‘liq ravishda shakllanadi va rivojlanadi. U har doim insonning atrofdagilar bilan munosabatlarning muayyan tizimida amalga oshiriladi. Faoliyat hamkorlikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo‘ladi. Uning natijalari atrof-olamga, odamlar hayoti va ularning taqdiriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Inson tomonidan yaratilgan faoliyat mahsulotlari uning vafotidan keyingi hayotini davom ettiradi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, faoliyatda inson shaxsi namoyon bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida faoliyat uning shaxsini shakllantiradi. Faoliyat atrof-olamni, shuningdek, insonning o‘zini bilishga v o‘zgartirishga qaratilgan ongli faollikdir. Lekin bu faollik ta’lim va tarbiya ta’siri ostida rivojlanish davomida asta-sekin maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat shakllariga ega bo‘ladi. YOsh bolaning bunday faolligi avval impulsiv xulq-atvor xususiyatiga ega bo‘ladi. Hayotining dastlabki kunlarida bolaning xulq-atvori sodda tug‘ma – himoyaviy, ozuqaviy, labirintli (tebratganda tinchlanish) va keyinchalik esa – yo‘nalishli-tadqiqiy reaksiyalar bilan cheklanadi. Ularning asosida bir yil davomida tadqiqiy xulq-atvor rivojlanadi. Bir yoshda o‘qitish va taqlid qilish ta’sirida amaliy xulq-atvor shakllana boshlaydi. Uning yordamida bola narsalardan foydalanishning insoniy usullarini va ularning ijtimoiy amaliyotdagi ahamiyatini o‘zlashtiradi (krovatiga uxlash uchun yotish, ovqatni qoshiq bilan eyish, koptok bilan o‘ynash, qalam bilan rasm chizish). Faollikning ushbu shakllari bilan birlikda bolaning o‘z ehtiyojlari va istaklarini qondirish imkoniyatlari ortadi.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zlashtirish jarayonining tavsifi

    Download 1,25 Mb.