• Xayolan tasavvur qilish
  • Ongning rivojlanishi va ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi




    Download 1,25 Mb.
    bet20/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Ongning rivojlanishi va ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi
    Endilikda psixologik va xulq-atvor shakllanishida yangi pog‘onaga ko‘tarilish uchun organizm ichki tuzilishi va unda kechadigan jarayonlarni, irsiy axborotni o‘zgartirish shart emas.
    «Oliy psixik funksiyalar» tushunchasi fanga L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan bo‘lib, bunday funksiyalar sirasiga L.S.Vigotskiy tushunchali tafakkur, mantiqiy xotira, ixtiyoriy diqqatni kiritgan edi. L.S.Vigotskiy shunday deb yozgan edi: «Oliy psixik funksiyalar» tushunchasi va tadqiqotlarimiz predmeti hodisalarning ikki guruhini o‘z ichiga oladi… Bular, birinchidan, madaniy rivojlanish va tafakkurning tashqi vositalari – til, yozuv, hisob, rasm chizishni egallash jarayonlari; ikkinchidan, chegaralanmagan va aniq belgilanmagan va an’anaviy psixologiyada ixtiyoriy diqqat, mantiqiy tafakkur, tushunchalarning hosil bo‘lishi deb ataluvchi maxsus oliy psixik funksiyalarning rivojlanish jarayonlari. Ularning ikkalasi ham birgalikda biz shartli ravishda bola xulq-atvori oliy shakllarining rivojlanish jarayoni deb ataydigan jarayonni hosil qiladi».Mehnat qurollari, belgili tizimlarning kashf etilishi, takomillashtirilishi va keng qo‘llanilishi yordamida insoniyat o‘z tajribasini turli matnlar, ijodiy mehnat mahsuli ko‘rinishida to‘plash va saqlab qolish, ta’lim-tarbiya tizimi orqali uni avloddan-avlodga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Keyingi avlod vakillari avvalgilari tomonidan ishlab chiqilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan holda o‘z taraqqiyotlarini davom ettirdilar.
    Shu tarzda, asta-sekin asrdan asrga o‘tgan sayin odamlarning ijodiy layoqatlari takomillashib bordi, borliq haqidagi bilimlari kengayib va chuqurlashib, insonni hayvonot dunyosi uzra yuksak pog‘onalarga olib chiqdi. Vaqt o‘tishi bilan inson tabiatda o‘xshashi bo‘lmagan ko‘plab jismlarni yaratdi va ularni takomillashtirdi. Bu jismlar insonga moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilish bilan birga, inson qobiliyatlarini rivojlantirish uchun manba funksiyasini o‘tadilar.
    Lekin insoniyat kashf etgan belgili tizimlar odamlar rivojlanishiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ularning yuzaga kelishi matematika, muhandislik, fan, san’at, inson faoliyatining boshqa sohalari rivojiga turtki bo‘ldi. Harfli ramzlarning paydo bo‘lishi axborotni yozib olish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini yaratdi. Axborotni yozib olish, saqlash va qayta ishlash usullarini takomillashtirishda erishilgan alohida muhim yutuqlar yangi ilmiy-texnikaviy inqilobga sabab bo‘ldi. Bular – axborotni yozib olishning magnitli, lazerli va boshqa shakllari.
    Belgili tizimlar, ayniqsa, nutq odamlar tomonidan qo‘llanilishi bilanoqinsonning o‘ziga ta’sir ko‘rsatishning, o‘zini qabul etishi, diqqati, xotirasi, boshqa bilish jarayonlarini boshqarishning samarali vositasi bo‘lib qoldi. Insonga tabiat tomonidan ato etilgan sezgi organlaridan iborat birlamchi signaltizimi bilan bir qatorda (I.P.Pavlov), so‘zlashuv layoqatidan iborat ikkilamchi signal tizimiga ham egadir. Odamlarga tanish bo‘lgan ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar insonlar psixologiyasi va xulq-atvoriga ularning o‘rnini bosa oladigan jismlar kabi, ba’zida esa tasavvur qilish qiyin bo‘lgan hodisa va jismlarni bildirish (abstrakt tushunchalar) orqali ulardan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsata boshladilar. Ikkilamchi signal tizimi insonning o‘zini boshqarishi va muvofiqlashtirishining kuchli vositasi bo‘lib qoldi. Idrok jismlilik, o‘zgaruvchanlik, anglanganlik; diqqat ixtiyoriy, xotira – mantiqiy; tafakkur – so‘zlashuv va mavhumlik sifatlariga ega bo‘ldi.
    So‘z inson xatti-harakatlarining asosiy boshqaruvchisi, axloqiy va madaniy qadriyatlar elchisi, inson tamaddunihamdauning idrokli va axloqiy barkamolligi manbai va vositasi bo‘lib qoldi. Uning o‘zi ta’lim va tarbiya berishning bosh omili sifatida namoyon bo‘ldi. So‘z yordamida individ insonga – shaxsga aylandi. Odamlarning shakllanishida nutq muloqot vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Uning rivojlanishi dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi va turli tillarda so‘zlashuvchi odamlarning o‘zaro aqlan va madaniy boyishiga ko‘mak berdi.
    Taxminan 17 asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda ko‘pchilik inson va hayvonlar o‘rtasida tanasining ichki tuzilishi va xulq-atvorida, shuningdek, kelib chiqishida ham hech qanday umumiylik bo‘lishi mumkin emasligi haqida fikr yuritgan edi. So‘ngra tana mexanikasining umumiyligi tan olinib, inson psixikasi va xulq-atvori o‘rtasidagi tafovutlar saqlanib qoldi (17-18 asr). 1872 yilda CH. Darvin o‘zining «Odam va hayvonlar hissiyotlarining ifodalanishi» kitobini chop ettirdi, bu kitob biologik va psixologik hodisalar o‘rtasidagi aloqani tushunib etishda burilish yasadi. O‘zining bu asarida Darvin evolyusiya tamoyilining hayvonlarning faqat biologik rivojlanishiga emas, balki ularning psixologikhamdaxulq-atvor rivojlanishiga ham qo‘llanilishi mumkinligini isbotladi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam xulq-atvori o‘rtasida umumiylik ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘zining bunday nuqtai nazarini u hayvonlar va odamlarda turli emotsional holatlarning tashqi ifodalanishi ustida olib borgan kuzatishlaridan kelib chiqqan holda asoslab berdi. SHu davrdan boshlab, inson va hayvonlar psixikasini tadqiq etish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi. Boshlang‘ich davrda Darvinning ta’siri ostida bu ishlar hissiyotlar va tashqi reaksiyalar ustida olib borilgan bo‘lsa, keyinchalik amaliy fikrlash sohasiga ham yoyildi. XX asrda hayvonlar o‘rtasidagi temperamentning alohida tafovutlari tadqiqotchilarda qiziqish uyg‘otdi (I.P.Pavlov), so‘ngra odam va hayvonlar kommunikatsiyasida, xulq-atvorning guruhli shakllarida va bilish mexanizmlaridagi o‘xshashliklarni izlash ishlari boshlab yuborildi.
    Inson va hayvonlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan tafovutlarni aniqlashdan avval shunga o‘xshash tadqiqotlarning natijalarini bilish pedagog uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqidagi savolga javob topish zarur. Hayvon psixologiyasi va xulq-atvoriga tegishli barcha mavjud bo‘lganlar egallanishi mumkin bo‘lgan ikki usuldan biri orqali: irsiyat tomonidan berilishi yoki tabiiy bilish jarayonida o‘zlashtirilishi mumkin. Irsiyat tomonidan o‘tkaziladigan belgi va xususiyatlar ta’lim-tarbiyaga bo‘ysunmaydi; hayvonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan xususiyat odamda ham maxsus ta’lim-tarbiya jarayonisiz yuzaga kelishi mumkin. Insonni o‘rganishda uni hayvonlar bilan solishtirish orqali bir xilda anatomik va fiziologik kurtaklarning mavjudligida inson o‘z psixologiyasi va xulq-atvorida hayvonga nisbatan yuksakroq rivojlanish darajasiga erishgan ekan51, u holda bu yutuq ta’lim va tarbiya orqali ongli ravishda boshqarish mumkin bo‘lgan bilishning natijasidir.
    Shunday qilib, inson va hayvonlarni qiyosiy psixologik, xulq-atvor jihatdan tadqiq etish bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni va metodlarini to‘g‘ri, ilmiy asoslangan holda aniqlash imkonini beradi. Insonkabihayvonlarham bilish xususiyatiga ega, ularda olamni oddiy hissiyotlar ko‘rinishida idrok qilib, axborotni eslab qolish imkonini yaratuvchi tug‘ma boshlang‘ich layoqatlar mavjud. Barcha asosiy bo‘lgan his-tuyg‘ular, idrok, ko‘rish, eshitish, sezish, hid va ta’m bilish, teri sezuvchanligi va boshqalar odam va hayvonlarda dunyoga kelishlari bilan tarkib topgan bo‘ladi. Lekin taraqqiy etgan insonning idrok qilishi va xotirasi hayvonlar va chaqaloqlarning shunga o‘xshash funksiyalaridan farq qiladi. Bu farqlarni bir necha sohalar bo‘yicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
    1. Odamda hayvonlardan farqli ravishda muvofiqlashgan bilish jarayonlari alohida sifatlarga ega: idrok qilish – jismliligi, doimiyligi, anglanganligi; xotira – ixtiyoriyligi va belgilanganligi (inson tomonidan axborotning eslab qolish, saqlash va ishlatishning maxsus, madaniy jihatdan ishlab chiqilgan vositalarning qo‘llanilishi) bilan ajralib turadi. Aynan shu sifatlar inson tomonidan hayoti davomida egallanib boriladi va keyinchalik ta’lim olish orqali rivojlantiriladi.
    2. Hayvonlar xotirasi insonlarnikidan farqli ravishda chegaralangandir. Ular o‘z hayoti davomida o‘zlari egallashi mumkin bo‘lgan axborotni qo‘llay oladilar, xolos. O‘zlaridan keyingi avlodga irsiy saqlanib qolishi mumkin bo‘lgan va genotipda o‘z ifodasini topgan belgi va xossalarni o‘tkazadilar. Tajribaning qolgan qismi hayvonning nobud bo‘lishi bilan qaytarib bo‘lmaydigan darajada kelajak avlod uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Insonda buning hammasi boshqacha tarzda kechadi. Uning xotirasi cheksizdir. Inson benihoya ko‘p miqdordagi axborotni, unda bunga zaruriyati bo‘lmasa ham, yod olib, xotirada saqlab va nazariyada ifodalay olishi mumkin. Buning uchun odamlar axborotni yozib olishning belgili tizimi va vositalarini kashf etganlar. Ular axborotni yozib olib, uni saqlashdan tashqari, avloddanavlodga moddiy va ma’naviy buyumlar orqali belgili tizimlar va vositalardan foydalanishni o‘rgatishni ham o‘tkazishlari mumkin.
    3. Shuningdek, inson va hayvonlar tafakkuridagi tafovutlar ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu ikki nomlari tilga olingan tirik mavjudotlar dunyoga kelishlari bilan ko‘rgazmali-harakat ko‘rinishidagi oddiy amaliy masalalar echimini topish kabi yashirin, ammo yuzaga chiqishi tayin bo‘lgan layoqatga ega bo‘ladilar. Lekin, idrok taraqqiyotining keyingi ikki – ko‘rgazmali-tasavvur va so‘zlashuv-mantiqiy tafakkur bosqichlarida – ular o‘rtasida keskin farqlar namoyon bo‘ladi. Faqat yuqori tuzilgan hayvonlargina tasavvurlarni qo‘llay oladilar, shu bilan birga, bu fikr fanda hanuzgacha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Odamda ushbu layoqat ikki-uch yoshlarda namoyon bo‘ladi. So‘zlashuv-mantiqiy tafakkurga keladigan bo‘lsak, hayvonlarda idrokning bu turiga tegishli belgilar ko‘rinmaydi, chunki ular mantiqni ham, so‘zlar ma’nosini ham udda qilolmaydilar.
    4. Hayvonlar va odamda hissiyotlar ifodalanishining taqqoslanishi haqidagi masala o‘rganilishining murakkabligi bilan ajralib turadi. Uni hal etishdagi qiyinchilik odam va hayvonlarga xos bo‘lgan birlamchi hissiyotlar tug‘ma xususiyatga ega ekanliklarida o‘z aksini topgan. SHu bilan birga, inson hayvonlarda mavjud bo‘lmagan yuksak axloqiy his-tuyg‘ularga ega.
    5. Olimlar odamlar va hayvonlar xulq-atvori motivatsiyasidagi umumiylik va tafovutlar masalasini hal etishga juda katta kuch va vaqt sarfladilar. Ularning ikkalasida ham ko‘p sonli umumiy, organik xususiyatli ehtiyojlar mavjud. SHu bilan birga, shunday ehtiyojlar borki, insonlar va hayvonlar o‘rtasidagi farqlar haqidagi masala shu vaqtgacha munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Bu – muloqot, altruizm, ustunlik, tajovuzkorlikka bo‘lgan ehtiyojlar. Ularning boshlang‘ich belgilarini hayvonlarda kuzatish mumkin, xuddi shuningdek, hozirgacha ularning insonga irsiyat orqali berilishi yoki ijtimoiylashtirish natijasida egallanishi aniq ma’lum emas. SHuningdek, inson shunga yaqin bo‘lgan o‘xshashliklar hech bir hayvonda kuzatilmaydigan maxsus ijtimoiy ehtiyojlarga ham ega. Bunda ma’naviy ehtiyojlar, axloqiy qadriyat asosiga ega ehtiyojlar, ijodiyot bilan bog‘liq ehtiyojlar, barkamollikka erishishga bo‘lgan ehtiyoj, estetik va boshqa qator ehtiyojlar nazarda tutiladi.
    Shunday qilib, inson o‘zining psixologik sifatlari va xulq-atvor shakllari bilan hayvonlarga qisman o‘xshash va ulardan qisman farq qiluvchi ijtimoiy-tabiiy mavjudotdir. Uning hayotidagi tabiiy va ijtimoiy asoslar birgalikda mavjud bo‘lishi, ba’zida esa bir-biri bilan raqobatlashishi mumkin.
    Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo‘lib hisoblanadi. Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o‘zini bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va xulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko‘rish va idrok qilish layoqati kabilarni o‘z ichiga oladi. O‘zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o‘rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo‘lak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi.
    Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va b.) holatlarida bunday layoqat yo‘qoladi. Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. Uong kabi yaxlitligichairoda bilan uzviy bog‘langan. Odatda, tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va o‘zgarishlarga uchragan holatlarda so‘z yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok etishi mumkin.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ongning rivojlanishi va ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi

    Download 1,25 Mb.