|
-MAVZU: SEZGI VA IDROKNING PSIXOLOGIK MOHIYATI, FIZIOLOGIYASI
|
bet | 23/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 20233-MAVZU: SEZGI VA IDROKNING PSIXOLOGIK MOHIYATI, FIZIOLOGIYASI.
Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari.
Sezgilar va sezgi turlari haqida tushuncha.
Tevarak-atrofimizda bo‘lgan va bizga taʼsir etib turadigan narsa va hodisalarning xilma-xil xossalari bor. Bu xossalar ko‘ruv, eshituv, tuyg‘u organlari va shunga o‘xshash sezgi organlari yordami bilan ongimizda bevosita aks etadi. Sezgi organlarimizga taʼsir etadigan narsalardagi ayrim xossalarning miyamizda shu tariqa bevosita aks etishi sezgi deb ataladi. Biz qizil, yashil ranglarni, shirin, achchiq taʼmlarni, og‘ir-engilni, issiq-sovuqni va shu kabilarni sezamiz. Sezgi organiga taʼsir yetib, sezgini vu¬judga keltiradigan har bir narsa (yoki hodisa) qo‘zg‘ovchi deb ataladi, uning taʼsiri esa qo‘zg‘alish deb yuritiladi.
Sezish jarayoni quyidagicha ro‘y beradi:
1) narsa yoki hodisalar sezgi organlariga (retseptorga) taʼsir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka (periferi) uchlarini qo‘zg‘aydi;
2) shu yerda kelib chiqqan qo‘zg‘alish o‘sha nervning o‘tkazuvchi yo‘li orqali bosh miya po‘stining tegishli markaziy hujayralar sistemasiga o‘tadi;
3) bu yerda nerv qo‘zg‘alishi psixik hodisaga, yaʼni sezgiga aylanadi.
Sezish jarayonining ana shu 3 bosqichi I.P. Pavlov tomonidan analizator deb atalgan sezuvchi nerv apparatining tuzilishiga muvofiq ravishda o‘tadi. Har bir analizator sezuvchi nervning chekka tarmoqlaridan, o‘tkazuvchi yo‘lidan va bosh miya po‘stining markaziy hujayralaridan iborat. Аnalizatorning yuqorida ko‘rsatilgan qismlaridan birortasi zararlansa, sezgi hosil bo‘lolmaydi. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, analizatorlar tevarak-atrofdagi olam taʼsirlarini analiz qilib beradi. Аnalizatorlar insonning ko‘p asrlardan beri davom etib kelgan tarixida hayot uchun nihoyatda muhim bo‘lib kelgan qo‘zg‘ovchilarni boshqa qo‘zg‘ovchilardan ajratadi, ularni bir-biridan ayirib beradi.
Sezgilar xilma-xil bo‘ladi. Turli-tuman sezgini qaysi sezgi organlari yordami bilan hosil qilsak, ularni o‘sha organlarga qarab, quyidagi turlarga, yaʼni ko‘rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, taʼm (maza) bilish sezgilari, teri sezgilari, muskul-harakat sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi organlari qayerda ekanligiga va qayerdan qo‘zg‘alishiga qarab, ularni uch guruhga ajratish mumkin:
|
| |