|
Issiqlik Energetikasi fakulteti 86-22 guruh talabasi Husanov Alimardonning
|
bet | 1/4 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 39,7 Kb. | | #257188 |
Bog'liq Issiqlik Energetikasi fakulteti12
Issiqlik Energetikasi fakulteti
86-22 guruh talabasi
Husanov Alimardonning
,,Yadro va neytron fizikasi” fanidan
Bajargan kurs ishi
Mavzu: Yadro modellari
Reja:
Yadro modellari.
Suyuq tomchi modeli.
Yadroning qobiq modeli.
Yadroning umumlashgan modeli.
Yadro modellari
Atom yadrosining turli xossalarini oʻrganish uchun tuziladigan tasavvurlar. Shu vaqtgacha olimlar tomonidan tavsiya etilgan Yadro modellarining birortasi ham yadroning xossalarini toʻliq yoritib bera olmaydi. Shu sababli, bir necha Yadro modellari qoʻllaniladi. Ayniqsa, tomchisimon va qobiqsimon modellardan samarali foydalaniladi.
Yadroning kollektiv modeli.
Ushbu modelda yadroni barcha qobiqlari to'ldirilgan mustahkam ichki qism - o'zak va o'zak nuklonlari hosil qilgan markaziy maydonda harakat qiluvchi tashqi nuklonlardan tuzilgan deb tasavvur qilinadi. O'zak tashqi nuklonlar ta'siri natijasida o'z shaklini o'zgartirishi mumkin, ya'ni tebranadi. O'zakning harakati gidrodinamik tenglamalar yordamida ifodalanadi. Tashqi nuklonlar esa bu nuklonlar bilab o'zaro ta'sirlashuv natijasida o'zgaruvchi o'zak maydonida harakat qiladi. Qo'zg'alish energiyasining kichik qiymatlarida qator yadrolarda energetik sathlarning ketma - ketligi kuzatiladi, bu sathlarni yadro sirtining garmonik tebranishi yoki deformatsiyalangan yadroning butunligicha aylanishi natijasida hosil bo'lgan deb izohlash mumkin. Bunday harakatlar yadroning kollektiv erkinlik darajasi bilan bog'liq. Bu energetik sathlarning kollektiv harakat bilan bog'liqligi esa sathlar orasidagi katta kvadrupol momentiga ega bo'lgan elektromagnit o'tishlarning intensivligi yuqoriligidan ko'rinadi. Nuklonning yadrodan chiqib ketish ostona energiyasidan uyg'onish energiyasi katta bo'lganda yadroning kollektiv sathlari yadro reaksiyalari kesimlarida keng pik sifatida namoyon bo'ladi va ular gigant multipol rezonanslar deyiladi. Ulardan eng kattasi bu gigant dipol rezonansidir. Sferik simmetrik juft - juft yadrosirtlarining tebranma harakat energetik spektrlarini besh o'lchovli garmonik ossilyator modeli asosida tushuntirish mumkin. Bunda sirtning tebranishi agarda amplitudasi kichik bo'lsa, suyuq tomchi sirtining garmonik tebranishi kabi qaraladi. Juft - juft yadrolarning aylanma harakat energetik spektrini esa aksial - simmetrik rotator modeli asosida tushuntirish mumkin. Neytronlarning protonlarga nisbatan tebranishi bilan bog'liq bo'lgan gigant rezonanslarni gidrodinamik model asosida ifodalanadi.
|
| |