|
Issiqlik Energetikasi fakulteti 86-22 guruh talabasi Husanov Alimardonning
|
bet | 3/4 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 39,7 Kb. | | #257188 |
Bog'liq Issiqlik Energetikasi fakulteti12Yadro tomchi tebranma energiyasi:
)1/2 ℏl3/2
Tomchi modeliga ko‘ra, yadroning sirt tebranma energiyasini yadroning qo‘zg‘algan (uyg‘ongan) holatlari energiyasi deb qarash mumkin. Hamma juft-juft yadrolar birinchi uyg‘ongan holatining xarakteristikasi 2+. Birinchi uyg‘ongan holatda bir foton, ikkinchisida ikki foton va h.k. Spinlari 1 va 3bo‘lgan holatlar taqiqlangan. Real yadrolar haqiqatan ham tebranma modelning oldindan aytgan tavsiflariga mos spektrga ega. Tomchi modeliga asoslanib Vayszekker deyarli barcha yadrolar uchun tajribalarga qanoatlanarli ravishda to‘g‘ri keladigan yadro bog‘lanish energiyasining yarim emperik formulasini yaratdi. Tomchi modeliga ko‘ra, izobar yadrolarda β-yemirilishga nisbatan β-turg‘unlik shartini va β-yemirilish turlarini ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari, bu model asosida yadrolarning bo‘linishini tushuntirish oson. Masalan, yadrodagi protonlar kulon o‘zaro ta’sir energiyasining sirt deformatsiyasiga ta’siri Z ning katta qiymatlarida sezilarli bo‘ladi. Shunday qilib, tomchi modeli yadroda tebranma holatlarni, β-yemirilishga nisbatan turg‘unlik shartlarini, yadro bog‘lanish energiyalarini, yadroning bo‘linish shartlarini yaxshi tushuntiradi, lekin sexrli yadrolar, yadroning uyg‘ongan holat xossalarini tushuntira olmaydi.
YADRONING QOBIQ MODELI
Qator o‘tkazilgan tajribalar yadro xususiyatlari massa sonining o‘zgarishi bilan davriy o‘zgarishini ko‘rsatdi. Nuklonlar soni 2, 8, 20, 50, 82, 126 ga teng bo‘lgan yadrolar barqaror bo‘lib, tabiatda ko‘proq tarqalgan, bog‘lanish energiyalari va uyg‘onish energiyalari yuqori, reaksiya effektiv kesimi kichik, radioaktiv oilalar yemirilib, shu yadrolarga kelib to‘xtaydi (barqarorlashadi). Bundan tashqari, elektr kvadrupol momentlari nol bo‘ladi. Bu sonlarga sexrli sonlar, yadrolarga magik yadrolar deb ataladi. Bog‘lanish energiyasining nuklonlar soniga ko‘ra, o‘zgarishi 11H, 21H, 32He, 42He dastlabki uchta yadroga nuklon qo‘shilish energiyalari 2.2; 5.5; 20.6 MeV sexrli yadroda eng katta. Tabiatda tarqalishi: 40 20Ca tabiiy aralashmaning 97% qismini tashkil etsa qo‘shni 3618Ar - 0.3%, 4422Ti esa tabiatda uchramaydi. Yoki tabiiy radioaktiv qator Z = 82, N = 126 bo‘lgan ikkita sexrli yadro 208 82 Pb ga kelib to‘xtaydi. Yadrolar elektr kvadrupol momentlari sexrli yadrolarda nolga teng bo‘ladi va keyin sexrli sonlardan so‘ng kvadrupol moment ishorasini o‘zgartiradi va bu sondan qancha uzoqlashsa kvadrupol moment ortib boraveradi. Yuqorida bayon qilingan yadro xususiyatlarining davriy o‘zgarishi yadrodagi nuklonlar ham atom elektronlari qobiqda harakatlanganliklari kabi qobiqlarda harakatlanadilar deyishlik imkonini beradi. Qobiqli modelning mualliflari M.G.Mayer (1906 — 1972), O.Xankel, X.Yensen (1907 — 1973) va Zyuslar hisoblanadi. Qobiqli modelga ko‘ra, nuklonlar yadro zichligi (ρ = 2 · 1O14 g/sm3 ) bo‘lishiga qaramasdan, yadro ichida bir-biri bilan to‘qnashmay, o‘zaro moslashgan holda butun nuklonlar tomonidan vujudga kelgan yadro maydonida deyarli aloqasiz orbitalarda harakat qiladi deb qaraladi. Bunday holda atomdagi elektron harakati kabi nuklonlar harakati (n, l, j, m) kvant sonlari bilan xarakterlanadi. Proton va neytronlar alohida energiya ortishi tartibida ketma-ket energiya holatlariga joylashadi. Pauli prinsipiga ko‘ra, har bir proton holatida N = 2j+1 tadan ortiq bo‘lmagan protonlar tura oladi. Xuddi shuningdek, neytron holatida ham N = 2j +1 ta neytron bo‘ladi. 1-moment orqali N = 2(2I +1) nuklon joylasha oladi. Yadroda yopiq qatlamlar bor deb qarashlik uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: 1. Nuklonlar Fermi-Dirak statistikasiga bo‘ysungan bo‘lishi. 2. Har bir nuklonning harakati orbital kvant soni bilan xarakterlanishi kerak. Birinchi shart bajariladi - nuklonlar femionlar Pauli prinsipiga bo‘ysunadi. Ikkinchi shart hozirgacha nazariy asoslangani yo‘q. Nuklonlarning orbita bo‘ylab yadroda harakat qilishligi uchun nuklonlarning erkin yugurish masofasi yadro razmeriga qariyb teng bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham, nuklonlarning yadroda o‘zaro kuchli qisqa masofada ta’sirlashuviga ko‘ra, harakatlanishi nuklonlarni sferik-simmetrik maydonda bir-biri bilan aloqasiz harakatlanadilar deyish imkoniyatini beradi. Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, biz tanlaydigan yadro potensialida nuklonlar tekis taqsimlanishi, ya’ni nuklonlarning markazdagi zichligi maydonning boshqa nuqtalaridagi zichligidan farq qilmasligi
r=0 =0
|
| |