|
YADRONING GIDRODINAMIK (TOMCHI) MODELLARI
|
bet | 2/4 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 39,7 Kb. | | #257188 |
Bog'liq Issiqlik Energetikasi fakulteti12YADRONING GIDRODINAMIK (TOMCHI) MODELLARI.
1936-yilda N.Bor tomonidan taklif qilingan. Yadroning tomchi modeli yadrodagi nuklonlarning ba'zi xossalarini suyuqlik tomchisidagi molekulalarning xossalriga o'xshashligiga asoslangan. Masalan yadrodagi nuklonlarning o'zaro ta'sir potensiali suyuqlikdagi molekulalarning o'zaro ta'sir potensiali kabi qisqa ta'sirni ifodalovchi potensial bo'lib, ta'sir kuchlari to'yinganlik xossasiga ega. Tomchining hajmi undagi zarralar soniga proporsional. Yadroning suyuqlik tomchisidan asosiy farqi shundaki, yadro zaryadga ega siqilmaydigan suyuqlik bo'lib, u kvant mexanikasi qonunlariga bo'ysunadi. Yadro modellari atom yadrosining asosiy xossalarini o’rganish uchun tuziladigan tasavvurlar. Shu vaqtgacha olimlar tomonidan tavsiya etilgan modellarning birortasi ham yadroning xossalarini to’liq yoritib bera olmaydi.Yadro kuchlarining tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib beradigan qat’iy nazariy mavjud emas. Shu sabab atom yadrosining turli xossalari yadro modellari yordamida o’rganiladi.
SUYUQ TOMCHI MODELI.
Yadroning suyuq tomchi modeli N.Bor tomonidan taklif qilingan. Yadro kuchlari qisqa masofalarda (10−15 m) ta’sir qiladi, nuklonlar faqat o‘z qo‘shnilari bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lganligi tufayli yadro siqilmaydi. Uning sirtidagi zarralar, xuddi suyuqlik sirtidagi molekulalar kabi, ichkariga kirishga intiladi va bu bilan sirt taranglik kuchlari vujudga keladi. Shuning uchun yadro sharsimon shaklga intiladi va xossalari jihatidan suyuqlik tomchisini eslatadi. Biroq oddiy tomchidan farqli ravishda yadro tomchisi zaryadlangan bo‘ladi. Yadroda protonlar sonining ortishi bilan yelektr itarishish kuchlari yadron4 ing turg‘unligini ta’minlab turgan yadro kuchlariga tenglasha boshlaydi. Shunday payt keladiki, katta tomchining energetik jihatdan ikki kichik bo‘laklarga bo‘lingani foydalidir. Yadro tomchisi ikkiga bo‘linganda uning umumiy sirti kattalashadi, bunga ma‘lum miqdordagi energiya zarur. Yadro bilan to‘qnashgan va u birlashgan neytron, bo‘linish energiyasini ta’minlaydi. Uyg‘ongan yadro, ya’ni tomchi avvalo deformasiyalanishi, cho‘zilishi natijasida uning sirti kattalashadi. bunga ma‘lum miqdordagi energiya zarur. Yadro bilan to‘qnashgan va u birlashgan neytron, bo‘linish energiyasini ta’minlaydi. Uyg‘ongan yadro, ya’ni tomchi avvalo deformasiyalanishi, cho‘zilishi natijasida uning sirti kattalashadi. Biror vaqt o‘tgandan so‘ng yadro cho‘zilib, itarishish kuchlari yadroni ikkiga bo‘ladi. Bunday bo‘linish jarayonida ikkita yoki uchta neytronlar ham ajraladi. Ular yadroning bo‘lishish jarayonini davom ettiradi. Tomchi modelida yadro zichligi bir xil ekanligi to‘g‘risidagi eksperimental ma’lumotlarga asoslangan. N.Bor yadrodagi nuklonlarning harakati suyuqlikdagi atom va molekulalaming harakatiga o‘xshaydi, deb faraz qiladi. Suyuqlikning tashqi ta’sirga uchramagan tomchisi sirt taranglik tufayli sfera shaklida bo‘ladi. Tomchi modeli yadroning massasi va bog‘lanish energiyasining yarim emperik formulasini chiqarish, yadrolarning zarralarni chiqarish va bo‘linishiga turg‘unligini aniqlash va shuningdek, bu jarayonlarda ajraladigan energiyalarni hisoblash imkoniyatlarini beradi. Model yadroning neytronlar, protonlar va alfa zarralar bilan ta’sirlashuvida yuzaga keladigan ayrim xususiyatlarni tushuntiradi. Xususan, bu model yordamida neytron yadro bilan to‘qnashib, yadroga yutiladi va gamma-kvantlar chiqishini tushuntiradi.
|
| |