• Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi.
  • Shaxs. Shaxsning tuzilishi. Shaxsning faoliyati va uning yo‘nalishi




    Download 1,25 Mb.
    bet14/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Shaxs. Shaxsning tuzilishi. Shaxsning faoliyati va uning yo‘nalishi.
    Shaxs deb aniq bir kishini aytamiz. Har bir kishi jamiyat aʼzosi bo‘lib, tarixan tarkib topgan muayyan ijtimoiy munosabatlar sharoitida yashaydi va ishlaydi. Shaxsni taʼriflaydigan muhim psixologik belgilarga to‘xtab olaylik. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, yaʼni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga harakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, taʼlim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
    Shaxsning individual xususiyatlari uning belgisi hisoblanadi. Har bir odamning o‘ziga yarasha shaxsiy xususiyatlari bor. Bir-biriga o‘xshaydigan, ammo tamomila bir xil bo‘lmagan kishilar bor. Odamning individual xususiyatlari aqlida, hislarida, irodasida namoyon bo‘ladi. Har bir odam o‘ziga yarasha idrok etadi, eslab qoladi, o‘ziga yarasha fikr yuritadi va so‘zlaydi. Har kun turli hislarni o‘ziga yarasha ko‘ngildan kechiradi va turli sharoitda o‘ziga yarasha ish qiladi. Har bir odamning o‘ziga xos temperamenti va harakteri, o‘ziga yarasha individual layoqat-qobiliyatlari va qiziqish-havaslari bor.
    Shaxsning tarkibiy qismi odam organizmi — gavdasidir. Odamni shaxs deb aytganimizda umuman odamni — uning ongi va organizmini nazarda tutamiz. Sobiq sovet psixologiyasida eng ko‘p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan qisqacha tanishib o‘tamiz.
    S.L.Rubinshteyn bo‘yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
    1. Yo‘nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar,eʼtiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
    2. Bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
    3. Individual tipologik xususiyatlar - temprament, harakter, qobiliyatlarda aks yetadi.
    K.K.Platonov taʼlimotiga ko‘ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
    I. Yo‘nalganlik ost tuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam (hajm) darajalarini farqlash lozim.
    II. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - Taʼlim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko‘nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
    III. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - Ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
    IV. Biologik shartlangan ostto‘zilish.
    Miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.
    А.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
    1. Yo‘nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro taʼsir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
    2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini taʼminlovchi tizim. O‘zaro taʼsir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar.
    3. Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va maʼnaviy sifatlar ajratiladi.
    4. Mashqlar tizimi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korrektsiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni taʼminlaydi.
    Kishining o‘z-o‘ziga baho berishi.
    O‘ziga-o‘zi baho berish - shaxsning o‘zi tomonidan o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga baho berilishidir.O‘ziga-o‘zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to‘g‘rilanib, tartibga solib turiladi. kishi o‘zi haqida baʼzi narsalarni allaqachon bilgani holda boshqa kishiga razm solib boradi, o‘zini u bilan solishtirib ko‘radi, u ham uning shaxsiy fazilatlariga, xatti-harakatlariga, faolligiga nisbatan befarq qola olmaydi, deb taxmin qiladi; ana shularning hammasi shaxsning o‘ziga o‘zi baho berishiga kiradi va uning psixologik kayfiyatini belgilaydi.
    Psixologiyada kishining o‘ziga o‘zi beradigan bahoni, uning miqdoriy va sifatiy taʼrifini aniqlashning bir qator eksperimental metodlari mavjuddir. Shaxsga beriladigan baholar sistemasiga uchta ko‘rsatkich - o‘ziga o‘zi baho berish, kutilgan baho, guruhning shaxs tomonidan baholanishi - shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi buni xohlaydimi-yo‘qmi, bundan qatʼi nazar, u o‘zining guruhdagi kayfiyatini,o‘zi erishgan natijalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini, o‘ziga va tevarak-atrofdagilarga nisbatan nuqtai nazarlarni belgilaydigan subʼektiv vositalarni hisobga olishga obʼektiv ravishda majburdir.
    O‘ziga-o‘zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o‘ziga o‘zi beradigan bahoning individ o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon bo‘ladigan kutilgan darajasi ("Men" siymolarining darajasi) dir. Kishi navbatdagi harakatning qiyinchilik darajasini bemalol tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan paytda o‘ziga-o‘zi beradigan bahoni oshirib yuborishga intilish ikkita tendentsiya o‘rtasida mojaro kelib chiqishiga sabab bo‘ladi: bir tomondan eng ko‘p yutuqqa erishish uchun intilishni kuchaytirib yuborishga harakat qilinsa, ikkinchidan muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun intilishlarni kamaytirishga harakat qilinadi.
    Shaxsning psixologik muhofazasi. Shaxsning o‘zini anglashi o‘ziga o‘zi baho berishi mexanizmini qo‘llagan holda xususiy intilishlar va real yutuqlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni aniq qayd etadi. Аmerikalik psixolog U.Djems o‘zining psixologik nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs "Men"i siymosining eng muhim tarkibiy qismi-o‘zini hurmat qilishi haqiqatdan ham erishgan yutuqlarining kishi daʼvogarlik qilgan, mo‘ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to‘g‘ri fikr bildirgan edi.
    Kishi o‘z faoliyatida qiyinchiliklar oldida bo‘sh kelmasligi, aksincha o‘zining irodaviy fazilatlari va matonatliligini namoyon qilgan hamda shu orqali muvaffaqiyat bilan real intilishlar o‘rtasidagi o‘zaro maqbul nisbatini saqlab qolgan holda ularni yengishi kerak. Bu psixologik qulaylikning bo‘zilishi. Psixologik muhofaza tushunchasiga yaqin "muhofaza mexanizmlari" to‘g‘risidagi tushunchani psixoanaliz maktabining yetakchisi Freyd ishlatgan edi. U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan, shahvoniy hirs) ongli "Men"ning "muhofaza mexanizmlari", shaxsning "ichki senzurasi" bilan to‘qnashib qoladi va buning natijasida turli xildagi o‘zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilgan.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxs. Shaxsning tuzilishi. Shaxsning faoliyati va uning yo‘nalishi

    Download 1,25 Mb.