• Shaxsni o‘rganishga turlicha yondoshuvlar va shaxs haqida umumiy tushuncha.
  • Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit taʼsirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir.
  • Individuallik
  • Oila psixologiyasi




    Download 1,25 Mb.
    bet13/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Sosiometrik metod. Bu metod kichik guruh a'zolari o‘rtasidagi bevosita emosional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Bunga Amerikalik sosiolog Dj.Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruh a'zolarining bir-birlari bilan munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan malumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlar guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma'lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi.
    Shuning uchun hozir Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sosiometriyaning yosh davri psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan yangi turlari ishlab chiqarilgan. Bular shaxsning bir-birini tanlash motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sosiometriyaning Ya.M.Kolominskiy ishlab chiqqan o‘zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to‘laroq axborot beradi.

    Shaxsni o‘rganishga turlicha yondoshuvlar va shaxs haqida umumiy tushuncha.
    Individ, shaxs, individuallik
    Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ ajralmas, alohida zot degan maʼno anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‘lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash anʼana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‘la oladi.
    Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit taʼsirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir.
    Ilk bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi.
    1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dahldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
    2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
    3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida namoyon bo‘ladi.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125




    Download 1,25 Mb.