O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“O‘ZBEK TILI ADABIYOTI” FAKULTETI
4-KURS “B” GURUH TALABASI
HAMROYEVA MUNISANING
“O‘ZBEK TILI O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN
MATN VA UNING TURLARINI O’RGATISH METODIKASI MAVZUSIDA
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
Navoiy-2020
Mundarija
Kirish
I. BOB Matn va uning turlari
1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari.
2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.
II bob. Matn va uni tahlil etish tamoyillari
2.1.Fonetik tahlil
2.2. Matnning leksik-semantik tahlili
2.3.Matnning sintaktik tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Ma’lumki, inson voqelikni, borliqni til orqali, uning vositalari yordamida aks ettiradi. Shu jarayonda u turli matn ko’rinishlarini yaratadi. Bular quyidagilar:
Yuz bergan voqea-hodisa haqidagi oddiy axborot ko’rinishida yaratilgan matn ma’lumotnoma matni deb ataladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) so’zlar o’z m’nolarida qo’llanadi; 2) tilda mavjud bo’lgan badiiy-tasviriy vositalardan (masalan, badiiy san’at turlaridan) deyarli farqlanmaydi; 3) yuz bergan voqea-hodisa oddiy so’zlar vositasida tasvirlanadi.
Yuz bergan voqea-hodisa haqida ijodiy – tavsifiy bayonni aks ettiruvchi matn ijodiy – tavsifiy matn deb yuritiladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) yuz bergan voqea-hodisa haqida shaxsiy fikr mulohaza bayon qilinadi; 2) tilning badiiy – tavsifiy vositalaridan unumli foydalaniladi; 3) har bir voqea-hodisa muayyan dalillar bilan ishonarli tarzda aks ettiriladi.
Bu matn turlariga ilmiy, ommabop va badiiy uslublarda yaratilgan matnlarni, shuningdek, inshoni kiritish mumkin.
O’quvchilar bilan amaliy ishlash:
Matn tuzish
Dialogik matn tuzish
Monologik matn yaratish
Badiiy asarlardan dialogik va monologik matn turlariga misol yozish
Matnni qisartirish va kengaytirish
|