Matnning leksik-semantik tahlili




Download 50,3 Kb.
bet4/11
Sana29.12.2023
Hajmi50,3 Kb.
#128974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Guruh talabasi hamroyeva munisaning

2.2. Matnning leksik-semantik tahlili
Tilda har bir unsurning o`z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog`lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar bo`lgan, so`z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar paydo qila oladi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g`oyasi, balki go`zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Agar so’z – bu til birligi bo’lsa, u holda matn – kommunikatsiya (aloqa,fikr almashinuvi) birligidir5[5].So’zlar muayyan ma’noga, matnlar esa muayyan mazmunga ega. O’quvchi so’z ma’nolarini bila turib, ularni kontekstdan anglab oladi, tushunib yetadi ya’ni tasavvurida muayyan mazmunlar hosil qiladi. Ma’no va mazmunlarni anglash – matnni tushunish demakdir.1
Yozuvchining so`z qo`llash mahoratini baholash uchun, avvalo, so`z va uning ma'nosi, bu ma'noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. So`zning qo`llanishi bilan bog`liq holda yuzaga chiqadigan qo`shimcha ma'no nozikliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi mumkin. Ammo bunday qo`shimcha ma'no nozikliklari ko`pincha so`z ma'nosining o`zida imkoniyat tarzida mavjud bo`ladi, ular so`zning ma'no qurilishida ilgaridan qayd etilgan bo`ladi.
Tildagi nominativ birliklarning ma'no tuzilishini o`rganishda tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e'tibor beriladi. V.N.Teliya ta'rificha, konnotatatsiya-til birliklari semantikasiga uzual va akkazional ravishda kiradigan, nutq sebyektining borliqni jumlada ifodalashda uning ayni shu borliqqa bo`lgan hissiy-baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko`ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatdir.
Til mohiyati, ichki qurilishi jihatdan denotativ (atash, nomlash, nominativ) va konnotativ (emotsional-ekspressiv) ma'no bildirib shu asosda informatsiya (aloqa) vazifasini bajara oladigan vosita ekanligi uning ichki dualizmi, bir tomondan, obyektiv borliqni aks ettiruvchi tafakkurning shakli; ikkinchi tomondan, har bir elementning mohiyati shu elementning boshqa elementlar bilan bo`lgan ichki munosabatidan kelib chiqadigan mustaqil tizim ekanligi bilan chambarchas bog`liq. Agar tilning atash vazifasi uning tafakkur shakli, tushunchalarni qolipga soluvchi bir vosita ekanligi bilan bog`liq bo`lsa, uning ekspressiv vazifasi tilning mustaqil sistema ekanligi, elementlarning mohiyati ularning ichki munosabatlari asosida ochilishi mumkinligi bilan bog`liq.
So`z semantikasida denonativ ma'no bilan birga konnotativ ma'no ham mavjud. Konnotativ ma'no so`z semantikasidan denotativ ma'no ajralgandan keyin hosil bo`lgan ayirmaga teng: KqS-D.
O.S.Axmanovaning ta'kidlashicha, so`z semantikasida 2 xil konnotatsiya mavjud: ingerent konnotatsiya-so`z matndan tashqari holatida unga xos bo`lgan konnotativ ma'no va adgerent konnotatsiya-so`zda ma'lum kontekstda paydo bo`ladigan konnotativ ma'no.6[6]
Nutqdan tashqarida, ma'lum bir matnsiz ham so`zning semantik tarkibiga kiruvchi va paradigmatik munosabatlar bilan belgilanadigan konnotativ ma'no ottenkalari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1)so`zlovshining ijobiy-neytral-salbiy munosabati ifodalanadigan so`zlardagni ma'no attenkalari: chehra-yuz-bashara;
2)munosabat darajasi, miqdoriga ko`ra farqlanadigan attenkalar: chiroyli-go`zal-suluv;
3)so`zning qo`llanish doirasiga ko`ra: ajab-ajib, do`ppi-kallapo`sh.
Adgerent konnotativ ma'no til elementining sintagmatik munosabatini o`zgartirish asosida hosil bo`ladi. (birikish potentsialini). Neytral konnotativ ma'noli so`zlar kontekst ta'sirida u yoki bu konnotativ ma'nolarga ega bo`lishi mumkin. Jumladan, ko`chma ma'no so`z semantik strukturasini buzish, undagi biror semani tushirish, ikkinchi semaning bo`rttirilishi asosida va hok. M-n, «po`lat» so`zining denototiv ma'nosi metall qotishmasining bir turi ekanligi». Har bir predmet o`zining ma'lum belgilari bilan xarakterlangani kabi «po`lat» bizning ongimizda «mustahkamlik», «qattiqlik belgilari bilan xarakterlanadi. Bu «po`lat» so`zining ichki konnotativ ma'nosini mana shu «qattiqlik», «mustahkamlik» konnotativ semalarni «metall qotishmasi» semasidan ajratib boshqa bir predmetga nisbatan berilsa, kuchli konnotativ ko`chma ma'no hosil bo’ladi: po`lat iroda.Yuqoridagi «po`lat iroda» birikmasida «po`lat» so`zining tildagi sintagmatik munosabati buzilgan. Til bosqichida birikuv yo`li bilan metall nomlarini ifodalovchi otlar faqat shu metalldan yasalishi mumkin bo`lgan predmetlar nomini anglatuvchi otlar bilan birika oladi: po`lat pichoq, po`lat sandiq kabi. «Po`lat iroda» birikmasida esa bu so`z abstrakt tushunchani ifodalovchi so`z bilan birikkan.
XX asrning so’nggi choragida ma’no ko’chishining usullaridan biri bo’lgan bu hodisaning inson kognitiv faoliyatiga ham xos ekanligi haqidagi qarashlar ilgari surila boshladi. Matn semantikasida mavjud bo’lgan kognitiv metaforalarni ularning til sathiga ko’ra tasnifi asosida tahlil qilish lozim.2 Ya’ni: a) so’z shaklidagi metaforalar; b) so’z birikmasi shaklidagi metaforalar; s) gap shaklidagi metaforalar; d) mikromatn shaklidagi metaforalar.
So’z shaklidagi metaforalarning xususiyatlari tilshunosligimizda yetarli darajada o;rganilgan deyish mumkin. Ularning psixologik va kognitiv jihatlari o’z tadqiqini kutmoqda. So’z birikmasi shaklidagi metaforalar 7[7]
Ma'lumki, til elementlarining mohiyati bu elementlarning nafaqat paradigmatik, shuningdek, sintagmatik munosabatlari, ya'ni qanday elementlarga matn tarkibida nisbatan kam qo’llansa-da, uning semantik tuzilishida muhim o’rin tutadi. So’z birikmasi shaklidagi metaforalar matn referentlari va lisoniy belgi o’rtasida mazmuniy shartlanganlik vaziyatini yuzaga keltiradi: Shohlar bilan bizning oramizda chuqur jarlar bor.Men bu jarga bir marta qulab, o’lishimga sal qoldi ( P.Qodirov “ Humoyun va Akbar ); Adhamxonga mening qilcha ham kudratim yo’q. Faqat uning o’zi amalparastlik ko’chasidan chiqmog’i kerak. Bu ko’cha ne-ne odamlarni adashtirib, mahv qilib yuborganini o’zingiz bilursiz ( P. Qodirov “ Humoyun va Akbar) Bunda matn boshlanmasida ko’chma ma’noda qo’llangan so’z birikmasi matnning keyingi jumlalari semantikasiga ham o’z tasirini o’tkazadi, ya’ni semantik mazmunni matn bo’ylab yoyilishini, obrazli ifodani bir maromda saqlanib turishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Gap shaklidagi metaforalar, ya’ni o’zida boshqa bir nutqiy vaziyat ifodasini implitsit tarzda namoyon etuvchi gaplar ham badiiy matnga xos xuxusiyatlardan biridir. Masalan: Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi; Sanamay sakkiz dema; Osmon yiroq, yer qattiq kabi kabi gap tipidagi maqollar metaforik mazmunli gaplarning yorqin namunasidir.Matn-metaforalar- o’zbek tili kommunikatsiyasida metaforik mazmunli matnlar ( yoki matn-metaforalar) o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday matnlarda ifodalangan mazmun global xarakterga ega bo’lib, o’zaro aloqadorlikda bo’lgan voqea-hodisalarning okkilamchi nominatsiyasi sifatida amal qiladi. Matn-metaforalarga xos bo’lgan xarakterli xususiyat shundaki, unda matn subyektning metaforik ma’noda qabul qilinishi matndan anglashilgan makropropositsiyaning ham o’quvchi ongida metaforik xarakter kasb etishiga olib keladi.
Ma'nodosh so`zlar tilning lug`aviy jihatdan boylik darajasini ko`rsatib beruvchi o`ziga xos vositadir. Tilda ma'nodosh so`zlarning ko`p bo`lishi tilning estetik vazifasini to`liq bajara olishini osonlashtiradi. Badiiy matnda ma'nodosh so`zlarni tahlilida asosan, ikki jihatdan e'tibor qaratish kerak. 1-muallifning ikki yoki undan ortiq ma'nodosh so`zdan ifodalanayotgan mazmun uchun maqbul birini tanlashi, 2-bir matn tarkibida 2 yoki undan ortiq ma'nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga muvofiq tarzda qo`llash masalasidir.Tilshunoslikda ma'nodoshlikning 3 turi farqlanadi: leksik, frazeologik, leksik-frazeologik.



Download 50,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 50,3 Kb.