|
II bob. Matn va uni tahlil etish tamoyillari
|
bet | 3/11 | Sana | 29.12.2023 | Hajmi | 50,3 Kb. | | #128974 |
Bog'liq Guruh talabasi hamroyeva munisaningII bob. Matn va uni tahlil etish tamoyillari
2.1.Fonetik tahlil
Badiiymatnnitahlilqilishjarayonidafonetikbirliklarningestetikxususiyatlarigaalohidae'tiborqaratmog` lozim.She'riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she'rda o`ziga xos jozibador ohang bo`ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo`llash natijasida erishiladi.She'dariyat, asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho`zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so`zlarni noto`g`ri talaffuz qilish, tovush ortttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo`llash bilan bog`liq qonuniyatlarni yozuvda “aynan” ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin.3[3]
Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o`ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo`lish, xafa bo`lish, rozilik, taajjub yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish so`roq, ta'kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo`llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli – fonografik vositalardan foydalaniladilar.
1. Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho`zib talaffuz qilinganligi tushuniladi.Unlini cho`zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi.Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me'yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta'kidlanadi. Masalan, belgining kuchsizligi: Ortiq jizzaki ko`rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Q.) Belgining ortiqligi: Uzo-oq yo`l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, o`yla-ab tursam, o`g`lim, dunyoni ishi qiziq (A.M.).
Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalan, -Marhamat... O`-o`, kaklikning sayrashini dedingizmi? – Uning manglayi tirishib va g`ijinib davom etdi: - Biz ham sizga qo`shilib eshitar ekanmiz-da? (Sh.H.) - O`-o`o` , okaxon, tuda-suda to`laysiz-da. (Sh.H.)
- A-a-a, o`sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga Yana bir kelgan ekansiz. Yo`qligimni qarang-a. (S.A.)
2. Undoshlarni birdan ortiq yozish. Aslida orfoepik me'yor bo`yicha bir undosh talaffuz qilinishi kerak bo`lgan so`zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiya va estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. So`zlovchining ichki ruhiyati (siqilish, hursandlik kabilar) va maqsadini kitobxonga “aynan” etkazish uchun yozuvchilar badiiy matnda bu holatni undoshlarni birdan ortiq yozish orqali ifodalashga harakat qiladilar. Bunda belgining me'yordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki bir onda ro`y berganligi, takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma'nolar ifodalangan bo`ladi. Masalan, belgining ortiqligi: Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg`on emas.(O.)
Harakatning davomiyligi: Yarim soatlik qonli “g`ov-v-v-v, g`u-v-v-v, ov-v-v-v-v, ov-v-v-v”dan so`ng Mallaxonning davangisi mag`lub bo`lib, faje' bir suratda yaralandi. ( A.Qod.)
Harakatning oniyligi: Mashina Chuqursoyga qayrilish o`rniga yo`lning o`rtasida taqqa to`xtadi.
Ovoz kuchining balandligi: “Bummm» degan tovush eshitildiyu, ko`kni chang-to`zon qopladi.
Ovoz kuchining pastligi: Ammo shunchalik davru davronlar o`tquzilg`an va o`tquzilmoqda bo`lg`an bo`lsa bunchalik ochub - ... tis-s-s! Yopig`liq qozon-yopig`liq... tuya ko`rdingmi – yo`q... (A.Qod.) Mashina bir-ikki pig`-g`-g` degan ovoz chiqardi-da, butunlay o`chib qoldi.
So`zlarni noto`g`ri qilish. Og`zaki nutqda turli sabablarga ko`ra ayrim so`zlar, asosan, o`zlashma so`zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato so`zlovchining o`zlashgan so`z imlosini to`g`ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin.4[4] Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og`zaki – jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida ham so`zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o`sha tarzda yoziladi. Masalan: - Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so`rash kerak.
- Jinni bo`ldingmi, Ne'mat?
- Men sizga Ne'mat emasman, o`rtoq Babbaev bo`laman, o`rtoq Xajjayip. (S.A.)
- Xo`p, bo`pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... – aytaveraymi, deb unga qaradi.(S.A.)
Alliteratsiya grekcha so`z bo`lib, nutqda tovushlarning mos kelishidir. U takrorning bir ko`rinishi bo`lib, badiiy nutqni yanada ohangli, ifodali bayon etish uchun qo`llanadiyu U ko`pincha she'riy asarlarda uchrab, o`zaro qofiyalash, ohangdosh, bir xil so`zlarning yoki bir xildagi tovush va qo`shimchalarning takrori asosida vujudga keladi. Mumtoz adabiyotda alliteratsiya“tavzi' san'ati” deb ham yuritiladi.
Bo`z to`rg`ay, bo`zlashaylik.
Turumtoy, so`zlashaylik.
Qaldirg`och, quvlashaylik.
Betilmoch, quvnashaylik.
Sa'vavoy, sayrashaylik.
Soyma-soy sayrashaylik.(Mir.)
Bu she'rda alliteratsiya qofiyadosh so`zlar va “S” tovushi takroridan yuzaga chiqmoqda.
Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish va aytishmachoq qyinlar mavjud. Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi?
Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional-ekspressivlik bag`ishlash maqsadida qo`llaniladigan fonetik ususllardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo`ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko`p kuzatiladi:
|
| |