Oʻlchash asboblari ishonchliligi haqida asosiy tushunchalar. Reja: Oʻlchov asboblari haqida Maʼlumotni taqdim etish orqali




Download 246,82 Kb.
bet5/5
Sana06.12.2023
Hajmi246,82 Kb.
#112817
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oʻlchash asboblari ishonchliligi haqida asosiy tushunchalar.

O’lchash asboblari ko’pincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan ta’minlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar bo’yicha ishlaydi. O’lchash ma’lumotlarini uzatish, o’zgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay bo’lgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi o’lchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma O’lchash asboblarini, o’lchash o’zgartirgichlari (o’lchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga o’zgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni o’z ichiga oladi. Chiziqlar va burchaklarni o’lchash qurollari (chizg’ichlar, transportirlar va boshqalar) o’lchash vositalari, vazn (og’irlik) o’lchanadigan vositalar (mas, tarozi) o’lchov vositalari deb ataladi.

Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli o’zgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani o’lchash xavfsizligini ta’minlash uchun elektr o’lchash transformatori qo’llanadi. Uning birlamchi chulgamiga o’lchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) ta’sir qiladi, ikkinchi (Pasaytiruvchi) chulg’ami esa O’lchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. O’lchash transformatori yordamida elektr O’lchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini o’lchash mumkin. Keng ma’noda — O’lchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni o’lchash bilan bog’liq bo’lgan barcha o’lchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini o’z ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli o’lchash apparatlari keng qo’llanilmoqda.

Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib , o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya-o‘lchashlar haqidagi fan hisoblanadi.


Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o‘lchamlarini muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o‘lchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O‘lchashlar nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan o‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi);
-ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish);
-zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o‘lchash vositalarining tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri ob’ektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar yordamida umumiy baholovchi o‘lchash tizimlarini yaratish bo‘lib, olingan natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir.
O‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yo‘nalishlar bilan birgalikda informatsion-o‘lchash, ya’ni o‘zida asosiy informatsiya olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o‘lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bo‘ldi.
Qo‘yilgan muammolarning, ularni echish usullari va olingan natijalarning har xilligidan qat’iy nazar, informatsiya olish mobaynida asosiy o‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish ko‘zda tutiladi.
O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.


Download 246,82 Kb.
1   2   3   4   5




Download 246,82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻlchash asboblari ishonchliligi haqida asosiy tushunchalar. Reja: Oʻlchov asboblari haqida Maʼlumotni taqdim etish orqali

Download 246,82 Kb.