3-qism: Har bir topshiriq 2,6 balldan baholanadi
21. Odam yerda 220 N og`rilikdagi yukni ko`tara oldi, u qandaydir bir “alfa” sayyorada xuddi shu yukdan
yana nechtasini ko`tara oladi? “Alfa” sayyora uchun erkin tushish tezlanishi yerdagidan 10 marta
kichik.
22. Bikrligi 1 N/m dan bo’lgan 7 ta purjinani har birini 7 ga bo`lib eshib qo`yildi va hosil bo`lgan prujinalar
ketma – ket ulandi, hosil bo`lgan prujina bikrligi (N/m) nimaga teng?
23. Jismga o’zaro 60˚ burchak ostida yo’nalgan 6ta kuch ta’sir etmoqda. Ularning 5tasi bir xil 50 N
qiymatga ega. 6-si esa 30 N qiymatga ega. Jismning massasi m = 20 kg bo’lsa, u shu kuchlarning teng
ta’sir etuvchisi ta’sirda qanday tezlanish (𝑚 𝑠
2
⁄ ) bilan harakatlanadi?
Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi)
FIZIKA 10
Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti
15.10.2021
24. Chizmada ko’rsatilgan sxemadan foydalanib K va L nuqtalar orasidagi kuchlanishni (V) aniqlang.
25. Uchta bir xil qarshilik o’zgarmas kuchlanish manbaiga ketma – ket ulangan. Birinchi qarshilikning
qiymatini o’zgartirmasdan, ikkinchi qarshilikning qiymati 3 marta, uchinchisiniki esa – 2 marta orttirilsa,
birinchi qarshilikning kuchlanishi necha marta kamayadi?
26. EYuK bir gal 6 Om tashqi qarshilikka, ikkinchi gal 24 Om tashqi qarshilikka ulandi. Bunda har ikki
holatda ham tashqi zajirdagi quvvat bir xil ekanligi ma’lum bo’ldi. Tashqi qarshilikning qanday
qiymatida (Om) undagi quvvat maksimal bo’ladi?
27. Nuqtaviy zaryaddan 6 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi 50 kV/m ga
teng bo’lsa, huddi shu zaryaddan 3 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi
necha kV/m ekanligini toping.
28. Tomonlari 6, 8 va 24 sm bo’lgan bir jinsli parallelopipedning massasi m = 10 kg ga teng. Shu
parallelopiped. Yerga tayangan holda erishishi mumkin bo’lgan eng katta va eng kichik potensial
energiyalari farqini toping (J).
29. Bir to'g'ri chiziqda bir-biridan r masofada har birining zaryadi q dan bo'lgan to'rtta mahkamlangan
zaryad izma ketin joylashgan. Agar ikki qo’shni zaryadning o’zaro ta’sir potensial energiyasi W = 600
J ga teng bo’lsa, sistemaning to’la potensial energiyasi (J) nimaga teng?
30. Jism radiusi 1 m ga teng bo’lgan aylana bo’ylab
𝜔 = 1 + 3𝑡 + 𝑡
2
qonuniyat bo’yicha harakatlanmoqda.
Jismning t = 2 s vaqt momentidagi tangensial tezlanishini (
𝑚/𝑠
2
) aniqlang.
|