• Vizual amaliy materiallar.
  • Bo‘laklarga ajratish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi




    Download 2,52 Mb.
    bet10/12
    Sana30.01.2024
    Hajmi2,52 Mb.
    #148872
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    AutoCAD dasturida 3D muhitda oʼyish chiziqlari orqali berilgan yangi

    Bo‘laklarga ajratish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi. Ma`lumki kompyuterda bajarilgan har bir primitiv bitta yoki ko‘p chiziqlardan iborat bo‘lishiga qaramay bitta ob`ekt hisoblanadi. Masalan, biror o‘lchamni olsak, unda ikkita chiqarish va strelka, o‘lcham chizig`i hamda o‘lcham qiymatidan iborat bo‘lgan oltita elementi mavjud. Ularning birortasini alohida tahrirlab bo‘lmaydi.
    Bunday hollarda «Raschlenit»-portlatish buyrug`idan foydalanib, ob`ektlarni tarkibiy qismlarga ajratib yuboriladi va chizmada kerakli tuzatishlar bajariladi.

    Buning uchun, ob`ekt ajratiladi va «Raschlenit»-portlatish buyrug`i yuklanadi.


    1. Bo‘laklarga bo‘lish «Raschlenit» buyrug`ining tugmasi yuklanadi;
    2. Ekranda hosil bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ob`ekt ajratiladi va «Enter» bilan qayd etiladi. Natijada ob`ekt tarkibiy qismlarga ajralib qoladi.
    Natijada, ob`ekt tarkibiy qismlarga ajralib qoladi. Masalan, qirqimi bajarilgan vtulkaning ichki teshigini diametr o‘lchamini ko‘rsatishda, ya`ni qo‘yilgan o‘lchamdagi bitta chiqarish chizig`ini va strelkani o‘chirish, hamda o‘lcham chizig`ini qisqartirishda bu buyruqdan foydalaniladi.
    Vizual amaliy materiallar. Geometrik, proektsion, mashinasozlik, qurilish va arxitektura chizmachilik tasvirlarida kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash, matn yozuvlari yozish va ob`ektlarni ko‘chirish, burish hamda, masshtabini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash buyrug`idan foydalanib chizmadagi biror ob`ekt yoki konturning ichki sohasi shtrix qilinadi. AutoCAD dasturlari kesim va qirqim, aylana va ko‘pburchaklarning yuzalarini ob`ekt deb qabul qiladi. Ob`ektlarning o‘zaro kesishuvidan hosil bo‘lgan berk sohani esa, kontur deb qabul qiladi.
    Bu buyruqdan foydalanib ekrandagi biror ob`ektni yoki konturni ichki berk sohasi quyidagi algoritm asosida shtrix qilinadi:
    1. «Shtrixovka» buyrug`i «Sichqon» yordamida yuklanadi, shunda ekranda muloqatlar oynasi «Shtrixovka igradient» darchasi paydo bo‘ladi, 1-rasm.
    U
    ndagi «Shtrixovka» vkladkasi (uning o‘zi yuklangan holda ham bo‘lishi mumkin) yuklanib, «Obrazets» yacheykasidagi tugma yuklanadi. Undan kerakli shtrix namunasi «Sichqon» yordamida tanlanadi va yuklanadi. Tanlangan shtrixni «Struktura» - namuna yacheykasida kuzatish mumkin. Darchaning o‘ng tomonidagi «Dobavit: tochki vыbora» yoki «Dobavit: Vыbrat ob`ektы» tugmasi yuklanadi.
    «Ichki nuqtasini ko‘rsating», ya`ni konturning ichki sohasida biror nuqta tanlashni so‘raydi. Agar «Dobavit: vыbrat ob`ektы» tugmasi yuklansa, darcha yo‘qolib ekranda chizma va muloqatlar qatorida quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi:
    «Ob`ektni ko‘rsating», ya`ni ob`ektning chegaralovchi barcha chiziqlarini ketma-ket belgilab chiqishni so‘raydi.
    2. Kvadrat nishoncha bilan «Sichqon» yordamida ob`ektni chegaralovchi chiziqlari yoki konturning biror ichki soha nuqtasi yuklanadi va «Enter» bilan qayd etiladi.
    3. Shunda, yana dastlabki darcha paydo bo‘ladi va undagi «Obrazets» tugmasi «Sichqon» yordamida yuklanadi. Natijada, oldindan ko‘rib chiqish uchun ekrandagi ob`ektning tasviri shtrixlangan holda paydo bo‘ladi. Agar, shtrix tasviri talabga javob bermasa, sichqonning o‘ng tugmasini bosib yoki, «Enter» tugmasi yuklanadi va yana ekranda darcha paydo bo‘ladi. Undagi «Ugol» va «Masshtab» yacheykasidagi burchak va shtrix chiziqlari orasidagi o‘lchamlar qiymati kerakli qiymatlarga o‘zgartiriladi. YAna bir bor darchadagi «Obrazets» tugmasi «Sichqon» yordamida yuklanib, shtrix tasviri qayta ko‘rib chiqiladi. Agar, shtrix tasviri talabga javob bersa, «Sichqon» yoki «Enter» tugmasini yuklab darchaga qaytiladi, 49-rasm.
    4. Darchadagi «OK» tugmasini «Sichqon» yordamida yuklab, ekranda berilgan ob`ekt yoki konturning shtrixi bajariladi.

    Download 2,52 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo‘laklarga ajratish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi

    Download 2,52 Mb.