|
Detal ikki ko‘rinishi bo‘yicha uchinchi ko‘rinishini yasash hamda kerakli qirqim va kesimlarni bajarish uchun tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar berish
|
bet | 11/12 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #148872 |
Bog'liq AutoCAD dasturida 3D muhitda oʼyish chiziqlari orqali berilgan yangiDetal ikki ko‘rinishi bo‘yicha uchinchi ko‘rinishini yasash hamda kerakli qirqim va kesimlarni bajarish uchun tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar berish. Olingan vazifani o‘quvchi va talabalar, avval o‘z vazifalarini daftariga ko‘chirib oladilar. Vazifada variantida detalning ikki proektsiyasi berilgan bo‘ladi. Uning etishmovchi uchinchi proektsiyasi topiladi, zarur qirqimlar bajaradi hamda o‘lchamlar qo‘yiladi. So‘ngra kompyuterda bajaradilar. Ekranda chizmani bajarish quyidagi ketma-ketlikda bajarish tavsiya etiladi: Lekin buni har bir o‘quvchi yoki talaba o‘zi istagan, ya`ni o‘zi maqbul deb topgan reja asosida bajarishlari ham mumkin.
1. Detal o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda A4 yoki A3 format tanlab olinadi. So‘ngra, bu formatda detalning simmetriya o‘qlari «Otrezok»-«Kesma» buyrug`idan foydalanib o‘tkaziladi. Markaz chiziqlarni o‘tkazishda ular orasidagi masofani «Podobie»-«ob`ektlarni berilgan masofaga surish» buyrug`idan yoki kesma uzunligini tezkor kiritish usulidan foydalanib kiritiladi.
2. Ekranda detal proektsiyalari «Otrezok»-«Kesma» va «Krug»-«Aylana» buyruqlaridan foydalanib chiziladi.
3. Detalning uchta proektsiyasi bajarilgach, detalning ichki tuzilishidan kelib chiqqan holda zarur qirqimlar qo‘llaniladi. Qirqimlar «Shtrixovka» buyrug`i yordamida bajariladi.
4. «O‘lcham» buyrug`i yordamida o‘lchamlar qo‘yiladi.
Yuqoridagi bosqichlarda bajarilgan detalning uchta proektsiyasi qirqimlari bilan chizmasi taxt qilinadi. YA`ni, II grafik ishni qog`ozga chiqarib olishdan avval, uning chiziqlari kerakli turlarda - qiyofalarda va yo‘g`oliklarda bajarib chiqiladi.
O‘q va markaz chiziqlari ikkinchi «Po sloyu» buyrug`idan foydalanib bajariladi. Asosiy chiziqlar yo‘g`onligini, ekranning eng pastki «Rejim»-«Holat» qatoridagi «VES» buyrug`iga kirib, ko‘riladi va tekshiriladi. Agar, chizmada biror yo‘g`onlashtirilmagan chiziq qolib ketgan bo‘lsa, uni ajratib uchinchi «Po sloyu» buyrug`idan foydalanib yo‘g`onlashtiriladi.
Agar, chizmadagi chiziqlarga rang berish lozim bo‘lsa, birinchi «Po sloyu» buyrug`idan foydalaniladi.
«Detalning ikki proektsiyasi» vazifasida berilgan o‘lchamlar, ekranda bajarilgan chizmaga taqsimlab qo‘yib chiqiladi. O‘lcham chiziqlarini, strelkalarini va raqamlarini ko‘rsatkichlari «Format» menyusidagi «Razmernыe stili...» buyrug`iga kirib, «Dispetcher razmernыx stiley» darchasidan foydalanib tanlab olinadi.
Ikki proektsiyasi bo‘yicha uchinchisini topish va zarur qirqimlar bajarish Uning namunasi rasmdalar namunasi keltirilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Detal ikki ko‘rinishi bo‘yicha uchinchi ko‘rinishini yasash hamda kerakli qirqim va kesimlarni bajarish uchun tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar berish
|