O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLIY TA’LIM MUASSASALARI PEDAGOG KADRLARINI QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. , 39-son, 453-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011 yil 20 maydagi PQ–1533-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazini (keyingi o‘rinlarda Bosh ilmiy-metodik markaz deb ataladi) tashkil qilish;
1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 5 ta mintaqaviy markazlarini (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy markaz deb ataladi) hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 10 ta tarmoq markazlarini (keyingi o‘rinlarda tarmoq markazi deb ataladi) tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi faoliyat ko‘rsatayotgan qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari va fakultetlarini tugatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy markazlar va tarmoq markazlari yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustavlariga, mustaqil balanslariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga ega bo‘ladi; Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
b) Bosh ilmiy-metodik markaz:
professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasini, ularning yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashning talab qilinadigan darajasini ta’minlash bo‘yicha ish natijalarini hamda ilg‘or xalqaro pedagogik tajribani o‘rganish asosida, zamonaviy metodikalardan foydalangan holda oliy ta’lim muassasalari oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning umumta’lim dasturlarini, o‘quv-metodik va normativ materiallarini ishlab chiqadi;
malaka oshirishning ta’lim jarayoni sifatini va natijalarini tizimli tahlil qiladi, monitoringini olib boradi, pedagoglarning zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalari va layoqatlari rivojlanishining o‘zgarishini baholaydi;
bazaviy oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda chet tillarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv-metodik materiallar tayyorlanishini va samarali metodikalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi, shuningdek mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha mintaqaviy markazlarda va tarmoq markazlarida seminar-treninglar tashkil qiladi; Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
quyidagilar:
tegishli ta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirishni, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo‘yicha mamlakatimizning ilg‘or zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalari; Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
pedagoglarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, ilmiy eksperimentlar, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning samarali metodlari bilan tanishtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalari (Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, laboratoriyalari va shu kabilar) bilan hamkorlik qilish hamda ulardan pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun bazaviy ob’yektlar sifatida foydalanish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi;
mintaqaviy va tarmoq markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil qiladi va o‘tkazadi;
v) mintaqaviy markazlar:
ta’lim sohalari: gumanitar fanlar, matematika, tabiiy fanlar, sotsiologiya va psixologiya, jurnalistika va axborot, shuningdek ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-matematika bloklarining boshqa fanlari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiradilar hamda zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratadilar;
oliy ta’limning dolzarb masalalari, Internet global tarmog‘idan foydalangan holda o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogika, axborot texnologiyalarini joriy etish, pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari hamda pedagoglarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan boshqa maxsus kurslar bo‘yicha malaka oshirishning maqsadli kurslarini tashkil qiladilar;
malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarining ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kasbiy o‘sishiga yo‘naltirilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, amaliy o‘qitishning interaktiv usullari sohasidagi ilmiy yutuqlar natijalarini o‘z vaqtida joriy etish mexanizmlarini amalga oshiradilar;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limning ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-matematika bloklari fanlari ta’lim dasturlarining uzluksizligini va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadilar;
g) tarmoq markazlari:
oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiradilar hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratadilar;
xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida, shuningdek mahalliy konstruktorlik-texnologik muassasalar va respublikadagi yirik korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda, eng avvalo, yuqori va innovatsiya texnologiyalari sohasida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim dasturlarini amalga oshiradilar;
ta’limning ishlab chiqarish bilan samarali o‘zaro hamkorligini, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga ko‘chma mashg‘ulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini ta’minlaydilar; Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
tarmoq markazlarida, shu jumladan ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv va moddiy-texnikaviy bazani yaratadilar;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqadilar va joriy etadilar.
3. Quyidagilar:
Oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarining namunaviy tuzilmalari 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari o‘qituvchilari va tinglovchilari sonining bir nafar o‘qituvchi hisobiga nisbatining cheklangan normativlari ta’limning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda — Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlashni;
bir oy muddatda — Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni;
mintaqaviy va tarmoq markazlarini ular tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida bepul joylashtirishni hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida markazlar tomonidan o‘z faoliyatida oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va moddiy-texnikaviy bazasidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni;
qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlarining boshqa joylardan kelgan tinglovchilariga oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalarida yashash joylari berish chora-tadbirlarini ko‘rishni;
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha, pedagog kadrlar tomonidan uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishning davriyligiga rioya qilgan holda, Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlarida oliy ta’lim muassasalarining pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish parametrlarini har yili aniqlash va belgilangan tartibda tasdiqlashni ta’minlasin.
5. Quyidagilar Bosh ilmiy-metodik markazning, mintaqaviy va tarmoq markazlarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
markazlarni joriy ta’minlashga hamda belgilangan davriyligini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni o‘tkazishga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnomaviy asosda xizmatlar ko‘rsatishdan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va maqsadli badallari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Belgilansinki:
qayta tayyorlash va malaka oshirishning tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan hamda Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlariga o‘qishga yuborilgan tinglovchilar uchun ularning ishdan bo‘shagan holdagi butun o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi;
ishdan bo‘shagan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlariga boshqa joylardan yuborilgan tinglovchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sutkalik mablag‘lar to‘lanadi hamda o‘qish joyiga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari ularni yuboradigan tomon hisobidan qoplanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari ta’minoti uchun «Ta’lim» sohasi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar doirasida zarur mablag‘larni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
Bosh ilmiy-metodik markaz uchun 1 ta xizmat yengil avtomobilini saqlashga limit belgilasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Davlat test markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim dasturlari fanlari bo‘yicha o‘qitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda talabalar bilimlari darajasini, shu jumladan o‘qituvchilar malakasini oshirish natijalariga bog‘liq holda baholash mezonlarini, test vazifalarining ma’lumotlar banki yaratilishini nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy va tarmoq markazlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari va shartlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Bosh ilmiy-metodik markazni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 3-uyga ijara haqi undirmasdan joylashtirsin. Olmazor tumani (avvagli nomi Sobir Rahimov) - T.dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1970 yilda tashkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980 yildan hozirgi chegarasida. T.ning shim.gʻarbida joylashgan. Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012 yil 26 sentyabr,
278-son
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga
1-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari
RO‘YXATI
T/r
|
Mintaqaviy va tarmoq markazi nomi
|
Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari*
|
Vazirliklar va idoralarga mansubligi
|
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
|
Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; atrof muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar
va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalish: qoraqalpoq filologiyasi.
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
2.
|
Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
|
Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; atrof muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar
va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalishlar: kimyo va biologiya.
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
3.
|
Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
|
Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; atrof muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar
va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalishlar: tarix va falsafa.
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
4.
|
Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
|
Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; atrof muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar
va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalishlar: filologiya va ma’naviyat asoslari.
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
5.
|
O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
|
Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; jurnalistika va axborot; atrof muhitni muhofaza
qilish; ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalishlar: matematika va fizika.
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari
|
1.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
Iqtisodiyot, menejment, marketing, xorijiy davlatlar iqtisodiyoti
va mamlakatshunoslik, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar, statistika, bojxona ishi, mehnat iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi, xizmatlar sohasi, mehmonxona xo‘jaligini tashkil
etish va boshqarish, turizm, moliya, bank ishi, soliqlar va soliq solish, buxgalteriya hisobi va audit, pensiya ishi, baholash ishi va sug‘urta ishi.
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
2.
|
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
Muhandislik ishi, sanoat, energetika, kon ishi, geologiya, neft-gaz ishi, kimyo texnologiyalari, zamonaviy ishlab chiqarishlar texnologiyasi, transport, hayot faoliyati xavfsizligi, xizmatlar
ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi, ekologiya
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
3.
|
Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
Qurilish, arxitektura, kommunal xo‘jaligi
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
4.
|
Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
Pedagogika
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
5.
|
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
To‘qimachilik va yengil sanoat
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
6.
|
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
Sog‘liqni saqlash
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi
|
7.
|
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
Jismoniy tarbiya, sport faoliyati
|
Madaniyat va sport ishlari vazirligi
|
8.
|
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
San’at va madaniyat
|
Madaniyat va sport ishlari vazirligi
|
9.
|
Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi, fermer xo‘jaligini boshqarish va yuritish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya
|
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
|
10.
|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
|
Komgyuter texnologiyalari va informatika; radioelektron asbob-uskunalar va tizimlar; televideniye, radioaloqa va radioeshittirish, telekommunikatsiyalar, aloqaning mobil tizimlari
|
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
|
* Zarurat bo‘lganda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda mintaqaviy markazlar hamda tarmoq markazlarida qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga
2-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimining
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni (professor-o‘qituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 21 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 11 kishi.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga
4-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni (professor-o‘qituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 6 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 4 kishi.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga
5-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni (professor-o‘qituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 7 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 4 kishi.
|