Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi




Download 462.37 Kb.
bet2/82
Sana15.12.2023
Hajmi462.37 Kb.
#119205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (3)

IShChI DASTUR Kirish

Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo‘nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni maqsad qiladi.


O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini mazmunan yangilash, axborotlar globallashgan bir davrda mazkur ta’lim tizimida pedagogik faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni modernizastiyalash, mazkur jarayonga innovastion texnologiyalarni qo‘llashga oid metodik bilim, ko‘nikma va malakalarini yangilash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritayotgan professor- o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni modernizastiyalash, maqsadga muvofiq tashkil etishga zamin tayyorlaydigan o‘quv-metodik majmua, elektron darsliklar, nostandart adaptiv testlar banki, o‘quv kurslari bo‘yicha silabus yaratish orqali talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, ta’lim samaradorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va yangilash, ularni davlat talablari va jahon ta’lim standartlari darajasiga ko‘tarish islohotlar davrining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Yuqoridagi vazifalarni e’tiborga olgan holda professor-o‘qituvchilar ta’lim- tarbiya jarayonida ta’lim mazmuniga bog‘liq innovastion ta’lim texnologiyalarini tanlash, mashg‘ulotlar ishlanmasi va texnologik xaritalarni loyihalash, ularda belgilangan o‘quv maqsadlarni amalda qo‘llay olishi, talabalarning yosh, psixologik va ergonomik xususiyatlariga asosan talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil eta olishi lozim.
Pedagogik kvalimetriya fanlar bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan innovastion texnologiyalarga asoslangan mashg‘ulotlar ishlanmasi va texnologik xaritalarni loyihalashga o‘rgatish dasturning asosiy maqsadini belgilab beradi.

Download 462.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Download 462.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi

Download 462.37 Kb.