• Tinglovchilarning metodik bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar
  • Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi




    Download 462.37 Kb.
    bet3/82
    Sana15.12.2023
    Hajmi462.37 Kb.
    #119205
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
    Bog'liq
    Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (3)

    Modulning maqsadi va vazifalari

    Ushbu kursning asosiy didaktik maqsadi pedagog kadrlarni pedagogik kvalimetriya fanining o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik kvalimetriyaning metodlarini innovastion vosita sifatida tanishtirish orqali ularning kasbiy-


    pedagogik tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik kvalimetriya metodlaridan maqsadga muvofiq qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish sanaladi.

    • “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, huquqiy- me’yoriy hujjatlarda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish;


    • O‘qituvchilarda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik kvalimetriya metodlaridan samarali foydalanish uchun nostandart test topshiriqlarini maqsadga muvofiq tuzish va amalda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;


    O‘qituvchilarni o‘z pedagogik faoliyatini pedagogik kvalimetriya metodlaridan biri mashg‘ulotlarni tahlil qilishga o‘rgatish, tahliliy - tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish;


    Tinglovchilarning metodik bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar:

    “Pedagogik kvalimetriya” kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:


    Tinglovchi:

    -Pedagogik kvalimetriya fani maqsadi va vazifalari, qo‘llaniladigan sohalari, tadqiqot metodlari, pedagogik jarayonni nazorat qilish va baholashda kvalimetriya metodlaridan foydalanishning ahamiyati;


    • Pedagogik jarayonni nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan kvalimetriya metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari;


    • Fan sohalari bo‘yicha test topshiriqlarini tuzish prinstiplari, test topshiriqlarining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga qo‘yiladigan talablar;


    • - Ta’lim-tarbiya jarayonida teskari aloqani amalga oshirish, olingan natijani tahlil qilish, va jarayonning borishiga tegishli o‘zgartirish kiritish haqida bilimlarga ega bo‘lishi;


    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




    Download 462.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi

    Download 462.37 Kb.