• Elektron ma‘lumotlar bozorlari
  • Turizm sohasidagi elektron tijorat
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet136/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva

      • Musiqani onlayn rejimda eshitib, so’ng uni qurilmaga yuklab olish va keyin oflayn rejimda qayta tinglsh;

    Striming servislar bozorining rivojlanishiga bir qancha xodisalar sabab bo’ldi. Birinchidan, raqamli transformatsiya jarayoni xuddi shu innovatsion texnologiyaning paydo bo‘lishiga sabab bo’ldi, ikkinchidan, internetning limitsiz trafigi modelining paydo bo’lishi va uchinchidan, monetizatsya sxemasining o’zgarishi, ya’ni, kontentga alohida to’lovdan pulli qayd qilinish orqali tekin kontentga ega bo’lish sxemasi. Apple korporatsiyasi bu yangi imkoniyatdan darxol foydalanib qoldi va raqamli inqilobni amalga oshirdi: ya’ni u Apple iTunes Store musiqa magazini tashkil qildi va endi insonlar raqamli kontentga pul to‘lashni odat qildilar. Kompaniya servisdan pulli va tekin foydalanish mumkin bo‘lgan Apple Music modelini taklif qildi. Apply Music foydalanuvchiga musiqani iTunes orqali ham, striming rejimida ham elektron katalog orqali ham tinglashga imkon beradi. Shu bilan birga, servis foydalanuvchilarga onlayn radio Beats 1 ni ham tinlash imkoniyatili yaratadi. Musiqa bozoridagi boshqa kompaniyalar safiga Spotify, Zvooq, Google Play Music, Yandex.Muzika va Deezer larni kiritish mumkin. Musiqa xizmatlari bozoridagi eng muvaffaqiyatli model Music-on-Demand hisoblanadi. Bunda iste’molchi oylik to’lov shartlarida tizimda qayd qilinganidan so’ng, o’ziga kerakli bacha musiqalarni tanlaydi va shulargagina haq to’laydi.
      1. Elektron ma‘lumotlar bozorlari

    Endi elektron ko’rinishdagi ma’lumotlar bozoridagi elektron tijoratning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Internetdagi informatsiyon hizmatlar ma’lumot manba’lariga bog’liq ravishda turlarga bo’linadi:

      • Ma’lumotning ifodalanish tili bo’yicha – qaysi tildagi ma’lumot ma’nosida;

      • Tarmoqqa ta’alluqliligi bo’yicha – information hizmatlar qaysi xududda yoki qaysi mamlakatda ko’rsatilayapti;

      • Ma’lumotning ifodalanish usullari bo’yicha - web-sahifalar, fayl serverlari yoki information portallar.

    Kontent (mazmuni) bo’yicha esa elektron ma’lumotlar quydagi asosiy turlarga bo’linishlari mumkin:

    • Ommaviy iste’mol uchun (ommaviy bozor uchun) mo’ljallangan ma’lumotlar – information agentliklar, yangiliklar portallari, ma’lumotnoma servislari, ob-havo bashorati, xuzuqiy ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalari;

    • Moliyaviy, birja, statistik va biznesga oid ma’lumotlar, yangiliklar, bozor haqidagi ma’lumotlar, jahon OAV daydjestlari va turli biznes jurnallaridagi ma’lumotlar;

    • Ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar – universitetlar va ta’lim muassasalari saytlari, ilmiy jurnallargagi ma’lumotlar, ta’lim protallari va onlayn ta’limga oid ma’lumotlar.

    Zamona zayliga mos ravishda, ishbilarmonlikka oid yangiliklar yetkazib beruvchilar keyingi yillarda o’quvchilar va elektron hizmatlar iste’molschilari bilan muloqotni asosan elektron usulda olib bormoqdalar. Bunga ayniqsa o’quvchi yoshlar juda o’rganib qolib, qog’oz ko’rinishidagi ma’lumotlardan minimal miqdorda foydalanmoqdalar. Ushbu tendentsiya keyinchalik ham yanada kuchayib borishi kutilmoqda.
    Quyida elektron ko’rinishdagi ma’lumotlarning aylanishiga bir misol sifatida umumiy ovqatlanish sohasidagi elektron tijoratda elektron ma’lumotarning qanday ishlatilishini ko’rib chiqamiz. Hozirda ushbu sohadagi rivojlanishning asosiy tendentsiyasi restoranlardan ovqatlarni xo’randalarga onlayn usulda yetkazib berish bo’lib qoldi. Bunday hizmat turini restoran va kafelarning o’zlari jam va faqat shu ish bilan shug’ullanishga mutaxassislashgan kompaniyalar ham amalga oshira oladilar. AddVenture kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra, Rossiyada ushbu hizmat turi bozorining hajmi hozirgikunda (2018) $1,8 milliard dollar atrofida ekan va bu bozor asosan Moskva va Sankt-Peterburgga o’xshash katta shaxarlarda mavjud ekan. Halqaro bozorda esa ovqatlarni onlayn yetkazib berish bilan FoodPanda, Lieferheld, Lieferando.de, GrubHub va JustEat kompaniyalari shug’ullanadilar. Ovqatlarni onayn yetkazib berish bilan shug’ullanadigan
    kompaniyalarining biznes-modellari quyidagiga asoslangan: Agregator- kompaniyalar barcha hamkor restoranlar to’g’risidagi kerakli ma’lumotlarni, shu jumladan, menyu, baholar, yetkazib berish shartlarini xo’randalarga intenet orqali taqdim etadilar (https://vc.ru/p/deliveryclub-50). Agregatorlarni ko’rsatgan narxlari restoranlarning portallarida keltirilgan narxlar bilan bir xil bo’lishi kerak. Agregator-kompaniya xar bir operatsiyadan oldindan kelishilgan miqdordagi daromad oladi. Bunday modeldan foydalanilganda biznesning barcha ishtirokchilari o’z ulushlarini oladilar, ya’ni, agregator masshtab (ko’lamlilik) effektidan daromad oladi, restoranlar iste’molchilar soni k’paygani tufayli daromad oladi, xo’randalar esa sifatli va qulay servisdan foydalanadilar. Keyingi yillarga ovqatni 10-15 daqiqada yetlazib berish servisi ham yo’lga qo’yildi. Bunga misol bo’lib, UberEATS ni keltirishimiz mumkin. Ko’rib chiqilayotgan bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tanlangan bozordagi iste’molchi- xo’randalarning xoxish-istaklarini, qaerda va qanday ovqatlarni xush ko’rishlarini yaxshilab o’rganish kerak bo’ladi. Masalan, Moskvada sushi zakaz qilishi yaxshi ko’rishsa, Peterbergda pitstsani ma’qul ko’rishdai, Senegalda esa muzqaymoqni afzal ko’rishsa, Malayziyada Starbucks kofesini, Qozogstonda frantsuz bulochkalarini, Toshkentda esa oshni ko‘proq zakaz qilishadi. Ovqat zakaq qilish ba’zi mamlakatlarda onlayn amalga oshirilsa, boshqalarida call-markazlar vositasida qilinadi. Biznes tashkil qilishda shularni ham hisobga olish kerak bo‘ladi, albatta.
      1. Turizm sohasidagi elektron tijorat

    Endi barcha uchun birday qiziqarli bo‘lgan va yurtimizda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan turizm sohasida (on-line travel) elektron tijoratni boshqarishni ko’rib chiqamiz. Turizm sohasi barcha boshqa sohalar singari mijozga yana ham yaqinroq bo’lish uchun onlaynda ishlash zarurligini tezda tushunib yetdi va bir qancha onlayn hizmatlarni yo’lga qo‘ydi (on-oline travel services), shu jumladan:

    • Avia, temir yo’l, avtobus va avtomobil marshrutlari bo’yicha biletlarni

    onlayn usulda zakaz qilish va sotib olish;

    • Turizm bo’yicha onlayn maslahat berish hizmatlari;

    • Avtomobillarni onlayn ijaraga berish hizmati;

    • Sayohatlarga, mahsus turlarga va ko’rgazmalarga zakazlar berish va ularni sotib olish bo’yicha hizmatlar;

    • Biletlarning, turlarning va turli xildagi sayoxatlarning kal’kulyatsiyasini elektron usulda taqdim qilishning onlayn servislari;

    • Onlayn usulda mehmonxonalarni zakaz qilish xizmatlari;

    • Shaxarlar, muzeylar va ko’rgazmalarag virtual sayohatlar uyushtirsh servislari va boshqalar.

    On-layn travel bilan bog’liq bo’lgan hizmatlar turlariga turistik marshrutlar bo’yicha ma’lumotlar beradigan, daryo, dengiz va okeandagi kruizlar taklif qiladigan, turistlar boradigan joylardagi ob-havo sharoitlarini aytib beradigan, mehmonxonalardagi sharoitar haqida ma’lumotlar beradigan, restoranlardagi ahvolni tushuntirib beradigan kompaniyalarning hizmatlarini kiritishimiz mumkin. Misol sifatida Cruise Specialists, TripAdvisor, VacationsToGo.com larni keltirishimiz mumkin. Ushbu on-line travel bozorida biznes yuritishning quyidagi bir qancha usullari mavjud:

    • Onlayn plyus offlayn biznes turi – bunda turistik kompaniyalar turistik hizmatarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’z oflayn bizneslariga elektron tijoratnig bir qator elementlarini qo’shib qo’yadilar, shu jumladan, shunga mos bo’lgan internet-magazin tashkil qilishlari yoki onlayn maslahatlar berishlari mumkin;

    • To’liq onlayn biznes turi–ushbu turdagi biznesni internet tarmog’ida bemalol ishlay oladigan kompaniyalar tashkil qila oladilar. Bularga misol qilib mexmonxonalarni bron qiladigan, biletlar sotadigan, mobil ilovalar bilan shug’ullanadigan agregatorlarni keltirish mumkin.

    Turistik xizmatlar bozoridagi elektron sotuv kanallarining ahamiyati shundan iboratki, kompaniyalar bu kanallarda 365/7/24 soat qolishlari va unda faol ishlashlari mumkin. On-line travel bozoridagi eng keng tarqalgan monetizatsiya sxemalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

    • O’z sayohat turlarini sotishdan keladigan daromadlar;

    • Biletlar sotishdan keladigan daromad;

    • Elektron biletlarni qayta ishlashdan keladigan aniq miqdorlardagi daromad;

    • Turoperator va iste’molchi orasidagi kelishuvga yordam berganlik tufayli keloshuv summasinig ma’lum bir qismi sifatida keladigan daromad;

    • Reklamadan keladigan daromad.


    Download 2,85 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.