|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 142/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Raqobatchilar o’z saytlarini qanday qilib ommalashtiradilar;
Reklamada qanday matnlardan foydalanadilar;
Usability qanday darajada;
Ilovalar (linklar) bo’yicha almashinuv qanday amalga oshiriladi;
Saytni ommalashtirish uchun raqobatchilar qanday marketing byudjetidan foydalanadilar.
Shuni ham alonida ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda sayt nafaqat kompaniyaning visit kartochkasi, balki u savdo vitrinasi, marketing elementi, mahsulot yoki hizmatning taqdimoti hamda kompaniyaning kelajak muvaffaqiyati, daromadi va obrusining asosidir. Sayt pul ishlay olishi uchun uni yaxshilar reklama qila olish kerakdir. Bunda asosiy vazifalar - iloji boricha ko‘proq insonlarni saytga jalb qilish, ularni qiziqtirish hamda ushlab qolish va tranzaktsiyalar bo‘yicha yuqori darajadagi konversiyani ta’minlab berish. Saytning ommaviyligini oshirish uchun quyidagi tavsiyalardan foydalnish kerak bo’ladi:
Saytning qancha ko’p sahifasi indekslashgan bo’lsa, saytdagi qidiruv trafigi ham shunchalik ko’p bo‘ladi. Chunki indeksatsiya foydalanuvchilarga sayt sahifalarini ko’rish imkonini beradi. Indeksatsiyani oshirish uchun saytni axtaruv tizimlari kataloglarida registratsiya qilish kerak.
Saytda ilovalar joylashtirish va yuqori indeksatsiyani ta’minlab beradigan internet resurslarga o’tishni ta’minlab berish juda yaxshi konversiyani ta’minlaydi va indeksatsiyani ancha oshiradi. Bu usulni amalda „ilovalar almashinish“ deb atashadi. Ammo bunda saytda boshqa internet resurslarga o’tishni amalga oshiradigan juda ko’p havolalarni joylashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu holda saytga tashrif buyurganlar boshqa begona internet resurslarga o’tib ketadilar.
Bannerlarni va pulli ilovalarni ommabop elaktron resurslarda joylashtirish konversiyani ancha oshiradi;
Yaxshi o’ylab tanlangan snippetlarga ilovalar ham saytga kiruvchilar sonini oshiradi (snippet – sayt sahifasi matnining qidiruv talabi amalga oshiriladigan qismi, u qidiruv natijalarida ko’rsatiladi);
Saytning yuqori darajadagi unikal va qiziqarli kontentini saytning boshqa qismlariga bo’lgan faol giperilovalar (maqolalarga, taqrizlarga, komentariylar, hisobotlarga kabilar) bilan to’ldirish va uni boshqa resurslarda ham joylashtirish.
Sayt matnini unikalliligini tekshirish mahsus elektron resurslar yordamida amalga oshrilishi mumkin, shu jumladan, Advego Plagiats yordamida. Kontentlarning ommabop birjalari sifatida TextSale.ru, Etxt.ru, Advego.ru, ContentMonster.ru larni ko’rsatish mumkin.
Saytning yoki saytning alohida sahifasi firmenniy belgisi - Favikonni yaratish va uni brauzer qatorida URL dan oldin joylashtirish;
Web-saytni barcha reklama ma’lumotlarida, barcha jo’natmalarda, suvenirlarda va chop etilgan materiallarda ko’rsatish ham yaxshi natijaga olib keladi;
Sayt haqidagi ma’lumotlarning statistikasini asosiy metrikalar bo’yicha yig;ish va tahlil qilish.
Saytning ommaviyligini oshrish uchun eng mauhim shartlardan biri – ko’rsatilayotgan elektron hizmatlarning sifati yuqori darajada bo’lishi kerakligidir. Saytning yana bir xususiyatlaridan biri undan foydslanish oson bo‘lishiligidir (usability). Eng asosiysi – resursga kirishning oddiyligi, qulayligi va tezkorligidir. Bu borada „Sakkiz soniya qoidasi“ mavjuddir. Uning mohiyati shundan iboratki, agarda saytga kiruvchi sakkiz soniya davomida saytdan kerakli ma’lumotlarni topa olmasa, u xolda bu mijoz kompaniya uchun yo’qotilgan hisoblanadi.
|
| |