-MAVZU. RAQOBAT KUCHLARI NAZARIYASI




Download 1,05 Mb.
bet9/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

3-MAVZU. RAQOBAT KUCHLARI NAZARIYASI




Reja:

    1. Raqobatning besh kuch nazariyasi.

    2. Kompaniyada SWOT anapiz o’tkazish

    3. Yangi raqobatchilarning paydo bo’lish xavfi

    4. O’rinbosar tovarlarning paydo bo’lishi

    5. “MsKinseu 7S” taxlil modeli.



Tayanch so`z va iboralar: M. Porterning (1947), raqobat besh kuchi modeli, raqobat 5 kuchi nazariyasining oltin qoidasi. Porter nazariyasi, strategik boshqarish, marketing, kengaytirilgan raqobat taxdili, bozor taxlili, raqobatlashuvchi sotuvchilar, savdo qobiliyatlari, xaridorlarning iqgisodiy imkoniyatlari, savdo qobiliyatlari, tarmoqqa kirish to’siqlari, xaridorlarning bozordagi xukmronligi.. o’rinbosar tovarlar, SWOT analiz, kuchlilik, zaiflik, , imkoniyat, taxdidlar. samaradorlik darajasi, firma
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2.

CHunki u ishlab chiqarishning kontsetratsiyalashuvi, firmalarning yiriklashuvi, ularning monopolga aylanishi bog’liq Maykl Porterning raqobat ustunligi nazariyasi. 1991 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter o’zining “Mamlakatlarning raqobat ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi. Ushbu tadqiqotda xalqaro savdo muammolariga umuman yangicha yondashuv ishlab chiqilgan. Bu yondashuvning shartlaridan biri: “Xalqaro bozorda mamlakatlar emas, firmalar raqobatlashadi. Bu jarayonda mamlakatning o’rnini aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini qanday yaratishi va uni qanday óshlab turishini tushunish talab etiladi” degan tezisdir. Tashqi bozordagi muvaffaqiyat to’g’ri tanlangan raqobat strategiyasiga bog’liq bo’ladi. Raqobat ustunligi strategiyasi. M. Porterning fikricha, raqobatning asosiy birligi - bu tarmoqdir, ya’ni tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi va o’zaro raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Tarmoqda firma uchun


raqobat strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta’sir etadi:

  1. Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi, ya’ni raqobatning o’ziga xosliklari. Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta’sir qiladi:

  • yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi;

  • o’rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo’lishi;

  • yetkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati;

  • xaridorlarning savdolashish qobiliyati;

  • mavjud bo’lgan raqobatchilarning o’zaro raqobati.

Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. CHunki, u bahoga, harajatga, kapital quyilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi.

  1. Firmaning tarmoqda tutgan o’rni. Firmaning tarmoqdagi o’rni, avvalo, raqobat ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo’lsa, u o’z raqiblarini ortda qoldiradi:

-Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara olish va sota olish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar;
-Tovarlar differentsiyatsiyasi, ya’ni firmaning iste’molchi ehtiyojini qondira olish qobiliyati.
Firmaning tarmoqda tutgan o’rniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil - bu firmaning o’z tarmog’i doirasida mo’ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o’zi uchun necha turdagi tovarlarni chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat ko’rsatishini, dunyoning qaysi joylarida o’z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Xalqaro raqobatning xususiyatlari. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga ham taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba’zi bir o’ziga xos hususiyatlarga ham ega.
M. Porter mavjud raqobatning o’ziga xosligiga ko’ra ikki turdagi tarmoqlarni ajratadi:

  1. Ko’pmilliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun aloxida mamlakatlarda raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo’llash mumkin emas. Misol uchun, jamg’arma banklari.

  2. Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar dunyo bo’yicha yagona raqobat maydoniga ega bo’ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini emas, balki global raqobat usutunligini yaratish kerak bo’ladi.

M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan foydalanishning ikki usulini ajratadi:

  1. faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya’ni o’ziga xos hususiyatlaridan foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko’rinishlarini joylashtirish.

Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:
-omillarning minimal qiymati;
-ITTKI ni o’tkazish uchun zarur øaroitlarning mavjudligi;
-maxsus êo’íikmalarning mavjudligi;
-mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.

  1. filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o’z ichiga

-ma’lumot almashinuvini;
-javobgarlikni taqsimlashni;
-xatti-harakatlarni kelishishni oladi.
Raqobat ustunligining determinantlari. Har bir tarmoq doimo yangilanib va zamonaviylashtirib ko’riladi. Bu jarayonni rag’batlantirishda asoslanuvchi mamlakat muhim o’rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va texnologiya strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo’lgan ishchi kuchi mavjud mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni shakllantiruvchi to’rt
hususiyatni ko’rsatdi, bunda xalqaro muvaffaqiyatga ta’sir qiladigan mahalliy firmalar raqobatlashadi.
SWOT analiz va uning korxonalar faoliyatidagi roli.
Hozirgi kunda jahon miqyosida amal qilayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini uzoqni mo’ljallangan holda amalga oshirishini taqoza qilmoqda. Ma’lumki bozor iqtisodiyoti tizimini to’rtta dastak - talab , taklif, narx va raqobat tartibga solib turadi. Har bir korxona o’z mahsulotining hayotiyligini oshirish uchun ushbu to’rtta dastakni qo’llagan holda o’rganishi juda katta ahamiyat kasb etadi . Bu borada korxonalarda marketing hamga boshqaruv tizimi qay tarzda yo’lga qo’yilganligi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu omillarni o’rganishda va tahlil qilishda korxonalarda marketing faoliyati va tahlil usullaridan biri SWOT analiz usulidan keng foydalaniladi. SWOT analiz tahlil usuli birinchi marta 1960- yilda AQSHning Stenford Universiteti iqtisodchi olimi Albert Humphrey tomonidan yaratilgan.
SWOT analiz - bu korxonalarning kuchli (Strengths) va kuchsiz (Weakness) tomonlarini aniqlaydigan , shuningdek bozor imkoniyatlari (Opportunities) va xatarlari (Threats) ni o’rganadigan yoki boshqacha qilib aytganda, korxonaning ichki (Strengths or Weakness) va tashqi (Opportunities or Threats) omillarini hisobga olgan holda mahsulot turlarini raqobatga bardoshligini baholaydigan tahlil usulidir. Ushbu usul ayrim manbalarda matritsa

usul deb ham nomlanadi, chunki tahlil chizmasi ko’rinishi 2x2 ko’rinishdagi matritsani eslatadi. (1-rasm).
Korxonaning kuchli tomonlari (Strengths of enterprise) - bu korxonaning bozordagi
boshqa raqobatdosh korxonalarga nisbatan ustun tomonlari yoki kelajakda korxona uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish omillarini hisobga oluvchi jadval ko’rsatkichidir.
Korxonaning kuchli tomonlariga quyidagi omillarni kiritish mumkin: katta ilmiy texnik-tajribalar , zamonaviy texnologiyalar xodimlarning yuqori malakasi , yuqori sifatli mahsulotlar , brendning mashhurligi va boshqalar.
OT ANALYSIS


Download 1,05 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU. RAQOBAT KUCHLARI NAZARIYASI

Download 1,05 Mb.