|
Mamuriy buyruqbozlik va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv tamoyillari
|
bet | 10/16 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 43,03 Kb. | | #265468 |
Bog'liq 5aefe48ada324 Mamuriy buyruqbozlik va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv tamoyillari.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida boshqarish tamoyillari asosan antidemakratik hususiyatga ega bolib, markazlashgan iqtisodiy muhitning negizini tashkil etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillari:
Byurokratik markazlashuv. Boshqarish ob'ektiga nisbatan bo’lgan munosabat qat'iy darajada buyruqlashgan. Bu tamoyil demokratiyaga o’ta yetdir.
Nomenklatura. Lavozimlarga faqat yuqori tashkilotlar tomonidan kat'iy ravishda oldindan ruyhatga kiritilgan kishilar tayinlanadi. Aynan shu tartib shaxsga sig’inishni vujudga keltirishi mumkin.
O’ziga-o’zi hizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo’yish. Garchi sotsializm - inson manfaatlarini himoya qilish, uning farovonligini oshirishga yonaltirilgan shior bilan g’urullangan bolsada, aslida bu tuzumning qonun- qoidalari, tamoyillari amaldorlarning manfaatlari uchun hizmat qiladi.
Demakratiyani tan olmaslik. Demakratiyani tan olish degan so’z boshqaruv tizimi uchun hokimiyatni yo’qotish bilan barobar edi. Ma'muriy- buyruqbozlik tizimi uchun demakratiya bu "tabiiy dushman"
Buyruqbozlik. Faqat shundagina kuch ishlatish, qo’pol ravishda majburlash kabilar o’z ijrosini topishi mumkin. Tezkor tashkiliy xulosalarni yasash, daxshatli qarorlar chiqarish kabilar buyruqbozlikning o’ta ayovsiz ko’rinishlaridir.
Rasmiyatchilik. Rasmiyatchilik qog’ozbozlikni "ota"si, tora-chilik tamoyilidir. Har qanday qo’llanmani pesh qilib, uning o’rtaasida qonuniy narsalarni tan olmaslik, munosabatlarda rasmiyatchilik bilan yendashish bu tamoyilning bo’sh maqsadi bolib hisoblanadi.
Mahdudlik. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi o’zining sir-asrorlarini yashirishga, mahfiy tutishga harakat qiladi. To’ralarni oshkorlik va demakratiyaning hujumidan aynan shu mahdudlik himoya qiladi, mahfiy ma'lumotlarga yetib borishga halaqit beruvchi qalqon vazifasini bajaradi.
Konservatizm. Yangilikka nisbatan ayevsiz tamoyil. Garchi biror-bir yangilik yeki bu faoliyatni yaxshilashga olib kelishini bilsada, bu yangilikni iloji boricha kechiktirib yoki chala-chulpa joriy qilishga tarafdor.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi hukm surgan iqtisodiyotda boshqaruv markazlashgan holda tashkil etiladi va demakratik hususiyatga ega bo’lgan elementlarni inkor etiladi. Rasmiyatchilik bunday tizimning asosiy unsuri hisoblanib, uning o’rtasida qonuniy narsalarni tan o’lmaslik odatiy holatga aylanadi. Ta'kidlash kerakki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimida iqtisodiyotning rivojlanishi ko’proq salbiy tomonga o’tadi. Chunki davlatlashtirilgan tizimda mulk faqat davlatniki hisoblanib, uning egasi davlatning o’zidir.
Bunday tizim sharoitidagi boshqarish tamoyillari tarkibida mavjud bo’lgan menejmentning umumiy tamoyillaridan hisoblangan ierarxiya tamoyiliga ham asoslanadi. Birpq, bunda boshqaruv bo’g’inlari kopayib ketib, boshqaruv jarayeni chigallashadi va boshqaruv samarasiz amalga oshiriladi.
|
| |