• Frederika Uinsloy Teylor tamoyillari (1865-1915).
  • Garrington Emerson tamoyillari (1853-1931)




    Download 43,03 Kb.
    bet8/16
    Sana24.06.2024
    Hajmi43,03 Kb.
    #265468
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    5aefe48ada324

    Garrington Emerson tamoyillari (1853-1931).


    G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha yirik mutahassislardan bolib, u bosharish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, tizimli (sistemali) tartibini ishlab chiqqan. Bu haqidagi fikrlar uning "Mehnat unumdorligining 12 tamoyili" nomli asarida yeritilgan.
    G.Emersonning boshqarish tamoyillari

    1. Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar.

    2. Oqil sog’lom fikr.

    3. Jozibali, e'tiborli mahsulot.

    4. Intizom.

    5. Hodimga nisbatan adolatli bolish.




    1. Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam hisob-kitob.

    2. Dispetcherlash.

    3. Me'yorlar va jadvallar.

    4. Sharoit bilan ta'minlash.

    5. Operaziyalarni me'yerlash.

    6. Standart yo’riqnomalarni tayyorlash.

    7. Unumdorlikni rag’batlantirish.

    G.Emersonning ilmiy boshqaruv tamoyillari mohiyatiga ko’ra yuqoridagi kabi ketma-ketlikda bayen qilingan. Ko’rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat- e'tiborida, eng avvalo ikki, ya'ni aniq qo’yilgan maqsad va g’oya, shuningdek oqilona fikr turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini organb, ishchiga beriladigan ish hajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi. Bunda masalan, nisbiy ish haqining mahsus tizimi oqilona fikr asosida yollanilib, unga ko’ra berilagn normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar , uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 foiz pasaytirilib, jarima solingan. Shu Bilan birga berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan.


    Frederika Uinsloy Teylor tamoyillari (1865-1915).


    XIX asrning ohiri va XX asrning boshlarida Amerikada "Ilmiy menejment" maktabi shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya'ni "Boshqaruvning mumtoz maktabi" deb ham yuritilgan. Amerikalik muhandis va ihtirochi F.U.Teylor bu maktabning asoschisi sifatida tanilgan. Keyinchalik uning nazariyasi "Teylorizm" deb nom olgan. F.U.Teylor yaratgan tizim esa ishchilarning "siqib suvini olish"ning ilmiy tizimi deb atalgan. F.Teylor ta'limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda qayatada samarador va maqbul usullarni izlashdir.
    Frederika Uinsloy Teylorning boshqaruv tamoyillari:



    1. Mehnatning har bir jarayoni, uning ko’lami va ketma-ketligi aniq-puxta ixtisoslashtirilishi shart.

    2. Har bir mehnat turi qat'iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim.




    1. Har bir mehnat jarayeni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysundirilgan bolishi kerak.

    2. Yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi kerak.

    3. Boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas'uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to’g’ri taqsimlash shart.

    F.Teylor mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (11%)ga o’sishiga olib kelgan. Ayniqsa, qo’llagan haronometraj usuli diqqatga sazovordir. F.Teylor nazariyasiga ko’ra rahbar va mutahassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga hos bo’lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shahsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi.
    F.Teylor boshqarishni aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda “arzon usulda bajarish san'ati" deb baholagan. Shunday qilib, F.Teylor yaratgan Boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning bir qator mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko’rinishida rivojlanib bordi.

    Download 43,03 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 43,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Garrington Emerson tamoyillari (1853-1931)

    Download 43,03 Kb.