• *Indeksli-ketma-ket, indeksli boshqarishdan farqi berilganlar davomi ko’rsatilgan joydan bir emas balki bir nechta berilganlar birligidan iborat ketma-ketlik ko’rinishda beriladi.
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jdpi matema operatsion sistema Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilish tarixiga nazar solsak




    Download 103.62 Kb.
    bet14/24
    Sana16.10.2023
    Hajmi103.62 Kb.
    #87885
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
    Bog'liq
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi j-www.hozir.org
    12, Киберпреступность, Kompyuter tarmoqlari o\'quv amaliyotishchi dastur, 1 2 sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini takomillashtirish , 88 (9), sirtqi topshiriq, Sirtqi amaliyot topshiriq, A. N. Leontivning faoliyat nazariyasi” mavzusida tayyorlagan, 9-sinf-informatika-testlar-2, 10-sinf-informatika-testlar, 1. Э.М.Ремарка-WPS Office, Moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslari., Statistik ko‘rsatkichlar, Umumdavlat nazorat organlari va ularning moliyaviy nazoratni tashkil etishi.
    Berilganlarni saqlanishi:

    *Ketma-ket, agar foydalaniladigan berilganlar xoirada ketma-ket joylashgan bo’lsa, u holda xotiraning navbatdagi manzilidan berilganlarni olish uchun har safar keyingi manzil qidirilmasdan kerakli berilganlar ketma-ket tanlab olinadi.

    *Indeksli, berilganlarning navbatdagi qismi tugagandan so’ng o’zining davomi qayerda joylashganligi xaqidagi malumot bevosita berilganlardan keyin joylashgan bo’ladi bu ma’lumot tahlil qilinib, berilganlarning ko’rsatilgan joydan boshlab talqin qilinadi.

    *Indeksli-ketma-ket, indeksli boshqarishdan farqi berilganlar davomi ko’rsatilgan joydan bir emas balki bir nechta berilganlar birligidan iborat ketma-ketlik ko’rinishda beriladi.

    Himoya. OC da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bo’lishi kerak. Himoyalanish OC tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturidan va foydalanuvchining biron-bir harakatidan bo’ladi. Har qanday OC o’z tarkibiga kirgan dasturlarni himoyalashi ko’zda tutilgan bo’ladi. Biroq, bu himoyalanish buzilishi mumkin,buzilish, odatda, tashqi aralashuv natijasida ro’y beradi. Shu sababli OC tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman ta’qiqlab qo’yilgan. Albatta, bunday ta’qiqni malakali foydalanuvchi “aylanib” o’tishi mumkin, biroq bunday usul tavsiya qilinmaydi.

    Effektiv joylashtirish. Berilganlarni qay tartibda joylashtirish sistemasini mukammal ishlashiga omil bo’ladi. Berilganlar pog’ona – pog’ona joylashtiriladi. Bunda ko’p ishlatiladigan berilganlar oldingi “fon”da, kamroq ishlatiladiganlar esa keyingi bo’limlarda joylashtiriladi. Albatta, joylashtirishda ikkita berilganlar majmuasi o’rtasida bo’sh joylar qoldirmaslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida bo’sh joy hosil bo’lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu berilganlarning saqlanishining ichki tuzulishidan kelib chiqadi. OC berilganlarni effektiv joylashtirishi uchun shunga o’xshash holatlarni hisobga olgan holda joylashtiradi.

    Kompyuter bilan muloqot. OC ning ayrim resurslarida kompyuter bilan muloqot ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi ham o’z dasturiga muloqotni kiritishi mumkin. Muloqot tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi bo’lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bo’lganda, sistema hosil bo’lgan holatdan boshqa holatga o’tish yo’lini foydalanuvchi tavsiyaga asosan bajaradi. Bunday holatlar rejali yoki rejasiz bo’lishi mumkin. Rejali holat sistemada ko’zda tutilgan bo’lib foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi. Rejada ko’zda tutilmagan muloqotda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni “bilmaydi” va “tupik” holat vujudga kelishi ham mumkin. (Masalan, foydalanuvchi dasturi sistemada mavjud bo’lmagan resurni talab qilishi). Muloqot tashabbuskori foydalanuvchi bo’lganda, sistema kutish holatiga o’tadi va foydalanuvchining buyrug’iga asosan ishni davom ettiradi. (Masalan, sistema xizmat qilayotgan dasturni vaqtincha yoki umuman to’xtatish).

    Kompyuterning ishonchliligini ta’minlash. Kompyuterning qurilmalari normal ishlashi uchun ma’lum shart – sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr manbai parametrlari, tashqi muhit temiraturasi va boshqalardir. Bu shart – sharoitlardan chetga chiqish kompyuter apparaturasida uzilishga yoki noto’g’ri ishlashiga olib keladi. OC da apparatura noto’g’ri ishlashi natijasida paydo bo’ladigan xatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bo’lib, zaruriyat tug’ilganda sistema tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bo’lgan xatolikka ishlov beradi. Bundan tashqari, dasturiy resurslar noto’g’ri ishlashi natijasida xatolik vujudga keladi. Bu vaziyatda ishlatilayotgan dasturning to’g’ri yoki noto’g’ri ishlatilayotganligini aniqlash uchun turli uslublardan foydalaniladi. Bunday uslublardan biri quyidagicha. OC tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va bu dastur berilganlarga ishlov berishdan avval va ishlov bergandan so’ng tekshiriladi. Shu dastur kodlari yig’indisi tekshiriladi, agarda hosil bo’lgan kod avvaldan shu dastur uchun aniqlanga kodga teng bo’lsa, u holda dastur to’g’ri ishlaydi yoki ishlagan dbe talqin qilinadi. Odatda, OC tarkibiga kirgan barcha dasturlar uchun yagona kod tanlanadi, masalan barcha bitlar nolga tenglab olinadi. Buning uchun dasturning oxirgi buyrug’idan keyin nol kodiga to’ldiruvchi bo’lgan kod tanlanadi va bu kodni dastur kodlari bilan yig’indisi nol kodini beradi. Shu bilan dastur ishi natijasining ishonchliligiga erishiladi, chunki dasturdagi bitta bitning qiymati o’zgarishi dastur uchun aniqlangan kontrol yig’indida boshqa kod hosil qiladi. Bu holatlarni aniqlash va uni tahlil qilish uchun OC tarkibiga maxsus dasturlar kiritiladi.

    Topshiriqni boshqrish tili. Kompyuterda bajarilishi kerak bo’lgan topshiriq avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi aniqlagan parametrlar yordamida bajariladi. Jarayonni boshqarish uchun OC ga boshqarish tili kiritiladi va topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan resurslar aniqlanadi. Odatda, agar topshiriqni boshqarish tilida ma’lum resurslar qayd etilmasa, unda sistema uchun qabul qilingan parametrlar olinadi. Topshiriqni boshqarish tili hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarida sistemani tashkil qilinayotgan paytda tanlab olinadi. Parametrlarni tanlab olish foydalanuvchining talab va ehtiyojiga qarab amalga oshiriladi. Har bir sistemani qo’shimcha dasturlar bilan boyitish har doim ham yaxshi natijaga olib kelmaydi. Masalan, funksional jihatdan bir vaqtning o’zida bir necha dasturning sistemada saqlanishi sistema uchun kerakli dasturning qilirilishiga ko’p vaqt va qo’shimcha xotira sarflanishiga olib keladi. Shu kabi sistema uchun bevosita zarur bo’lmagan dasturning saqlanishi ham shu natijaga olib keladi. Dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchi uchun topshiriqni boshqarish tilini tahlil qilish va unga o’zgarishlar kiritish tavsiya qilinmaydi.

    Resurslar taqsimoti. Avval aytganimizdek, resurslar fizik va dasturiy bo’ladi. OC yordamida resurslar shunday taqsimlanadiki natijada bajarilayotgan topshiriqlar ma’lium ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Topshiriqlar tili yordamida foydalanuvchining dasturiy normal ishlashini ta’minlaydigan resurslar aktiv holatga chiqariladi va topshiriq bajarilishiga qarab ular ma’lum ketma – ketlikda bajariladi. Resurslar ishlatilishiga ketma – ketligi boshqarish tili va foydalanuvchi dasturiy yordamida amalga oshiriladi.

    Protsessor vaqti. Topshiriq bajarilishi uchun ketgan umumiy vaqt protsessori va kutish vaqti majmuasidan iborat bo’ladi. Protsessor vaqti bevosita foydalanuvchi dasturiga ishlov bergan vaqt bilan aniqlanadi. Qo’shimcha vaqt bu OC resurslariga murojat va uni bo’shashini kutish, muloqot, protsessorga bog’liq bo’lmagan boshqa resurslarning ishlash vaqtidir. Foydalanuvchi dasturiga ketgan umumiy vaqtga nisbatan protsessor vaqti salmog’I har doim kam bo’ladiShaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilish tarixiga nazar solsak, sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operatsion sistema CP/M – 80 (Controll Programm for Microcomputers, ya’ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanigan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo’lgan.
    16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g’oyasini dasturlar yaratuvchi Microsoft (Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder Bill Geyts ilgari surgan, u IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi.
    Bill Geyts va Pol Allen BASIC dasturlash tili uchun tarjimon dastur yozishdi va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so’ng, 16 razryadli kompyuterlar uchun operatsion sistemalar yaratish jadallashdi va 1981 – yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M operatsion sistemasining ko’p g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan MS DOS (Microsoft Disk Operation system – Maykrosoft diskli operatsion sistemasi) operatsion sistemasi 1981 yil avgust oyida paydo bo’ldi. MS DOS 64 K bayt xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarga mo’ljallangan bo’lib, o’zi 8 K bayt xotirani egallar edi. O’sha paytda yetarli deb hisoblangan bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir “o’yinchoqqa” aylandi. Chunki hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi bir necha Gegabaytlarga tenglashdi.
    Mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom ettirib, uning MS DOS 1.1, MS DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11 versiyalarini taklif etishdi va nihoyat, 1984 yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286 mikroprotsessorga asoslangan, 5.25 dyumli diskavodda ishlashga mo’ljallangan operatsion sistema yaratildi. 1986 yilda Compaq computer firmasi 80386 mikroprotsessorga asoslangan IBM kompyuterini chiqardi.
    IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan PC/2 (Personal system – shaxsiy sistema) kompyuterini yaratdi. Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan kompyuter nazariy jihatdan bir necha Gegabayt xotiraga ega bo’lishi mumkin edi. Shuning uchun MS DOS sistemasini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987 yil MS DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyumli, ya’ni 1,44 mbaytli disklar bilan ishlash imkoniyatini berdi. 1987 yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir necha masalalar yechishga qodir bo’lgan OS/2 operatsion sistemasi ishlab chiqildi. Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o’sha paytda MS DOS 3.3 ning imkoniyatlari ko’pchilikni qoniqtirar edi. Hozirda bizga keng tarqalgan WINDOWS, UNIX, LINUX operatsion sistemalaridan keng foydalanayotgan bo’lsak-da, MS DOS o’z kuchini yo’qotdi deya olmaymiz.
    MS DOS va uning qobiq dasturi hisoblangan Norton Commander sistemalari turli klavishlari kombinatsiyasidan iborat. Buyruqlar bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lishiga qaramay, foydalanuvchilar uchun qulay hisoblanadi.



    Download 103.62 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




    Download 103.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jdpi matema operatsion sistema Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilish tarixiga nazar solsak

    Download 103.62 Kb.