• General
  • Platform symbol
  • Platform unit
  • Environment Options
  • Oliy va O`rta Maxsus ta’lim Vazirligi




    Download 0,59 Mb.
    bet8/13
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #124986
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    X-0

    Minimize on run – dasturni tekshirish uchun ishga tushirilganda, Delphi oynasi pastga olib qo‘yiladi;

    YUqoridagi sozlashlar Delphining barcha proektlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xar bir aktiv proektni aloxida sozlash ham mumkin. Buning uchun Environment Options oynasidan chiqib, Project menyusining Options bo‘limi tanlanadi. Xozircha uning Compiler Messages vkladkasini ko‘rib chiqamiz (1.5-rasm):





    1.5-rasm.




    General bo‘limi ikki punktdan iborat.

      • Show warnings – kompilyasiya jarayonida ogohlantirishlarni ko‘rsatish;

      • Show hints – kompilyasiya davomida xabarlarni chiqarish.

    YUqoridagi ikki punkt odatda belgilangan holatda bo‘ladi. Men Sizga ularni o‘chirib qo‘yishni tavsiya qilmayman. CHunki ikkisi ham ish davomida tez-tez asqotib qolishi mumkin. Pastroqda esa kompilyasiya jarayonida o‘chirib/yoqib qo‘yish foydaliroq bo‘lgan xabarlar ro‘yxati bo‘lib, ular bilan tanishib chiqamiz:

    • Platform symbol (platformaga bog‘liq belgi) – ushbu xabar faqat mazkur platformadagina mavjud bo‘lgan belgi ishlatilganda beriladi. Delphida yozilgan dasturlar Linux operatsion sistemasi uchun Borland Kylix yordamida qayta kompilyasiya qilinishi mumkin. Delphida ishlayotgan vaqtingizda Borland Kylixda mavjud bo‘lmagan belgidan foydalansangiz, ushbu xabar beriladi. Delphida yozilgan dasturlar kamdan-kam xollarda Borland Kylixda qayta kompilyasiya qilinganligi uchun bu xabarni o‘chirib qo‘yish ziyon keltirmaydi;

    • Platform unit (platformaga bog‘liq modul) – bu punkt ham yuqoridagi kabi bo‘lib, farqi belgi emas modul uchun ekanligida xolos;

    • Unsafe type, Unsafe code i Unsafe typecast punktlari Delphi 7 da paydo bo‘lgan bo‘lib, bu xabarlar xatolikka olib keluvchi o‘zgaruvchi, kod yoki yozuvlar kiritilganda beriladi. Katta xajmli dasturlar yozilayotganda bunday xabarlar soni juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Ular orasidan aynan keraklisini qidirib topish oson bo‘lishi uchun bu uch punktning belgilanmagan xolatda bo‘lishi maqsadga muvofiq.

    Endi yana Environment Options oynasiga qaytamiz va Designer vkladkasini faollashtiramiz (1.6-rasm). Bu vkladkada bizni qiziqtirishi extimoli ko‘proq bo‘lgan ikki punkt bor. Ular:
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va O`rta Maxsus ta’lim Vazirligi

    Download 0,59 Mb.