|
Oliy va O`rta Maxsus ta’lim Vazirligi
|
bet | 6/13 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #124986 |
Bog'liq X-0Object Inspector – Ob’ektlar inspektori oynasini ochish/yopish vazifasini bajaradi;
Object TreeView – komponentlar daraxti oynasini ochish/yopish vazifasini bajaradi;
Browser – klass, komponent, modul, ob’ekt, o‘garuvchi va boshqalarning shajarasini ko‘rsatuvchi oynani hosil qiladi. SHajara tushunchasini keyinroq tushuntirib o‘taman;
Code explorer – aktiv formaning kodi yozilgan oynani aktivlashtiradi.
View menyusining asosiy buyruqlari shulardan iborat edi. Endi eng muhim menyulardan biri Project bilan tanishamiz.
Add to project – proektga mavjud fayllarni qo‘shish;
Remove from project – proektdan modulni o‘chirish;
Remove from project – modul shablon sifatida saqlab qo‘yiladi va uning asosida yangi forma yaratish mumkin bo‘ladi;
View source – proektning kodi. Bu kod qandaydir biz yaratgan qandaydir formaning emas, balki aynan proektning dasturlash muhiti tomonidan avtomatik ravishda yaratilgan kod hisoblanadi;
Compile ProektNomi – ProektNomi nomli proektni kompilyasiya qilish. Bu erda ProektNomi so‘zi o‘rnida sizning proektingiz nomi bo‘ladi. Komilyasiya jarayonini tezkor amalga oshirish uchun Ctrl+F9 tugmalaridan foydalanish mumkin;
Build ProektNomi - ProektNomi nomli proektni qayta qurish. Qayta qurishning kompilyasiyadan farqi shundaki, kompilyasiya jarayonida Delphi proektni ishlatish uchun kerak bo‘ladigan maxsus fayllarni yaratib oladi. Navbatdagi kompilyasiyada o‘zgartirish kiritilmagan modullar komplyasiya qilinmaydi, balki avval yaratilgan fayllardan foydalaniladi. Qayta qurishda esa barchasi yangidan kompilyasiya qilinadi va u o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng proekt kompilyasiya qila olmayottgan holda kerak bo‘ladi;
Options – proektning xossalari.
|
| |