|
II. ASOSIY QISM 2.1. Delphi 7 interfeysi bilan tanishish
|
bet | 4/13 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #124986 |
Bog'liq X-0
Delphi 7 dasturini ishga tushirish uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajarish lozim:
Pusk => Vse programmы => Borland Dephi 7 => Dephi 7
1.1-rasm.
Ochilgan oyna asosan 5 qismdan iborat:
Asosiy oyna (Delphi 7 Project1);
Komponentlar daraxti (Object TreeView);
Ob’ektlar inspektori (Object Inspector);
Forma (Form1);
Kod kiritish oynasi (Unit1.pas - bu oyna asosiy forma aktiv holda F12 tugmasini bosish orqali aktivlashtiriladi)
1.2-rasm.
Asosiy oyna. Bu erda menyular satri va komponetlar paneli joylashgan.
Komponentlar daraxti formaning vizual ko‘rinishini yaratish davomida ishlatilgan ob’ektlarning ro‘yxaini daraxt ko‘rinishida beradi.
Ob’ektlar inspektori ob’ektlarni boshqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, ikki vkladkadan iborat:
Properties – xossalar. Bu vkladkada belgilangan ob’ektning xossalari belgilanadi. Ob’ektlar panelning yuqori qismidagi tanlash maydonidan tanlanishi mumkin.
Events – xodisalar. Bu erda belgilangan ob’ektning biror xodisaga nisbatan reaksiyasi belgilanadi.
Forma yaratish oynasida bo‘lajak dasturning ko‘rinishi yaratiladi.
Kod kiritish oynasida buyruqlar kiritiladi.
Menyular satri.
File menyusi.
New – yangi proekt, forma yoki shablon yaratish. Bu buyruq ustida kursor bir oz to‘xtatib turilsa, eng ko‘p ishlatiladigan forma va modullar ro‘yxati berilgan ost menyu ochiladi. Other ost menyusi yaratilishi mumkin bo‘lgan barcha modullar ro‘yxatini beruvchi muloqot oynasini ochadi;
|
| |