Informatika fanlarini o’qitishda innovatsion texnologiyalar va metodlardan




Download 1,71 Mb.
bet3/8
Sana20.12.2023
Hajmi1,71 Mb.
#125205
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Ta’limda innovatsion texnologiyalar
Yakuniy nazoratlar haqida hisobot o\'zim uchun, 395, QATAR 2022, ta-limda-zamonaviy-texnologiyalaridan-foydalanish-usullari
Informatika fanlarini o’qitishda innovatsion texnologiyalar va metodlardan
foydalanish.
Ta’limda innovatsion pedagogik jarayonlarni biz pedagogik yangilik(g‘oya)ni yaratish, idrok etish, o‘zlashtirish, qo‘llash va baholanishi lozim bo‘lgan boshqariluvchi jarayon sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Haqiqatan ham pedagogik faoliyatimizda biror-bir yangilik(g‘oya, metod, usul yoki yondashuv)ni qo‘llamoqchi bo‘lsak, avvalo u yaratilgan bo‘ladi yoki o‘zimiz yaratamiz, keyin uni idrok etamiz, yoki yaxshilab o‘zlashtirib olamiz, undan keyin uni faoliyatimizda qo‘llaymiz-da, uning qanchalik samarali ekanligini baholaymiz. Bugungi kunda juda ko‘p ishlatiladigan pedagogik texnologiyalarni qaraydigan bo‘lsak, ularga [3,2]:

  1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi.

  2. Hamkorlik ta’limi texnologiyalari.

  3. Loyihaviy ta’lim texnologiyalari.

  4. O‘yinli ta’lim texnologiyasi.

  5. Muammoli ta’lim texnologiyasi.

  6. Modulli ta’lim texnologiyasi.

  7. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi.

  8. Integratsiyali ta’lim texnologiyasi.

  9. Interfaol ta’lim texnologiyasi.

  10. Masofali o‘qitish texnologiyalari va h.k.

Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish juda katta sohani qamrab olib uning tarkibiga [4]:

  • asosiy va qo‘shimcha qurilmalari mavjud kompyuter sinflari;

  • internet va tarmoqqa ulangan kompyuterlar;

  • interaktiv doska va multimediali ilovalar;

  • WIFI aloqasi mavjud bo‘lgan elektron o‘quv zallari.

Axborot texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etadigan didaktik ta’minotga:

  • boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar;

  • o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi elektron ta’lim resurslari;

  • elektron o‘quv-metodik majmua va metodik ko‘rsatmalar;

  • elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabi);

  • pedagogik dasturiy vositalar va h.k.kiradi.

Boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar. Bular elektron shakldagi darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatma, ma’ruzalar kursidan tashkil topadi [4].
Elektron o‘quv-metodik majmua va metodik ko‘rsatmalar elektron mashqlar to‘plami, boshqariladigan elektron ta’lim resurslari, gipermatn gipermediya, multimediyali vositalar, virtual obyektlar yoki jarayonlar elektron tajriba, elektron lug‘atdan tashkil topadi.
Nazorat qiluvchi elektron ta’lim resurslariga elektron testlar, elektron topshiriqlar elektron nazorat (testlashtirish)lar kiradi.
Elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabilar). Ta’limni masofali, noan’anaviy shaklda, elektron ta’lim resurslaridan foydalanib tashkil etish uchun bugungi kunda turli-tuman pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ta’lim tizimiga kirib kelmoqda.
Shaxsiy portfolio bu-shaxs haqida to‘plangan dalillarning tizimli yig‘indisi bo‘lib, unda o‘quvchining shaxsiy yutuqlari muntazam aks etib boradi. Portfolio tarkibiga o‘quvchi haqidagi asosiy ma’lumotlar (kelib chiqishi, oilasi, yaqin kishilari), tashakkurnoma, diplomlar, mukofotlari, tadqiqotlarga, loyihalarga ishtiroki, ijodiy ishlari, referatlari, konferensiya maqolalari o‘rin oladi.
O‘quvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga o‘rgatish orqali ularga mehnatga muhabbat, yangi bilimlarni egallashga motivatsiya (ichki hissiyotni uyg‘otish) hosil qilish, o‘z mehnatidan ruhlanish, kelgusi kasbini aniqlab olish imkoniyatlarini beradi.
Mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usuli. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi. Informatika ta’limida muammoli bayon etish usulidan foydalanishda muammoli vaziyat yaratiladi, vaziyatni tahlil qilish asosida muammo qo‘yiladi, turli farazlarni ilgari suriladi, ulardan biri tanlanib, yechim tekshiriladi.
Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limning metodi. Metod (usul) ‒ yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos” ‒ biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir [5, 2].
Ta’lim berish usuli-belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va talabalarning birgalikdagi o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li


1-rasm. Informatika ta’limi metodlari


Informatikadan ta’lim berish maqsadiga erishish uchun o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi ish faoliyatida an’anaviy, noan’anaviy yoki passiv, faol va interfaol usullardan foydalaniladi (1-rasm).


Ta’lim metodlari deganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va talabalar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim. Ta’lim markazida o‘qituvchi turgan, muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim jarayoni an’anaviy (subyekt-obyekt munosabati), ta’lim markazida talaba turgan ta’lim jarayoni noan’anaviy (subyekt-subyekt) ta’lim jarayoni deb yuritiladi.
An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, suhbat, hikoya va hokazolar kirsa, noan’aviy ta’lim metodlariga esa, tabaqalashtirilgan o‘qitish, elektron ta’lim manbalari asosida o‘qitish, muammoli, modulli, masofali o‘qitish, o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish kabilar kiradi [5].
Passiv uslubda “obyekt” sifatida faqat ko‘ruvchi va eshituvchi bo‘lib, asosiy ishtirokchi shaxs o‘qituvchi hisoblanadi.
Faol uslubda o‘quvchi “subyekt” sifatida mustaqil ishlaydi va ijodiy vazifalarni bajaradi.O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri kuchayib, sustlar faollashadi
2 - rasm. Informatikani o’qitishda o’qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri.
Interfaol uslubda o‘zaro faol bo‘lish, ta’sir etish kuchayadi. Bunday ta’limda o‘ituvchi faol boshqaruvchiga aylanib, o‘quvchilarning hamkorlikda o‘qiydilar, o‘rganadilar.
Interfaol inglizcha interact – o‘zaro ta’sirlanish (yoki interaction – o‘zaro ta’sir) so‘zidan olingan bo‘lib, biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro muomalada, o‘zaro bahs-munozara, farqlash asosida, hamjihatlik bilan hal qilinadi. Informatika fanini noan’anaviy o‘qitish metodlari A.A.Abduqodirov, F.Zokirova, M.Mamarajabov, Q.M.Karimov, D.Esonbayeva, M.T.Mihridinovalarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng yoritilib, amalda qo‘llanib kelinmoqda.
Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.
Interfaollik talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtayi nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Eng ommaviy interfaol ta’lim texnologiyalari quyidagilar sanaladi:

  • Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat”, “Assesment”, “FSMU”, “Kubik” va b.

  • Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k.

  • Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar [5,2, 4].


Download 1,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika fanlarini o’qitishda innovatsion texnologiyalar va metodlardan

Download 1,71 Mb.