|
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
|
bet | 155/208 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 14,8 Mb. | | #150505 |
Bog'liq Informatika va AT O\'MTB4 katakni B12 katakka siljitish amalga oshirilganda B4 dan B12 gacha bo’lgan kataklarda B4 ga kiritilgan formula avtomatik nusxalanib hisoblash amalga oshiriladi.
Endi nusxalashni L12 ga qarab olib boramiz. Bunda B4 dan B12 gacha blokka olingan holatda B12 ning o’ng pastki burchagidan sudrab L12 gacha olib boriladi
Biz yuqorida ko’rib o’tgan misolimizda sonning darajalarini hisoblab o’tdik. A4 katakda berilgan 2 sonini B3 katakda berilgan 0 - darajasini B4 katakda =$A4^B$3 formulasi yordamida hisoblab chiqardik. Agarda bizda murojaatdan foydalanish imkoni bo’lmaganda, xar bir sonni xar bir darajasi uchun alohida-alohida formula kiritishimiz kerak bo’lar edi.
Demakki nusxalashning afzalligi hisoblash jarayonini birinchi bajarilgan amalga qarab keyingilarini avtomatik ravishda davom ettiradi va hisoblash jarayonlarini foydalanuvchi uchun osonlashtiradi.
3-MAVZU: Murojaatdan foydalanib karra jadvalini hosil qilish . Boshqa varaq yoki kitobga murojaat.
Reja:
Murojaatdan foydalanib karra jadvalini hosil qilish .
Funksiya grafigini hosil qilish
Boshqa varaq yoki kitobga murojaat
Karra jadvalini hosil qilishda dastlab jadval yaratib olamiz.Yaratilgan jadvalda qator va Ustunlarda joylashgan sonlar Ko’paytmasini hisoblashda aynan shu sonlar joylashgan
Qator va ustunlar kesishgan katakchaga ko’paytmani hisoblash formulasini kiritamiz.
Formula kiritishda ko’payuvchi joylashgan 1- qator va ko’paytuvchi joylashgan A ustunga absalyut murojaatlar amalga oshiriladi.
Eslatma: Bu yerda absalyut murojaat aynan bitta yacheykaga emas, faqat 1- qator va A ustun uchun amalga oshirilyapti, bu holatda 1-qator ustunlariga va A ustun qatorlariga nisbiy murojaat amalga oshiriladi, Umumiy holatda esa bu murojaatlar aralash murojaatni tashkil etadi.
|
| |