|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 39/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishO‘tkir jag‘li omburlar.
Chilangarlik arrasi yordamida har xil qalinlikdagi tunuka va listlarni, polosa va lentalarni, turli xil profildagi prokatlar arralanadi. Arralash yo‘li bilan pazlar, shlisalar ham ochiladi. Dastaki arra dasta va polotnodan, stanokli arra stanok va polotnodan iborat. Arra stanogi quyidagi qismlardan tashkil topgan: dasta, ramka, tortqi vint va quloqli gayka (barashka) Stanok ramasi har xil konstruksiyada tayyorlanadi: yaxlit bir butun va ikki qismdan iborat surilma ramkalik bo‘lishi mumkin. Qulayligi jihatidan surilma ramkalik arralardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki unga har xil uzunlikdagi polotnolarni o‘rnatish mumkin.Arra polotnosining uzunligi 250-300 mm, yeni 12-15 mm, qalinligi 0,6 mm dan 1 mm gacha bo‘lib, ular U10, U10A, U12, U12A markali uglerodli, SHX15, X6VF legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan va R9, R18 markali tez kesar po‘latlardan tayyorlanadi. Polotnolarga qadami 0,8; 1; 1,3; 1,6 mm li tishlar chiqarilgan bo‘lib, ularga polotno qalinligidan 0,2.-0,5 mm ortiqroq qilib chapara chiqariladi. Mis, latun kabi yumshoq va qovushoq metallarni arralashda tish qadami 0,8-1 mm bo‘lgan polotnolardan, qattiqligi yuqori bo‘lgan po‘lat va cho‘yanlarni qadami 1,3 mm li, yumshoq po‘latlarni arralashda qadami 1,6 mm li polotno lardan foydalaniladi. Chilangarlik arralarining tishlari duradgorlikdagi tiluvchi arralarning
tishlariga o‘xshash qiyshiq tishli bo‘lib, polotnoni stanokka o‘rnatishda tishlarni oldinga — tortqi vint tomonga qaratib o‘rnatiladi vatortqi vint yordamida taranglanadi. Polotnoni taranglashda quloqli gayka qo‘l bilan buraladi. Ortiqcha tarang tortilgan, shuningdek, salqi o‘rnatilgan polotno ish vaqtida uzilib yoki tishlari sinib ketishi mumkin. SHuning uchun uni normal holda taranglash kerak. Arra polotnosi arralanadigan materialning o‘lchamiga (uzunligiga) qarab ramka tekisligida yoki ramka tekisligiga tik o‘rnatilishi mumkin. Qisqa materiallarni arralashda polotno ramka tekisligida o‘rnatilib, uzun o‘lchamdagilarini arralashda yesa 90° ga burib o‘rnatiladi. Stanokka yangi polotno o‘rnatish yoki polotnoning holatini o‘zgartishda quloqli gayka bo‘shatilib, dasta va tortqi vintdagi shtiftlar olinib (ular qisqa o‘lchamli mix yoki burama mixdan iborat bo‘lishi mumkin), polotno o‘rnatiladi va shtiftlar qayta kiritilib, tarangligi hisoblanadi.
|
| |