|
Slesarlik zubilolar. Chilangarlik bolg‘alari
|
bet | 41/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishSlesarlik zubilolar. Chilangarlik bolg‘alari.
Chilangarlik bolg‘alari (2.7-rasm). Metallarni bolg‘alash (yegish, bukish, to‘g‘rilash), parchinlash, zubila va kreysmeysellar yordamida qirqish, tarashlashda slesarlik bolg‘alaridan foydalaniladi. Ular yumaloq va kvadrat muhrali bo‘lib (26- rasm, a, b) og‘irligi 200, 400, 500, 600 grammgacha bo‘ladi. Bolg‘alar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi va toblanadi. Bolg‘alarning dastalari qora qayin, zarang, qayrag‘och, yeman kabi qattiq, qayishqoq yog‘ochlardan tayyorlanadi. Ular butoqsiz, yorilmagan bo‘lishi kerak. Dastaning bolg‘aga puxta o‘rnashini ta’minlash uchun unga metall yoki yog‘och ponalar qoqiladi. Chilangarlik o‘quv ustaxonalarida tunukalar bilan ish ko‘rganda yog‘och to‘qmoq (kiyanka) lardan foydalaniladi. Ular yumaloq va to‘g‘ri to‘rtburchaklik muhrali qilib tayyorlanadi.
Nazorat savollari:
1 Metallarni kesishda qanday xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak?
2 Metal kesishda qollaniladigan asbobni aytib bering.
3 Dastaki arra va arralash usulini aytib bering?
4 Slesarik zubila bu-?
5 Chilangarlik bolg’alari bilan qanday ish bajariladi?
O‘QUV AMALIYOT MASHG‘ULOTINING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Mavzu№ 8: Chilangarlikda shlatiladigan egovlarning turlari va guruhlari ajratish
O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt 240 daqiqa O‘quvchilar soni ____ta
|
O‘quvchilar soni ____ta
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi
|
Amaliy (o‘quv amaliyoti)
|
O‘quv mashg‘uloti rejasi
|
1. Tashqi tekis sirtlarini egovlash bosqichlari.
2. Zagatovkani tomonlarini tekshirish va egov asboblari yordamida tekshirish.
3. Elektr egovlari yordamida ishlash.
|
|
|
| |