Dastaki arra va arralash usuli




Download 9,35 Mb.
bet40/60
Sana17.02.2024
Hajmi9,35 Mb.
#158280
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
Bog'liq
elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitish

Dastaki arra va arralash usuli.
Dastaki arra ba’zan yey deb ham ataladigan ramka va unga mahkamlangan tishli yupqa po‘lat polosadan iboratdir. Ramkalar bikr va ajraladigan bo‘ladi. Ajraladigan ramka ancha qulaydir, chunki unga uzunligi har xil arra polotnolarini o‘rnatish mumkin. Ramkaning bir uchida dasta va arra polotnosini o‘rnatish uchun o‘yiq ochilgan qo‘zg‘almas strjen; ikkinchi uchida o‘yiq va quloqli gaykali tortish vinti bo‘ladi va bu vint arra polotnosini taranglashga xizmat qiladi. Arra polotnosi juda qattiq va yoki juda bo‘sh tortilmasligi kerak. Chunki mana shu ikkala holda ham arra polotnosi sinib ketishi mumkin. Arra polotnosi ramkaga ikkita shtift (yordamida o‘rnatiladi. Arra polotnosi yensiz yupqa lenta va uning pastki qirrasida ochilgan o‘tkir burchak shaklidagi tishlardan iboratdir. Polotnoning ikki uchida teshiklar bo‘ladi. Uning uzunligi, ya’ni mazkur ikkita teshik markazlarining oralig‘i 250, 300 va 350 mm, lentaning yeni 12 mm dan 25 mm gacha, qalinligi yesa 0,8 mm dan 1,6 mm gacha bo‘ladi. Arra polotnosi mayda va yirik tishli qilib yasaladi, ular kesiladigan metallarning qattiqligiga va qayishqoqligiga qarab ishlatiladi. Arra polotnolaridagi tishlar qadami 0,8 mm dan 1,6 mm gacha bo‘lib, bunda 25 mm uzunlikdagi tishlar soni 14 tadan 32 tagacha bo‘ladi oshiriladi va bu usul juda yupqa qirindilar chiqarishda, g‘adir-budirlarni hamda ozgina bo‘rtiqlarni yo‘qotishda qo‘llanadi. Zubila va kreysmeysel. Metallar zubila va kreysmeysellar yordamida qirqiladi va tarashlanadi. Zubila ish qi smi (tig‘), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo‘lib, U7, U7A, U8, U8A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlarida tayyorlanadi.
Ishlanadigan materialning qattiqligiga qarab zubila har xil burchak ostida charxlanadi, ya’ni uning o‘tkirlik (charxlakish) burchagi turlicha bo‘ladi cho‘yan, bronza kabi qattiq metall va qotishmalar uchun 70°; o‘rtacha qattiqlikda zubila va kreysmeysel metall materiallar (po‘lat) uchun 60°; yumshoq metall materiallar (lis, latun, alyumin qotishmalari) uchun 30-45°, zubila xam 100, 125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig‘ining yeni uchga mos ravishda 10, 15, 20 va 25 mm bo‘ladi. Zubilaning ish qismi toblanadi va bo‘shatiladi. Uning toblanganlik darajasini aniqlash uchun uni yeni 50 mm, qalinligi 3 mm li Stb markali po‘lat polosani tiskiga qistirib qirqiladi. Bu vaqtda o‘tmaslanmasa, yezilmasa, uchib ketmasa, toblash yaxshi o‘tkazilgan hisoblanadi yoki zubilaning toblangan qismini mayin egov bilan egovlab ko‘riladi. Agar egovlash vaqtida qirindi (kukun) hosil bo‘lmasa, toblanganlik darajasi yaxshi hisoblanadi. Kreysmeysellar tor ariqchalar (kanavkalar), shponka pazlari ochishda, ichki konturlarni tarashlashda ishlatilib, ular zubiladan tig‘ining yensizligi va tanasining qalinligi bilan farq qiladi. Ularning materiali, o‘tkirlik burchagi, toblanganli darajasi zubilaniki bilan bir xil bo‘ladi. Charxlash vaqtida ularni tirgak tirab charxlashga ohista bosiladi. So‘ngra toshning yeni bo‘ylab va chapga surib boriladi.


Download 9,35 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Download 9,35 Mb.