• Kalit so‘zlar
  • Olma saqlash texnologiyasi




    Download 20.29 Kb.
    bet1/2
    Sana03.07.2023
    Hajmi20.29 Kb.
    #76093
      1   2
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-6-Mavzu
    kitob, Eritmalar va ularning ahamiyati, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t, 3132105390, Malumotlar bazasi 5-mustaqil ish, Kiberxavfsizlik, 5-var, Avtomobilning tortish kuchi 11zon, blizhnij-vostok-v-fokuse-politicheskoj-analitiki, OchiqD. rasm, Ismoiljonning, Maydoniy transistor, 1-mustaqil ish KTE, Design composition

    Olma saqlash texnologiyasi”
    Maxmudov Odil Muxtor o’gli
    Toshkent davlat agrar universiteti
    Qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash dastlabki ishlash yonalishi magistri

    Annotatsiya: Olmaning ko‘plab navlari yetilishining optimal darajasida meva bandidan oson ajraladi. Hosil yig‘im-terimi meva urug‘larining yuzasi to‘liq qoraygach, boshlanadi. Lekin ayrim navlarining urug‘lari to‘liq yetilish darajasidan ancha avval qorayadi, shuning uchun hosil yig‘im-terim muddatini belgilashda bu ko‘rsatkich asosiy hisoblanmaydi.
    Kalit so‘zlar: olma, zamonaviy texnologiya, tayyor mahsulot, murabbo, saqlash, foydali xususiyatlari.
    Iqlimiy sharoitlar noqulay bo‘lib, yog‘ingarchilik ko‘p kuzatilgan yillarda mevalar tarkibida oz miqdorda shakarlar to‘planib, kislotalar miqdori yuqori bo‘ladi. Mevalarning yetilish jarayoni sekinlashib, ularning saqlanuvchanligi kamayadi, saqlash jarayonida ularning dog‘lanish kasalligiga chalinishi ortadi. Bahorgi harorat pasayishi (sovuq urishlar), gullash vaqtida qurg‘oqchilik kabi holatlar ularning meva tugish xususiyatiga salbiy ta’sir qilib, daraxtlar hosildorligini kamaytiradi. Yirik g‘ovak mevalar shakllanib, ular aksariyat hollarda yuzasi to‘rlangan va deformatsiyalangan bo‘ladi. Bunday mevalarning saqlanuvchanligi past bo‘lib, kasalliklarga chalinuvchan bo‘ladi. Qurg‘oqchilikdan so‘ng yoqqan shiddatli yomg‘irlar mevalarning yorilishiga, zamburug‘lar bilan kasallanishiga, meva etining qorayib qolishiga olib keladi. Hosil yig‘im-terimi oldidan havoni uch-to‘rt hafta davomida quruq bo‘lishi olma mevalarini saqlanuvchanligini oshiradi.
    Tuproqda kalsiy miqdorining kamligi yoki uning o‘simliklar tomonidan yetarli darajada o‘zlashtirilmasligi olma mevalarini saqlash jarayonida achchiq dog‘lanish, shishish kasalliklariga chalinuvchanligini oshiradi. Absolyut quruq massaga nisbatan kalsiy miqdori 0,06–0,07% dan kam bo‘lgan olma mevalari uzoq muddatli saqlashga qo‘yilmaydi. Hosil yig‘im-terimigacha bo‘lgan uch-to‘rt hatalik muddatda sug‘orish butkul to‘xtatiladi. Olmalar nav xususiyatlaridan kelib chiqib minus 2 oC-4 oC haroratda saqlanadi.To‘liq yetilmagan olma mevalarida past saqlash haroratlarida yetilish jarayoni to‘xtab, ularning konsistensiyasi dag‘alligicha qolib, hidi va mazasi yaxshilanmaydi. Shuning uchun olma mevalarini saqlash haroratini olma hosilini yig‘ib-terish vaqtidagi yetilish darajasini hisobga olgan holda belgilash kerak. Olma mevalarining ko‘plab navlari uchun saqlash jarayonida CO2 ning 3–5% li konsentratsiyasi, O2 ning esa 3% li konsentratsiyasi optimal me’yor hisoblanadi.
    Olmaning ko‘plab navlari yetilishining optimal darajasida meva bandidan oson ajraladi. Hosil yig‘im-terimi meva urug‘larining yuzasi to‘liq qoraygach, boshlanadi. Lekin ayrim navlarining urug‘lari to‘liq yetilish darajasidan ancha avval qorayadi, shuning uchun hosil yig‘im-terim muddatini belgilashda bu ko‘rsatkich asosiy hisoblanmaydi. Hosilni yig‘im-terim muddatini belgilashda mevalarni yetilish daraja-sini aniqlash uchun yod-kraxmal namuna analizi o‘tkazilib, bu analiz aniq natija beradi. Yod-kraxmal namuna analizini o‘tkazish uchun bog‘ning belgilangan qismidan, bir nav uchun beshta daraxtdan 1,5–2,0 kg (yoki 20 donadan kam emas) miqdorda o‘rtacha namuna olinadi. Baland bo‘yli daraxtlardan mevalar daraxt shoxlarining perimetri bo‘ylab, tuproqdan 1,5–1,7 m balandlikdan terib olinadi; past bo‘yli daraxtlardan mevalar qatorning ikki tomonidan terib olinadi.
    Terib olingan mevalarning birinchi yarmi (10 dona) yetilish darajasini aniqlash uchun o‘rtasidan ko‘ndalang kesiladi, ikkinchi yarmi (10 dona) to‘kilishga moyilligini aniqlash uchun o‘rtasidan, bo‘ylamasiga kesiladi. Har bir mevaning yarmi kesilgan tomoni bilan yangi tayyorlangan yod eritmasiga 1–2 minutga botiriladi. Yod eritmasini tayyorlash uchun 4 gr kaliy yodid va 1 gr metallik yod 1 l suvda eritiladi.
    Mevalar yod eritmasidan olinib, litr qog‘oz bilan yod eritmasi qoldiqlaridan tozalanib, havoda quritiladi. Kraxmal miqdori shkala bo‘yicha baholanadi.
    5 – ball – olma kesimining butun yuzasi urug‘ kamerasidan po‘stloqqa qadar to‘q-qo‘ng‘ir qora rangda;
    4 – ball – olma kesimining ayrim joylari, asosan meva bandi va urug‘ kamerasi atroidagi joylar rangi o‘zgarmagan;
    3 – ball – meva kesimining butun yuzasi qora fonda, ayrim joylari och rangda, po‘stloq ostidagi meva eti ham qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi;
    2 – ball – po‘stloq ostidagi meva eti qora tusda bo‘ladi;
    1 – ball – po‘stloq ostidagi meva eti biroz qoraygan, xolos.
    0 – ball – meva kesimi umuman qoraymagan.
    Meva partiyasining mo‘ljallanishiga qarab (uzoq muddatli saqlash, qisqa muddatli saqlash, tashish) olma va nok hosili kraxmalning turli miqdorida yig‘ib-teriladi. Uzoq saqlash uchun mo‘ljallangan ko‘plab navlar shkala bo‘yicha qiymati 3–4 ball, qisqa muddatli saqlash uchun 1–2 ball, transportirovkalash uchun 2–3 ball qiymatdagi mevalar tanlab olinadi. Kraxmal miqdori shkala bo‘yicha 1 ball bo‘lishi mevalar iste’mol muddati kelganligidan dalolat beradi.
    Olmaning saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib yetilish xususiyati bilan aniqlanadi. Olmaning ertapishar navlari kam muddatga, kechki navlari esa 7–8 oygacha saqlanishi mumkin. Olma saqlash uchun yashiklarga joylashtiriladi. Bunda olma qog‘ozga o‘ralsa yaxshi saqlanadi. Olma yashiklarga joylashtirilganda ular orasiga qog‘oz yoki qirindi solinsa ham bo‘ladi.
    Yashiklar omborga devor tomondan 25–30 sm, yashiklar orasida ikki metrli yo‘l qoldirilib joylashtiriladi. Bir taxda 7–8 ta yashik bo‘ladi. eng yuqoridagi yashik bilan ombor shipining orasida 50–60 sm qolishi kerak.
    Olma solingan yashiklar taxlarga shaxmat usulida uchtadan va juft-juft qilib joylashtiriladi. Taxlarga navi, sorti, sifati, katta-kichikligi bir xil bo‘lgan mahsulot joylangan yashiklar terib qo‘yiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, uncha pishmagan olma past haroratda pishib yetilmaydi, aks holda ular qattiqlashib, ta’mi va xushbo‘yligi o‘zgarmaydi. Shu sababli, omborda havoning haroratini olmaning pishganligiga qarab o‘zgartirib turish lozim.
    Olmaning sovuqqa chidamli navlari -1– -20 haroratda saqlanadi. Bunday olmalar issiq haroratda uzoq vaqt saqlanmaydi. Pepin shafran, Kandil sinap, Renet Simirenko, Golden delishes, Boyken, Renet Kichunova, Sari sinap, Rozmarin kabi olma navlari sovuqqa chidamli hisoblanadi. Olmaning sovuqqa chidamsiz navlari 2–4S da saqlanadi. Mart, Suvorovets, Aprel, Jonatan, Starking, Antonovka, Renet shampan, Oddiy antonovka navlari sovuqqa chidamsiz navlar jumlasiga kiradi.
    Olmani saqlashda havoning nisbiy namligi 85–95% bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Omborni sovitishga saqlash haroratiga yetguncha havoni jadal aralashtirib turish orqali erishiladi, bunda taxlar orasida havo oqimining tezligi 0,2–0,3 m/sek bo‘lishi tavsiya qilinadi.
    Olmani omborda saqlash vaqtida gaz muhitini boshqarish muhim hisoblanadi. Bunda ayniqsa past haroratga chidamsiz olmani saqlashda foydalanish yaxshi samara beradi.
    Odatda olma daraxtining pastki shoxlaridan yig‘ilgan mevalar yaxshi saqlanadi. Shu sababli ular alohida terib olinadi va saqlashga ham alohida joylanadi.
    Olma uzilgandan so‘ng 4–8 soatdan kechiktirmasdan meva omboriga olib kelinishi kerak.



    Download 20.29 Kb.
      1   2




    Download 20.29 Kb.