|
Olot tuman 6-umumta’lim
|
Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,03 Kb. | | #249715 |
Bog'liq bayonnoma ochiq dars JOV1
Olot tuman 6-umumta’lim
maktabining 6-”A” sinfida Matematika fanidan “Aylana va doira” mavzusida
o’tkazilgan ochiq dars
BAYONNOMASI
Qatnashdilar:
Matematika fani o’qituvchisi: Haqqiyeva Nargiza;
Uslubchi: Haqqiyeva Nargiza;
Direktor o’rinbosari: Oltiboyev Xonsaid
Men ushbu amaliy darsimni noan’anaviy tarzda tashkil qildim. Darsning kirish qismini ingliz tilida o’tkazdim. Bugungi kunda yurtimiz va jahon miqyosidagi yangiliklarhaqidagi o’quvchilar fikrlarini eshitdim va ba’zi yangiliklar bilan ularni tanishtirdim. So’ng o’tgan mavzuni takrorlash uchun tezkor savol-javob o’tkazdim. Va 3 guruhga alohida mustaqil ish berdim. Mustaqil ishni bajargunlariga qadar uyga vazifalarni tekshirdim. Dars davomida yangi mavzu bayoni oldindan slaydlar yordamida o’quvchilarga yetkazildi. Darsning asosiy qismida kvadrat tengsizliklarni intervallar uulida yechishga doir turli tipdagi misollar ishlandi.
Amaliy mashg’ulot davomida o’qitishning ilg’or-pedagogik texnologiyalaridan: “aqliy hujum”; “klaster”; “blits-so’rov” va axborot texnologiyalaridan foydalandi. Mavzuga oid qiziqarli savollar va o’yinlardan foydalandim. Mustahkamlash uchun slayd orqali berilgan test savollaridan foydalandim.
Baholash uchun rag’bat kartochkalaridan foydalandim. Uyga vazifa uchun darslikdagi mavzuga doir misollarni va keyingi mavzuga oid nazariy ma’lumotlarni o’rganib kelishni topshirdim.
Xulosa qilib aytganda, o’z oldimga qo’ygan maqsadga to’liq erishdim.
Eshitildi: Uslubchi Haqqiyeva N so’zi:
Dars yutuqlari: dars faollik bilan boshlandi; dars ishlanmasi tayyorlangan; ko’rgazmalar va slaydlardan o’rinli foydalanildi; vaqt taqsimoti to’g’ri tashkil qilingan.
Kamchilik va takliflar: o’quvchilarni doskada, misol yechish jarayonida yo’l qo’ygan xatolari o’qituvchi tomonidan emas, balki o’quvchilar yordamida to’g’rilansa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yig’ilish qaror qiladi: dars “yaxshi” deb baholandi.
Yig’ilish raisi: Oltiboyev Xonsaid
Yig’ilish kotibasi: Haqqiyeva Nargiza
Uslubchi: Haqqiyeva Nargiza
|
| |