ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




Download 259.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana07.11.2023
Hajmi259.87 Kb.
#95238
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ommaviy-axborot-vositalarining-inson-va-jamiyat-hayotidagi-ta-siri-hamda-axborot-xurujlari
Chaqiruv qog`ozi-460211100012
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 643 www.ares.uz 
shiddatidan kuch olib, ko„zga ko„rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab 
bo„lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin”[5]. 
Unda o„z-o„zini o„ldirishning oson yo„llarini targ„ib qiluvchi 9 mingdan, erotik 
mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo„la 
oladi. Mutaxassislar o„tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 
foizi pornografik xarakterga egaligini ko„rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet 
tarmog„idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya‟ni komyuterdan 
foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo„lishi yo„liga to„siq qo„ya 
oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar 
internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat‟i nazar, ularning diqqatini torta 
oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o„smirlar onlayn pornografiya 
ta‟siriga tushishi qayd qilinadi. 
Shuningdek, mutaxassislar ma‟lumotlariga ko„ra, internet orqali tarqatiladigan 
komyuter o„yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo„ravonlik va yovuzlik 
ko„rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) 
o„yinlarda esa o„yin qahramoni o„z maqsadiga etishish uchun shunday zo„ravonlik va 
yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o„yinlarda ana shu zo„ravonlik va yovuzlikning o„zi bosh 
maqsad hisoblanadi. 
Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o„ziga xos qaramlikni ham keltirib 
chiqarmoqda. Ma‟lumotlarga ko„ra, dunyo bo„yicha internetdan foydalanuvchilarning 
taxminan 10 foizi unga mustahkam bog„lanib qolgan. 
BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilingan “BMTning global 
aksilterror strategiyasi”da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan 
terror maqsadida foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd 
etilgan. 2007 yil noyabrda AQSH Davlat departamenti “Tashqi raqamli aloqalar 
guruhi” nomli maxsus axborot dasturini joriy qilgan. Dastur maqsadi – arab, fors, 
urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat va bloglarda AQSH siyosati haqidagi 
dezinformatsiya (noto„g„ri ma‟lumotlar)ga qarshi kurash hisoblanadi. Dasturga ko„ra, 
zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman muloqotga kirishi va 
savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma‟lumot keltirishi ko„zda tutilgan. 
So„nggi yillarda terroristik tashkilotlar g„oyalarini targ„ibtashviq qilishga qaratilgan 
vebsaytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar 
soni 20 ta bo„lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq 
internet saytlari mavjud bo„lib, ularga xizmat ko„rsatuvchi portallar soni ortib 
bormoqda. Bunday internet saytlar to„satdan paydo bo„ladi, vaqt o„tgach yo„qoladi, 
mazmunini o„zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o„zgartirib turadi. 



Download 259.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 259.87 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

Download 259.87 Kb.
Pdf ko'rish