Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan.
(15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Tarifda belgilangan oylik trafik qoldig‘i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi.
Tarif bo‘yicha taqdim
etilgan GB, daqiqa va SMSlarni faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida sarflash mumkin.
“YANA BITTA”, “YANA IKKITA”, “YANA UCHTA” tariflarida belgilangan oylik trafik qoldig‘ining amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi,
keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi. Agar kun davomida tarifga kiritilgan paket tugab qolsa, uyali aloqa xizmatlaridan
foydalanish tarif rejaning standart narxlari asosida amalga oshiriladi.
“YANA TO'RTTA” tarifi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, barcha yo‘nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig‘i
kuyamaydi va keyingi oyga o‘tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o‘tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi 70 GBgacha bo‘lishi
mumkin. Agar abonent to‘lovining navbatdagi yechilishi vaqtida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa va shu sababli abonent to‘lovi yechilmasa, trafik
qoldig‘i kuyib ketadi. Tarifga kiritilgan boshqa paketlar bo‘yicha qoldiqlar keyingi oyga o‘tmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o‘tgach
kuyadi.
Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo‘ng‘iroqlar narxlanishi tarif bo‘yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi.
Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Gigabaytlarni tekshirish
uchun
*103#, SMSlar uchun -*105#.
Tarifga kiritilgan oylik paket tugagandan so‘ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga
oshiriladi.
Telegram, WhatsApp, Viber va YouTube uchun kiritilgan GB paketi har oy uchun abonent to‘lovi yechib olinganda taqdim etiladi. Trafik 1 oy
muddatga taqdim etiladi. Amal qilish muddati tugagandan so‘ng, foydalanilmagan qoldiq kuyadi. “YANA” va “STATUS” tariflar to‘plami bo‘yicha
tarifni o‘zgartirganda, foydalanilmagan qoldiq kuyadi va yangi trafik taqdim etiladi. Tarifni boshqa tariflarga o‘zgartirganda - foydalanilmagan
trafik qoldig‘i kuyib ketadi.
Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni
yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy
internet trafik mavjud
bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va
ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar hamda YouTube uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda
asosiy internet trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma’lum bir IP-
manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o‘zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar,
messenjerlar va “YouTube”ga aloqador bo‘lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy
hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham
kiradi).
Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube uchun bo‘lgan GB
sarflanmaydi.
“YANA IKKITA”, “YANA UCHTA”, “YANA TO'RTTA” tarif rejalarida “Beeline TV”da telekanallar va “Amediateka” uchun oylik
cheksiz foydalanish
imkoniyati kiritilgan. “Beeline TV” ilovalaridan cheksiz foydalanishni abonent to‘lovi to‘langanidan so‘ng amalga oshirish mumkin. Ilovani yuklab
olish uchun: “Beeline TV” - *6#.
Tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud. «Perezagruzka» xizmatining narxi - 2 000 so‘m tashkil
etadi.«Perezagruzka» xizmati abonent to‘lovini oldindan yechib, tarifga kiritilgan trafikni taqdim etish imkonini beradi. Xizmatni yoqish kodi - *5#.
Bunda avvalgi paketdan foydalanilmagan daqiqalar va smslar «Perezagruzka» xizmati faollashtirilgandan so‘ng bekor bo‘ladi. «Perezagruzka»
xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirgandan so‘ng, oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi 1 oyga suriladi. Xizmatni ulash uchun
Abonent hisobida tarif rejani ulanish minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatining narxiga teng miqdor bo‘lishi kerak.
Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda «Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash» xizmati uchun 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi
yechiladi. Shunda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli
mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha yangi oylik limitlar taqdim etiladi. Sarflanmay
qolgan avvalgi
limitlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik
abonent to‘lovi yechilishiga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan
amalga oshiriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng abonent hisobida abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa,
hisobdan mablag‘ yechilmaydi va yangi trafik taqdim etilmaydi. Avvalgi oydan qolgan tarif reja trafiki mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati
o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo‘lim ro‘yxatida ko‘rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan veb-resurslardan foydalanish O‘zbekiston
hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
Ushbu tarif rejalarda bo‘lgan abonentlar, uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSlarini hisobda hatto nol yoki salbiy
bo‘lganda ham qabul qilish mumkin.
O‘zbekistonning chegara hududlarida Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag‘ yechilmaslik uchun (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston,
Turkmaniston, Afg‘oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmog‘ini qo‘l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo‘ladi.
Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo
qurilmalardan qabul qilingan qo‘ng‘iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi.
Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 60 daqiqa etib belgilagan;
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476); Sputnik 2 - Inmarsat В,
Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216); Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet,
Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817); Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat
GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064,
87065, 87066, 87067, 87068, 87069).