Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan.
(15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
«Beeline Club 2.0» ga a'zo bo'lishda Beepul sodiqlik dasturi doirasida «Beeline Club 2.0» sodiqlik dasturida
to'plangan «Beep» bilan avtomatik ravishda umumlashtiriladi.
Raqamni qayta rasmiylashtirishda «Beeline Club 2.0» ning barcha yutuqlari boshqa raqamga o'tkaziladi.
«Beep» ning amal qilish muddati - 30 kun.
- Beep balansidagi har qanday o'zgarish (kamayish/ko'payish) bilan ularning amal qilish muddati 30 kunga
uzaytiriladi.
- Tarif bo'yicha abonent to'lovi yechilganda, «Beep» ning amal qilish muddati 30 kunga qo'shimcha
ravishda
abonent to'lovining amal qilish muddatiga ko'ra uzaytiriladi. Ya'ni, abonent to'lovi tariflari uchun amal qilish
muddati mos ravishda ikki haftalik +14 kun, o'n besh kunlik +15 kun va o'ttiz kunlik +30 kunga uzaytiriladi.
- Agarda «Beep» hisobi 30 kun davomida o'zgarmasa, ularning umumiy miqdoridan 10% «Beep» hisobdan
yechib olinadi.
- 10% «Beep» hisobdan yechilgandan so'ng, ularning amal qilish muddati 30 kunga uzaytiriladi (1-qoidaga mu-
vofiq).
«Beeline Club 2.0» da «Beep» lar quyidagi hollarda bekor qilinadi:
- 90 kun davomida «BEEP» lar taqdim etilmasa va sarflanmasa
- abonent va operator o'rtasidagi shartnoma bekor qilinganda
- kunlik abonent to'lovli tarif rejaga o'tilganda. Agar abonent Beepul sodiqlik dasturi ishtirokchisi bo'lsa, Beepul
ilovasida to'plangan «Beep» lar saqlanib qoladi.
90 kun davomida 14 kunlik, 15 kunlik yoki oylik abonent to'lovli tarif rejaga qaytib o’tilsa, avvalgi to'plangan
«Beep»lar va «Beeline Club 2.0»da erishilgan yutuqlar tiklanadi.
«Telekanallar», «Gold» va «VIP» obunalari faollashtirilganda, «Beeline TV» telekanallarini 10 kunga tomosha
qilish uchun «Beep» larga almashtirish imkoniyati mavjud bo'lmaydi.
- Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi:
tizim
yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini
sinxronlash, shuningdek,
tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va ijtimoiy
tarmoqlar, messenjerlar hamda TAS-IX uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet trafik
yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
- Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va TAS-IX uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan
foydalanganda va ma’lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning
egalari tomonidan IP
manzillar o‘zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va “TAS-IX”ga aloqador bo‘lmagan trafik
uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga
oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion
tizim uchun trafik
sarflanishi ham kiradi).
- Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar,
messenjerlar va TAS-IX uchun bo‘lgan GB sarflanmaydi.