Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan.
(15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
«BeeFortuna» o‘yini
«BeeFortuna» bu «Beeline Club 2.0» sodiqlik dasturida ishtirok etayotgan oldindan to'lov tizimidagi abonent-
larga
daqiqalar, SMS, Mb, Beep shaklida qo'shimcha bonuslarni olish imkoniyatidir.
«BeeFortuna» o'yinining shartlari
«BeeFortuna»ni o'ynash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- qurilmaga «Beeline Uzbekistan» (Beta) mobil ilovasini o'rnatish;
- «Beeline Club 2.0» a'zosi sifatida bo'lib/a'zo bo'lish;
- «Beeline Uzbekistan» (Beta) mobil ilovasidan «Beeline Club 2.0» bo'limiga o'tib, «O'ynash» tugmasini bosish
kerak.
«BeeFortuna» ni o'ynab, abonent har kuni quyidagi bonuslarga ega bo'lishi mumkin:
Barcha yo'nalishlar
uchun daqiqalar paketi
15
30
50
100
O'zbekiston bo'yicha SMS paketi
15
30
50
100
Barcha tarmoqlar
uchun internet paketi
15
30
50
100
Beep
1
2
3
4
Abonentga kuniga 3 ta bepul urinish taqdim etiladi.
«BeeFortuna» bo'yicha bonusli daqiqa, SMS, MB paketlar va Beeplar mobil ilovada xabarnoma olingan vaqtdan
boshlab bir necha daqiqa ichida taqdim etiladi. Bonusli daqiqa, SMS va Internet
paketlarining amal qilish
muddati taqdim etilgan sanadan boshlab - 7 kun.
Agar bonusli paketlar taqdim qilinadigan balanslarda daqiqalar, SMS va MB qoldig’i bo'lsa, u holda ushbu bal-
ansdagi trafik qoldig'i va bonus paketlar jamlanadi va amal qilish muddati 7 kunga uzaytiriladi. Agar balansdagi
trafik qoldig'ining amal qilish muddati 7 kundan ortiq bo'lsa, u holda
bonusli daqiqalar, SMS va MB paketlari
taqdim etilganda amal qilish muddati o'zgarmaydi.
«BeeFortuna» o'yinida tarif rejada mavjud bo'lgan bonusli paketlar taqdim etiladi. «G'alaba UZ!», «Welcome»
tariflar to‘plami va «Click+» tarif rejalarida bonusli daqiqalar paketlari texnik jihatdan mavjud emas,
shu saba-
bli ushbu tarif rejalardagi abonentlariga «BeeFortuna» bo'yicha bonusli daqiqalar paketlari taqdim etilmaydi.
«Bolajon» tarifidagi abonentlarga bonusli MB paketi taqdim etilganda, trafik tarif reja shartlarida ko'rsatilgan
saytlar ro'yxati bo'yicha sarflanadi.
«BeeFortuna» o'yinida ishtirok etish uchun amaldagi tarif reja bo'yicha abonent to'lovini o'z vaqtida to'lanishi
kerak. Tarif reja bo'yicha abonent to'lovi to'lanmagan taqdirda, «BeeFortuna» o'yini abonent
uchun foydalanish
imkoni mavjud bo'lmaydi. Tarif reja bo'yicha abonent to'lovi to'langandan so'ng, o'yin bir kundan keyin foyda-
lanish uchun mavjud bo'ladi.
Qoldiqlarni USSD buyrug'i yordamida tekshirish mumkin: MB - *103#, SMS - *107#, Daqiqalar - *108#.
Kompaniya «BeeFortuna» o'yinida daqiqalar, SMS, MB paketlar va Beeplarni taqdim etish va sarflash
shartlarini bir tomonlama o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.