|
Ona tili fanini o‘qitish metodikasi 1- ma’ruza
|
bet | 3/10 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 58,34 Kb. | | #135587 |
Bog'liq 1-mavzu 2s nazariy (1)Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi, so‘zlarni talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‘g‘inlab ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
2-sinf. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi;
nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib, gap ohangiga rioya qilib ravon va ifodali o‘qiy oladi;
shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar nechta?, qancha? so‘roqlariga, shaxs va narsaning tartibini bildirgan so‘zlar nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi;
3-4 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi;
rasmlar asosida qisqa matn tuza oladi, xatboshiga, imlo va husnixat qoidalariga amal qila oladi.
Lingvistik kompetensiya:
o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;
talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi;
bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi;
mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;
30-40 so‘zli diktant yoza oladi.
A1+
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
mashq va topshiriqlardagi axborotni tushuna oladi;
mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib ravon o‘qiydi;
4-5 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi.
Lingvistik kompetensiya:
nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi;
35-45 so‘zli diktant yoza oladi.
|
| |