• va ularning
  • Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
  • Ona tili fanini o‘qitish metodikasi 1- ma’ruza




    Download 58,34 Kb.
    bet1/10
    Sana12.01.2024
    Hajmi58,34 Kb.
    #135587
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-mavzu 2s nazariy (1)


    ONA TILI FANINI O‘QITISH METODIKASI
    1- ma’ruza Boshlang‘ich sinf ona tili fanidan kompetensiyaviy yondashuv asosidagi o‘quv dasturi, darslik, multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar va ularning tahlili
    Reja:
    1.1. Ona tili fanidan o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar, o‘quv dasturidagi fanga oid kompetensiyalarning mazmun mohiyati.
    1.2. Boshlang‘ich 1-4-sinf ona tili fani darsliklari tahlili, ular mazmunining o‘quv dasturlarga mosligi.
    1.3. Multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar tahlili va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, ulardan ta’lim sifatini oshirishda o‘rinli va maqsadli foydalanish.
    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: o‘quv dasturi, darslik, uzviylik, multimedia, metodik qo‘llanma, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya.
    1.1. Ona tili fanidan o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar, o‘quv dasturidagi fanga oid kompetensiyalarning mazmun mohiyati.
    Boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o‘stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‘zda tutadi:
    Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiladi.
    Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga ko‘maklashishi lozim.
    Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang – barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol – erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, zaruriy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.
    «Ona tili» darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Shuning uchun o‘quv dasturi va u asosida yaratiladigan darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini, kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
    Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o‘qigan, ko‘rgan, eshitganlarini nutqiy to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
    Ona tili fanining o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. O‘quv dasturida o‘quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni hamda tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

    Download 58,34 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 58,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili fanini o‘qitish metodikasi 1- ma’ruza

    Download 58,34 Kb.