• Keng ma ’ noda Budjet tizimi
  • -rasm. Bir necha yillik rejalashtirish integratsiyasi
  • Operativ byudjet Reja




    Download 2,04 Mb.
    bet6/10
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,04 Mb.
    #100448
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Operativ byudjet

    Ochiqlik prinsipi:

    • Davlatbudjetinivadavlatmaqsadlijamg’armalarbudjetlariniko’ribchiqish hamdaqabulqilishtartibtaomillariningjamiyatvaommaviyaxborotvositalariuchunochiqligini;

    • Tasdiqlangandavlatbudjetivadavlatmaqsadlijamg’armalaribudjetlarito’g ’risidagiaxborotningommaviyaxborotvositalaridavaO’zbekistonRespublikasiMoliy aVazirliginingrasmiyveb-saytidae’lonqilinishini (chopetilishini);

    • Davlatbudjetivadavlatmaqsadlijamg’armalaribudjetlariijrosiningborishi to’g’risidagiaxborotommaviyaxborotvositalaridachopetilishini, shuningdekO’zbekistonRespublikasiMoliyaVazirliginingrasmiyvebsaytidajoylashtirilishivayangilabborilishinianglatadi.

    Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, muayyan mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlari asosida va ta’sirida shakllanadi.
    Budjet tizimini professorlar T.S.Malikov va N.X.Haydarovlar quyidagicha ta’riflaganlar: “Budjet tizimi bu turli darajadagi budjetlar va budjet mablag’lari oluvchilar yig’indisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish tamoyillarini ifodalaydigan, budjet jarayonida ular o’rtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro munosabatlar majmuidir. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, budjet tizimi deyilganda, mamlakatdagi mavjud budjetlar to’plami (majmui) tushuniladi”.
    Keng manoda Budjet tizimi – iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat tuzilishining shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan markaziy va mahalliy budjetlar yig’indisidan, shuningdek, har bir budjet bo’g’iniga tegishli bo’lgan soliq va yig’imlar yig’indisidan, xarajat vakolatlari hamda Budjetlararo transfertlar yig’indisidan iboratdir. Tor ma’noda budjet tizimi mamlakatda amal qiluvchi barcha darajadagi budjetlar yig’indisidir.
    Soddaroq qilib aytganda, Budjet tizimi bu iqtisodiy munosabatlarga, davlat tuzilishiga va qonun normalariga asoslangan davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishlarning, budjet munosabatlarida mustaqil bo’lgan budjet tashkilotlari muassasalari va maqsadli davlat fondlarining majmuidir.
    Budjet tizimi mamlakatdagi turli darajadagi budjetlarni o’zida ifoda etadi.
    Boshqacha ma’noda, budjet tizimi budjetning o’zaro bog’liqlikda bo’lgan bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning budjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriyhududiy bo’linishiga bevosita bog’liq.
    Mamlakatning budjet tizimi ikki yoki uch bo’g’inli bo’lishi mumkin. Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda budjet tizimi ikki bo’g’indan (markaziy va mahalliy budjetlar), federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bo’g’indan (markaziy budjet, federatsiya a’zolari budjetlari va mahalliy budjetlar) iborat bo’lishi mumkin.
    Shuningdek, ba’zi unitar davlatlarda budjetning markazlashtirishdan chiqarilish darajasi, hududlar hukumat organlarining vakolatlari bilan belgilanadigan ko’p darajali budjet tizimiga ega bo’lishi mumkin. Masalan, markazlashtirishdan chiqarilgan unitar davlat – Fransiya to’rt darajali budjet tizimiga, mahalliy hokimiyatlarning soliqqa oid vakolatlari konstitutsiya bilan belgilangan markazlashgan unitar davlat – Shvetsiya uch darajali budjet tizimiga ega.
    Biz yuqorida hokimiyatning markaz va ma’muriy-hududiy birliklar o’rtasida taqsimlanishi darajasiga ko’ra barcha davlatlar unitar, federativ va konfederativ davlatlarga bo’linishi, ularning hususiyatlarini ta’kidlab o’tdik. Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi unitar davlatdir.
    Unitar davlat sifatida O’zbekiston Respublikasi davlat budjet tuzilmasi ikki bo’g’indan – respublika budjeti va mahalliy budjetlardan tashkil topadi. Bu budjetlar mamlakatimizdagi davlat budjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo’lib xizmat qiladi. Davlat budjeti o’z ichida respublika budjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va keng tarmoqli mahalliy budjetlarni birlashtiradi.
    Umumiy qilib aytganda ko’pchilik demokratik davlatlarda budjet 4 ta bosh maqsadni amalga oshirishi lozim:

    Bugungi kunda davlat budjetida davlatning budjetdan tashqari maqsadli fondlari ham konsolidatsiyalashadi (jamlanadi), ular davlat budjeti bilan birgalikda jamlanma Budjetni (konsolidatsiyalashgan Budjet) tashkil qiladi.
    Budjetlashtirish tizimning bir turi sifatida tushunilishi mumkin, ya’ni “ular o’rtasida munosabatlar bilan bog’lanuvchi tarmoq”. Budjet qaror qabul qilish ma’muriy xodimlar harakatini tashkil etadi (ikkala markaziy tashkilotda ham boshqaruv xodimi yoki hokim shtati va ma’muriy agentlik yo’nalishlarida), qonuniy xodimlar, tashkillashtirilgan manfaatli guruhlar va birgalikda tashkil etilgan manfaatlar, ya’ni davlat ehtiyojlari va soliqlar haqida davlat masalasini umumiy tushunish orqali namoyon bo’luvchi manfaatlardir.Keltirilgan hamma holatlar va budjetlashtirishni anglab yetish o’zaro munosabatlarni tushnishni bildiradi. Bunday tushunish umumiy tizimlar jihatidan o’ylash orqali a’lo darajada erishiladi.
    Umumiy ijtimoiy tizim shaxslar, ijro etilgan normalar va ushbu elementlar o’rtasidagi munosabatlar tomonidan tashkil etilgan tashkilotlar, shaxslar va qiymatliklarni ifodalaydi. Tizim turli qismlar orqali qabul qilinuvchi xabarlarning ko’pgina qismlarini tashkil etgan alohida tarmoq sifatida tushuniladi. Tizim elementlarining natijalari va o’zaro ta’sir tizimi ishlab chiqarish uchun bir biriga ta’sir ko’rsatadi, huddi shu yo’nalishdagi natijalar orqali turli xil yo’nalishlar shaklida bo’lishi mumkin. Budjet tizimlari siyosiy qatnashchilar, iqtisodiy va ijtimoiy nazariyalar, bir qancha institutsional tuzilmalar va raqobatchi normalar va qiymatlarni o’z ichiga oladi, faqatgina budjet hujjatlarini o’rganishdan bevosita ochiq bo’lmagan shakldagi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning hammasini o’z ichiga oladi.
    Mazkur paragrafda bayon etilgan fikrlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash lozimki, Budjetlararo munosabatlarni amalga oshirishning qonuniyhuquqiy asoslarini quyidagilar tashkil qiladi:

    • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

    • O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi;

    • “O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi”;

    • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan “O’zbekiston Respublikasining davlat Budjeti to’g’risida”gi Qonuni;

    • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan “O’zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat Budjeti parametrlari to’g’risida”gi Qarori;

    • Boshqa qonuniy-huquqiy xujjatlar.


    4-rasm. Bir necha yillik rejalashtirish integratsiyasi
    O’zbekistonda Budjetni o’rta muddatni rejalashtirishni joriy etish shartlari sifatida quyidagilar belgilandi:

    • Budjetni o’rta muddatli rejalashtirish jarayonini tashkil etishning bosh sharti milliy darajada makroiqtisodiy barqarorlikka erishishdir.

    • Iqtisodiy o’sish davlat tomonidan izchil iqtisodiy siyosat olib borish yo’li bilan rag’batlantirilishi lozimligini tushunish va u insonni rivojlantirish manfaatlariga qarab mo’ljal olishini ta’minlash. Shu nuqtai nazardan, Budjet-soliqsiyosati iqtisodiy o’sish natijalarini Budjet yili doirasidan tashqarisida erishilishi mumkin bo’lgan qo’yilgan aniq maqsadlarga erishishga yo’naltirishning muhim vositalaridan biri sifatida qaraladi.

    • Iqtisodiy o’sish va aholi farovonligini oshirishning yuqori darajadagi sur’atlarini ta’minlash uchun hukumat real sektor va ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida bir qancha maqsadli dasturlar ishlab chiqqan va ular amalga oshirilmoqda. Bu dasturlar o’zaro bog’liq va har yili Davlat Budjetini shakllantirish va taqsimlash parametrlari bilan muvofiqlashtiriladi.

    Ammo, Budjetni har yillik asosda shakllantirish qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun Budjet resurslarini taqsimlash dinamikasi va tendensiyalarini oldindan ko’rish imkoniyatini bermaydi. Bu eng avvalobir yil mobaynida olib boriladigan Budjet-soliq siyosatining torligi bilan bog’liq. Mazkur siyosat Budjetning bir yil doirasidan tashqaridagi imkoniyatlariga baho berish imkonini bermaydi, bu esa Budjet istiqbolda aniq mo’ljal olishiga monelik qilishi mumkin.

    • BMTTD loyihasi doirasida 2007-2009 yillarda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasi urg’uni xarajatlarni boshqarishdan natijalarni boshqarishga ko’chirishni nazarda tutadi. Ushbu loyiha doirasida Moliya vazirligi 2008-2010 yillarga mo’ljallangan boshlang’ich eksperimental o’rta muddatli Budjet strategiyasidan foydalandi. Mazkur strategiya Moliya vazirligiga bo’lg’usi davrlar uchun fiskal siyosat choralarining oqibatlarini va xarajatlarning bazaviy darajalariga siyosat yangichoralarining ta’sirini aniqlashga yordam berdi.


    Download 2,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2,04 Mb.