|
Operativ byudjet Reja
|
bet | 1/10 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,04 Mb. | | #100448 |
Bog'liq Operativ byudjet Operativ byudjet Reja: Kirish ………………………………………………………………………… | 2 |
Asosiy qism
| |
Byudjetlarni ijro etishda tezkor (operativ) nazoratni amalga oshirish……
| 5 |
Budjet tizimi va uning printsiplari………………………………………..
| 10 |
Budjet tizimi qonunchilik asoslari………………………………………..
| 22 |
Xulosa ……………………………………………………………………….
| 31 |
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ………………………………………….
| 33 |
Kirish
Ma’lumki, Davlat budjeti iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda hal qiluvchi omildir, boshqacha qilib aytganda, budjet - islohotlarning eng muhim dastaklaridan biri vazifasini o’taydi, chunki kirimga qarab chiqim qilish iqtisodiyotning oltin qoidasi hisoblanadi.
Davlat budjeti orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda, respublikamizda qabul qilingan ijtimoiy dasturlarni, birinchi navbatda, aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini aniq tarzda qo’llab-quvvatlash, sog’lom avlodni tarbiyalash asosida aholi farovonligini oshirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatning ta’sirchanligi va aniq tarzda moliyaviy qo’llab-quvatlashni kuchaytirishda mahalliy budjetlarni samarali ijrosining ahamiyati katta. Bozor iqtisodiyotida davlatning moliyaviy resurslarni boshqarish ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli respublikamizda
Davlat budjeti ijrosini amalga oshirishda g’aznachilik tizimiga o’tish zaruriyati paydo bo’lmoqda.
Budjet tizimi mamlakat moliya tizimining muhim bo’g’ini bo’lib, uning muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali budjet siyosatining asosini tashkil etadi. Davlat moliyasi tizimidagi tub islohotlar natijasida budjetning g’azna ijrosiga o’tilishish uningdek, budjetning o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tish chora-tadbirlari mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. Jahon andozalari va xalqaro budjet amaliyotining yangi qat’iy talablari va mezon lari asosida davlat budjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilash tizimiga o’tishning joriy etilishi, rivojlangan mamlakatlarda samarali amal qilayotgan natijaviylikka asoslangan budjetlashtirish amaliyotga joriy etilishi budjet tizimi oldiga ham ulkan vazifalar qo’yadi.
Milliy iqtisodiyotni samarali boshqarish va tartibga solishda, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda, har bir davrning ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy instrumentlari qatori, mamlaka tbudjet tizimi ham muhim ahamiyat kasb etadi va tegishli tarzda nafaqat ayrim jo’riy, operativ, balki shu bilan birga kompleks va strategic vazifalarni ham o’z zimmasiga oladi.
“Budjet tizimi” fanini o’qitishning maqsadi - talabalarga byudjet tizimi byudjetlari haqida nazariy bilimlar berish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida O’zbekiston Respublikasi budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari va ularni hayotga tadbiq etish yo’llari bo’yicha asosiy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
“Budjet tizimi” fanini o’qitishning maqsadi - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo’lib etishadigan bakalavrlar, magistrantlar budjet tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari, budjet jarayoni, turli darajadagi budjetlarni, budjet daromadlari va xarajatlarini, budjet holatini boshqarish, budjet tizimida g’aznachilikni rivojlanishi,budjet nazorati haqida haqida nazariy bilimlar berish, ularda davlatning hozirgi davrdagi budjet tizimidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib fan o’z predmetini o’rgatish uchun quyidagi vazifalarni qo’yadi:
budjet tizimi va uning printsiplarini o’rganish;
budjet tizimi qonunchilik asoslarini o’rganish;
budjet tasnifi (klassifikatsiyasi)ni o’rganish;
budjet tizimini boshqarishni o’rganish;
budjet tizimi budjetlarini o’rganish;
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari va
xarajatlarini o’rganish;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari daromadlari va xarajatlarini o’rganish;
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini o’rganish;
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari loyihasini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlashni o’rganish;
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ularni ro’yxatdan o’tkazishni o’rganish;
budjet tizimi budjetlarini ijro etish tartibini o’rganish; budjetlararo munosabatlarni o’rganish; davlat budjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag’ jalb qilishni o’rganish; davlat moliyaviy nazoratini o’rganish. Mazkur fanning boshqa fanlar singari o’ziga xos predmeti va vazifalari mavjud. «Budjet tizimi» fanining predmeti O’zbekiston Respublikasida Budjet tizimi mexanizmlari va dastaklarini o’rganishdir. «Budjet tizimi » fani budjet tizimining mohiyati va mamlakatimizda davlat budjeti va budjet tizimi yuzasidan yetarli ma’lumotlar beradi. Mazkur fanda budjet tizimi, uning vazifalari, davlat budjeti daromadlari va xarajatlari ijrosi, g’aznachilik tizimida qarzlarni boshqarish, mahalliy budjetlar moliyaviy mablag’larini boshqarish masalalarining nazariy jihatlari yoritiladi. O’zbekistonda yoshlardan zamonaviy kadrlar tayyorlash taraqqiyotimizning muhim omilidir. Bozor iqtisodiyotining nazariy asoslarini chuqur o’rgatib, uning zamonaviy yutuqlari va xorijiy mamlakatlar tajribasini umumlashtirib, davr taqozosi sharoitida ishlay oladigan, raqobatga bardosh beradigan mutaxasssislarni tayyorlashni talab etiladi, bu ishlar o’z-o’zidan yuz bermaydi, albatta. Bumamlakatimizda davlat budjetini boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlar budjet mablag’lari ishlatilishining moliyaviy nazoratini amalga oshirish mazmunini tubdan o’zgartirishni talab qiladi va moliyaviy nazorat oldiga prinsipial jihatdan yangi vazifalarni qo’yadi. O’zbekiston demokratik davlat qurishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yar ekan, bunda davlat Budjetini shakllantirish muhim o’rin tutadi. Respublikamizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning doimiy iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va ekologik vazifalarini bajarishi uchun mablag’lar markazlashtiriladi.
“Budjet tizimi” fani institutda o’rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir. “Budjet tizimi” fani bakalavriat bosqichida o’rganilgan “Moliya”, “Budjet tasnifi”, “Budjet hisobi”, “G’aznachilik asoslari”, “G’aznachilikda moliyaviy nazorat”, “Moliyaviy nazorat”, magistraturaning “Davlat moliyasini boshqarish” kabi fanlardan olingan nazariy asoslarga tayanadi.
|
| |